58
Nizomulmulk va boshqa ko`plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi.
Ularning asarlarida iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq
renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari
sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy
taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o`rin tutadi.
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: "Hayvon tabiat ne'matlariga
qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat,
kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini
o`zlashtirib oladi, odam esa o`z mehnati bilan o`ziga ovqat, kiyim, joy
yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan
shug`ullanishi kerak".
Yusuf Xos Hojib "odamga foydasi tegmaydigan odam - o`lik, essiz
o`tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat", deydi (1069 y. "qutadg`u bilik"
asarini yaratgan).
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg`or ijtimoiy tafakkurning
Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi
davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo`li,
Tinch okeani atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni
Vizantiya va G’arbiy Yevropa bilan chambarchas bog`lar edi. Bu esa
karvon yo`li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning
qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O`rta Osiyo
Yevropani Osiyo bilan bog`lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo
markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi
davlatlar, xalqlar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir,
Osiyodagi va Yevropadagi tovarlarga bo`lgan talab va taklifni (bozorning
asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo`lga chiqish
mumkinmidi, katta karvonlarni tog`u toshlardan , qum cho`llardan olib
o`tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish
ko`rish kerak bo`ldi. Yevropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u
yerdan nima olib qaytish, karvon yo`lidagi davlatlar, xalqlar talab-
ehtiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari,
matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot ) va
boshqa ko`pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan
Xorazmiy , Farg`oniy, Ibn Sino, Ibn Ro`shd, Yusuf Xos Hojib,
Nizomulmulk va boshqa ko`plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi.
Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g`oyalar ham o`z aksini topgan. Sharq
uyg`onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini
bayon etganlar. Ularning ko`plari hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini
saqlab kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: