uchinchi darajali bozor hisoblanadi (ikkinchi o‘rinda Yaponiya turadi). AQSH kapitali Kanada
iqtisodiyotining 50 - 60%ini nazorat qilib turibdi.
AQSH bilan Meksika o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda:
1987 yildan 1992 yilgacha AQSHning Meksikaga eksporti bir yilda o‘rtacha 23%ga ko‘payib
bordi va 1995 yildan boshlab Meksika AQSH sanoat mollarini harid qilishda ikkinchi o‘ringa
chiqib oldi.
AQSH transmilliy korporatsiyalari to‘g‘risida shuni aytish mumkinki, 1995
yildayoq
ularning mintaqadagi sanoat bo‘limlari ichki savdosining 60%dan ko‘prog‘i Meksikaga to‘g‘ri
kelgan edi. 1989 yildan 1995 yilgacha AQSHga qarashli chet el bo‘limlarining salmog‘i
AQSHning Meksika bilan yalpi umumiy savdo hajmida 24% dan 29%ga ko‘tarildi. Navbatida
2002 yilda Meksika eksportining 70%idan ko‘prog‘i, shu jumladan, neft eksportining 55%i
Qo‘shma Shtatlarga to‘g‘ri keladi.
Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi tuzish haqidagi shartnoma kuchga kirmasdan
oldinroq bir necha mln meksikalik fuqaro AQSHda doimiy ish bilan band edi.
Shimoliy Amerika mintaqasining barcha hududlarida yirik kapitalning o‘zaro kirib
borishi kuchayib, "teng imkoniyatlar" yaratilganligi natijasida
dunyoning uchta iqtisodiy
markazlardan biriga aylandi va hozirgi paytda qolgan ikki markaz - G‘arbiy Yevropa va
Yaponiya bilan kuchli raqobat o‘yini qilishga qodirdir.
Amerika iqtisodchilari bugungi kunda Alyaskadan Olovli yergacha bo‘lgan masofani
qamrab oluvchi "o‘ziga yetarli panamerika savdo bloki"ni tuzish masalasini o‘rganayaptilar.
Lotin Amerikasiga bo‘lgan qiziqish shu bilan bog‘liqki, bu mintaqadagi mamlakatlar
iqtisodiy rivojlanish borasida shunday yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelmoqdalarki,
taxminlarga ko‘ra, bu yuksak sur’at yaqin yillar ichida ham davom etadi. Bu yerga oqib
kelayotgan bevosita chet el investitsiyalarining o‘sish sur’ati yuqori
ekanligi shundan dalalat
beradi. 2001 yilda Lotin Amerikasi va Karib dengizi xavzasidagi mamlakatlar bevosita chet el
investatsiyalarining oqib kelishida rekord darajaga erishdilar - ular 56 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu raqam 1999 yildagiga nisbatan 30 foiz ko‘p, demakdir.
Umuman olganda, bu mintaqaga tushgan bevosita chet el investitsiyalari hajmi 2000
yilda rivojlanayottan mamlakatlarga joylashtirilgan investitsiyalarning 38 foizini tashkil etdi,
bularning o‘sish sur’ati barcha rivojlanayotgan mamlakatlarga kiritilgan investitsiyalarning yalpi
o‘sish sur’atiga nisbatan uchdan ikki hissaga teng bo‘ldi.
Janubiy Amerikada ham integratsiya jarayonlari tobora rivojlanib bormoqda. 1965
yilning boshidayoq bu yerda "Erkin savdo zonasi"ni tashkil etish. Keyinchalik, Markaziy
Amerika umumiy bozorini yuzaga keltirish mo‘ljallangan edi. Ammo siyosiy-iqtisodiy tanglik
bu rejalarning amalga oshishiga imkon bermadi.
1990-yillarning o‘rtalariga kelib, Argentina,
Braziliya, Urugvay, Paragvay o‘rtasida 1991
yilda tuzilgan va 1995 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan
Do'stlaringiz bilan baham: