Iqtisodiy ta'limotlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

A.Navoiy 


81 
Husayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrda mamlakatda nisbiy 
rivojlanish ko`zga tashlandi. Savdo-sotiq kengaydi, hunarmandchilik va 
dehqonchilik yaxshi yo`lga qo`yildi. Irrigatsion inshootlar qurilishi ham 
kengaydi. Navoiy Markaziy Osiyo sharoiti uchun irrigatsion inshootlarni 
kengaytirish - iqtisodiy rivojlanishga olib boruvchi muhim omillardan 
biridir, deydi. A.Navoiyning bevosita rahnamoligi ostida 70 dan ortiq 
kanallar va ariqlar qazildi. Milliy daromadning asosiy qismini qishloq 
xo`jaligida yetishtiriladigan hosildan olinadigan daromad tashkil etardi. 
Feodal jamiyatda irrigatsiya inshootlarini qurishni kengaytirish o`sha davr 
iqtisodiyotini rivojlantirishga keng ta'sir ko`rsatar edi. Navoiy feodalizm 
davrida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yerni kengaytirishga, uning 
mahsuldorligini oshirishga katta e'tibor berdi (В.Захидов. Мир идея и об-
раз А.Навои). 
Navoiy boylikni ikki yo`l bilan topish mumkin, deydi. Birinchi 
yo`li - bu o`z mehnati bilan iqtisod qilib boylikni to`plash, orttirish, yig`ish 
va o`ziga to`q yashash. Bunday boylik to`plashga Navoiy hayrihohlik 
bildirdi. U olingan va to`plangan boylikni uch qismga bo`lib, birinchi 
qismini ketgan harajatga, ikkinchi qismini o`zining va oilasining 
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun 
sarflashga chaqiradi. Masalan, 1482 yilda yozilgan "Vaqfiya" asarida 
A.Navoiy shaxsan o`zining yerlaridan olingan daromad misolida 
daromadning o`z harajatlari va oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan 
qismini aholining foydali mehnatiga sarflashga chaqirgan. Boylik 
topishning ikkinchi yo`liga esa, ya'ni o`g`rilik, ta'magirlik va zo`rlik 
hisobiga boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday 
ishlardan naf-ratlanadi va shu yo`l bilan boylik orttirayotgan kishilarni 
jamiyat hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan parazit qatlamdir, 
deb ta'riflaydi. 
A.Navoiy ijodining durdona asarlaridan biri 1500 yilda yozilgan 
"Mahbub-ul-qulub" asaridir. Ushbu asarda Navoiyning iqtisodiy fikrlari 
mujassamlashgandir. Navoiy bu asarida jamiyatni sotsial tabaqalarga 
bo`lib, ularning jamiyatda tutgan o`rnini ko`rsatib berishga harakat qiladi. 
Asarning 
birinchi 
qismida 
ularning 
tabaqalariga 
va 
kasblariga 
xarakteristika beradi. Ikkinchi va uchinchi qismlarda yaxshi fe'llar va 
yomon xislatlar to`g`risida ma'lumot beriladi. Navoiyning fikricha, 
dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi bor savdogarlar jamiyatda 
moddiy ne'mat yetishtirishda, yaratishda va mamlakat boyligini oshirishda 
muhim o`rin tutadi. A.Navoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli 
to`g`risida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Don sochuvchi dehqon yerni 


82 
yorish bilan rizq yo`lini ochuvchidir". Dehqon, ya'ni ishchi kuchi mahsulot 
ishlab chiqarish vositalari bilan qo`shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab 
chiqarish vositalarining moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha 
e'tirof etadi: "Qo`shi ham ikki zo`r polvon bo`lib, yukiga bo`ysunib oldida 
yuradi, ishlashda hamdam va hamqadam, dehqon ularni surishda xuddi 
odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne qilsalar harakat, xalqqa ham 
yetar ovqat ham barakat!". Demak, dehqon ish kuchi, qo`shi va ho`kizlari 
esa ishlab chiqarish qurollari, yer esa mehnat predmeti, hammasi 
birgalikda ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. Navoiy ishlab 
chiqarishdagi hal qiluvchi omil, hal qiluvchi element - bu dehqon, ya'ni 
ishchi kuchidir, degan fikrni bildiradi. Yuqorida zikr etib o`tilganidek, 
A.Navoiyning fikriga ko`ra, yakka kishi hech narsa ishlab chiqara olmaydi. 
Biron narsa ishlab chiqarish uchun boshqa-boshqa toifadagi odamlar doim 
bir-birlari bilan bevosita aloqada bo`lishlari kerak. 
Masalan, dehqonga mehnat qurollari zarur bo`lsa, hunarmandga 
non kerak, dehqonga ham, chorvadorga ham hunarmandchilik va attorlik 
mahsulotlari suv bilan havodek zarur. Shunday qilib, baliq suvsiz yashay 
olmaganidek, barcha turdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar ham bir-birisiz 
rivojlana olmaydi, deydi Navoiy. Dehqonlar va boshqa sohada mashg`ul 
kishilar ishlab chiqarish uchun boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ishlab 
chiqarish jarayonida, taqsimotda, ayirboshlashda va iste'molda bir-birlari 
bilan o`zaro aloqada bo`lishi kerak. 
A.Navoiy feodalizm davrida, feodalizm jamiyatida dehqon 
mehnatining katta ahamiyat kasb etishini va mavjud jamiyat dehqon 
mehnati ustiga qurilganligini e'tirof etadi. Dehqon mehnatining mahsulini 
novvoy, unfurush, qo`shchi va o`roqchi, mashoqchi va boshqalar orziqib 
kutadi. Shu bilan birga dehqon ham ularga, ularning mehnatiga 
hamohangdir. Ularsiz hech narsa ishlab chiqara olmaydi. Demak, bu bilan 
Navoiy ishlab chiqarish munosabatlarini e'tirof etadi. Uning fikricha, 
dehqon o`z mehnati bilan o`z ehtiyojiga zarur bo`lgan mahsulotni 
keragidan ko`proq ishlab chiqarib, jamiyat va uning ishlab chiqarishda 
ishtirok etmaydigan qismini ham moddiy ne'mat bilan ta'minlaydi. 
Navoiyning mana bu fikri qo`shimcha mahsulot faqat qishloq xo`jaligida 
degan fiziokratlar fikriga mos keladi. Navoiy qishloq xo`jaligining 
rivojlanishi mamlakat qudratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi, 
degan o`ta ilg`or fikrni ilgari suradi. Bu fikr o`sha davr, ya'ni feodalizm 
davri gullab-yashnagan, uning negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi 
tashkil qilgan bir pallada o`ta to`g`ri fikrgina bo`lib qolmay, balki tarixiy 
haqiqat hamdir. 


83 
A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo`lgan savdogarlarning o`zini 
ham ikki guruhga bo`ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari 
olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi guruh - mamlakat ichkarisidagi 
olibsotarlar guruhi. Chet ellar bilan savdo-sotiq olib boruvchi 
savdogarlarga Navoiy ijobiy qaraydi va ularning faoliyatiga xayrihoxlik 
bildiradi. Bozorlardagi savdogarlarga, ya'ni olib sotarlarga esa tanqidiy 
ko`z bilan qaraydi. Ular o`z manfaatiga xizmat qilib, boshqalar hisobiga 
boyiydi. Shuning uchun ularning turgan-bitgani mamlakat uchun zarardir, 
deydi. Savdogarning asosiy maqsadi foyda olishdir. Biri yuz bo`lishidan 
boshida savdo to`la, bo’zi shoyi bo`lishidan ko`nglida istak ko`p. Bu yerda 
savdogar Navoiyning "Hotam Toyiy" asaridagi o`tin teruvchi cholga 
qarama-qarshidir. Chol kuni bilan mehnat qilib o`tin teradi va bu o`tinni 
bozorga olib borib, pulga sotadi. O`tin puliga esa mahsulotlar, ya'ni 
iste'mol mahsulotlari sotib oladi. Bu joyda "tovar - pul - tovar" jarayoni 
boradi. O`tinchi cholning ayirboshlashdan ko`zlagan maqsadi iste'mol 
qiymatidir. Navoiyning fikricha, savdogarning sotib olishdan maqsadi 
qimmatroq sotishdir. Savdogar birini yuz, yuzini ming qilmoqchi bo`ladi, 
deydi. Qo`ygan oz puli ko`p bo`lib qaytib kelishini istaydi, ya'ni uni 
ayirboshlashdan maqsad qiymatdir yoki "pul - tovar - pul" (P-T-P) dir. 
Demak, Navoiyning fikrida kapitalning dastlabki formalaridan biri mavjud 
bo`lgan. U shahar olibsotarlari haqida quyidagilarni aytadi: "Shahar 
olibsotarlari xiyonatchi, o`ziga foyda va boshqalarga qahat istovchi, uning 
foydasi xalqqa ziyon, arzon olib qimmat sotish uning orzusi. Olishda 
shoyini bo`z deydi, sotishda bo`zni maqtab shoyi deydi. Molini tovar 
o`rnida o`tkaza olsa, to`xtatib turish yo`q. Do`konida insofdan boshqa 
barcha mol mavjuddir!" (A.Navoiy. Asarlar to`plami. XII tom,199-bet). 
A.Navoiy o`zi ishlab chiqarishda va ishlab chiqarish sohasida mashg`ul 
bo`lmasada, o`z aqliy va ijodiy mehnati bilan jamiyat uchun kerak bo`lgan 
tabaqalarni e'zozlaydi, olimlar, tabiblar, shoirlar, muhandislar va 
boshqalarni jamiyat uchun zarur qatlamdir, deydi, ana shu kasb egalarini 
o`z mas'uliyat va burchlarini sezishga chaqiradi. 
Alisher Navoiy hazratlari o`z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi 
inson manaviyatining kamoloti bilan uyg`unligini takror-takror qayd 
etganlar. Jumladan mamlakat obodligi va el farovonligini yuksak 
manaviyat bilan quyidagicha bog`lagan: To hirsu havas xirmoni barbod 
o`lmas, to nafsu havo qasri baraftod o`lmas, to jabr zulm jonig`a bedod 
o`lmas, el shod o`lmas, mamlakat obod o`lmas. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish