Hind okeani mamlakatlari mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasining rivojlanish tarixi
Hind okeanida joylashgan davlatlarning jahon iqtisodiy tizimida tutgan o‘rni asosan
ikkita omil bilan belgilanadi.
Birinchidan
, bu yerda foydali qazilmalarning juda boy zaxiralari joylashgan. Fors
ko‘rfazining neft-gaz havzasi dunyodagi sanoati rivojlanayotgan davlatlarning aksariyati uchun
asosiy neft-gaz manbai hisoblanadi. Bu mintaqa oltin, olmos, qalay qazib chiqarish, kauchuk
olish, choy, kofe, sholi, paxta, moy va ko‘plab qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda
yetakchi o‘rinlarni egallab turibdi.
Ikkinchidan
, qit’alararo eng muhim transport yo‘llari Hind okeani orqali o‘tadi. Yevropa
va Avstraliyada iste’mol qilinadigan neftning 50%, Yaponiya xarid qiladigan neftning 98% va
Afrika mamlakatlari xarid qiladigan neftning 75%i Hind okeani orqali yetkazib beriladi.
O‘ziga qarashli sanoat bazasini mustahkamlash zaruratidan, o‘z mollarini sotishga
chiqarish talabidan, shuningdek, zamonaviy transport infrastrukturasini barpo etish ehtiyojlaridan
kelib chiqqan holda mintaqa davlatlari yanada mustahkamroq iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga
qo‘yishga bel bog‘ladilar.
Biroq Hind okeani mamlakatlari hamkorlik assotsiatsiyasini tashkil etish g‘oyasi
birdaniga paydo bo‘lgani yo‘q. Hind okeani davlatlarining dolzarb vazifalarni birga-likda hal
etishga bo‘lgan sa’y-harakati natijasida avvalo ba’zi sub mintaqalar doirasidagi davlatlar
o‘rtasida aloqalar mustahkamlandi.
Hind okeani doirasida quyidagi tashkilotlar shakllandi va bir xil muvaffaqiyat bilan
faoliyat ko‘rsatmoqda:
- Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN);
- Janubiy Osiyo davlatlarining mintaqaviy, hamkorlik assotsiatsiyasi;
- Qayur G‘arbiy Osiyo davlatlarini birlashtiruvchi iqtisodiy hamkorlik tashkiloti;
- Fors ko‘rfazi arab davlatlarining hamkorlik kengashi;
- Hukumatlararo taraqqiyot agentligi (bunda asosan, Afrika bo‘g‘ozi davlatlari
qatnashadi);
- Sharqiy va Janubiy Osiyo umumiy bozori;
- Afrika janubi mamlakatlarini rivojlantirish hamjamiyati;
-Hind okeani bo‘yicha komissiya (bunga okeanning janubi-g‘arb qismidagi orol
davlatlari birlashgan).
Hind okeani havzasidagi mamlakatlarda yanada kengroq darajada umummintaqaviy
hamkorlikni, dast avvalo, savdo va iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni o‘rnatish g‘oyasi asta-
sekin paydo bo‘la boshladi.
Hozirga kelib Hind okeanidagi integratsiya jarayonining tashabbuskor mamlakatlari Hind
okeani mamlakatlari hamkorlik assotsiatsiyasi faoliyatining barcha jihatlarini muhokama qilish
va ishlab chiqish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rgan bo‘lishiga qaramay, ko‘pgina
masalalar hanuzgacha hal etilgani yo‘q.
Ushbu bobni quyidagicha xulosalash mumkin:
Ishlab chiqarish kuchlarining internatsionallashuvidan, uning oliy shakli- jahon
xo‘jaligining globallashuvidan iborat muhim jarayon dunyoning ko‘pgina mintaqalarida
birlashmalarning rivojlanishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Milliy xo‘jaliklar o‘rtasida chuqur va barqaror o‘zaro aloqalarning kamol topishi, mehnat
taqsimotining‘ yuzaga kelishi, takror ishlab chiqarish kuchlarining turli darajada, turli shakllarda
o‘zaro hamkorligi asosida mamlakatlarning xo‘jalik va siyosiy jihatdan birlashuvi jarayoni
xalqaro iqtisodiy integratsiya mohiyatini tashkil etadi.
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yagona savdo hamda (qisman) bojxona makonini
tashkil etib, o‘zaro siyosiy ishonchga ega davlatlargina ishlab chiqarishning barcha omillari bilan
erkin ayirboshlash imkonini beruvchi yagona makonni yuzaga keltirishlari mumkin. Bamaslahat
olib boriladigan o‘zaro kelishilgan umumiy iqtisodiy siyosatga da’vat etuvchi bu vazifalarni
amalga oshirish maqsadida-bu ishlar uchun mas’ul bo‘lgan tashkiliy strukturalar yuzaga keldi.
Binobarin, G‘arbiy Yevropadagi integratsiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu
davlat boshidanoq yetakchi o‘rin zgallagan sharoitda amalga oshirildi.
Shimoliy Amerikada bu jarayon xususiy-korporatsiya zaminida ro‘yobga chiqariladi,
zotan bu yerdagi integratsiyaning tabiati, yo‘nalishi avvaldanoq AQSHning qudratli
korporatsiyalari; ularning Kanadadagi bo‘limlari tomonidan belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bular
integratsiya jarayonini tartibga solib turadigan ustmilliy qurilmalarga muhtoj emas.
1980 yillarning oxiri 1990-yillarning boshiga kelib, AQSHning Kanada bilan bo‘lgan
iqtisodiy integratsiyasi sheriklarning ehtiyojlariga javob bera olmay qoldi va 1992 yilda
Shimoliy Amerikada erkin savdo zonasi haqida shartnoma imzolandi, unga ko‘ra, Meksika
uchinchi a’zo bo‘lib qo‘shildi. Hozirgi paytda esa Alyaskadan to Olovli Yergacha cho‘zilgan
Panamerika savdo blokini tashkil etish to‘g‘risidagi masala o‘rganib chiqilmoqda.
Jahon iqtisodining globallashuvi- bu savdo, moliya sohalari, texnologiya, axborot
ayirboshlovi hamda inson omillarining ko‘chib o‘tishi kengayib, yanada chuqurlashuvi natijasida
ayrim mamlakatlar iqtisodining o‘zaro qo‘shiluviga (integratsiyaga) bo‘lgan moyillikdir. Bu
jarayon bozorlar va ishlab chiqarish tizimlarini qamrab oladi. Bozorlarning globallashuvi
muayyan mamlakatlarning bozorlari savdo to‘siqlari natijasida bir-biridan ajralib qolgan
iqtisodiy tizimdan ularni yagona global bozorga keltiruvchi tizimga asta-sekin o‘tish, demaqdir.
Ishlab chiqarishning globallashuvi ishlab chiqarish jarayonining birligini nazarda tutadiki, bu
holda ishlab chiqaruvchilar dunyoning istalgan nuqtasida joylashgan. U yerda mehnat, kapital,
yer kabi ishlab chiqarish omillaridan eng ko‘p manfaat bilan foydalanishlari mumkin.
Bozorlar va ishlab chiqarishni globallashuvining asosiy omillari, eng avvalo, oxirgi yillar
muvaffaqiyat bilan yakunlangan ko‘p tomonlama muzokaralar chog‘ida mahsulotlar, xizmatlar,
kapitallarning erkin harakatini cheklovchi to‘siqlarni bartaraf etish yoki kamaytirish borasidagi
bitimlar bo‘ldi. Buning natijasida korxonalarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish
uchun g‘oyat qulay bo‘lgan hududlarda joylashtirishga imkon tug‘ildi.
Bundan tashqari, aloqa, transport, axborot vositalari texnologiyasida ro‘y bergan keskin
o‘zgarishlar, eng muhimi, qudratli va arzon kompyuterlarning ishlab chiqarilishi juda katta
ahamiyatga ega bo‘ldi; fazoviy yo‘ldoshlar, optik tolalar axborot oqimlariga keng yo‘l ochib
berdi; reaktiv samolyotlar, katta sig‘imli kemalar hamda konteynerlashtirishning joriy etilishi
yuk tashish muammosini ko‘p jihatdan osonlashtirdi.
Jahon iqtisodining globallashuvi, uning tobora chuqurroq internatsionallashuvi, xalqaro
miqyosda raqobatning kuchayishi bilan bog‘liq bo‘lgan g‘oyat muhim jarayonlarni ham qamrab
oladi. Globallashuv, xususan, jahon moliyaviy tizimining yuzaga kelishida, jahon savdosining
intensivlashuvida, global transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘lishida, savdo-iqtisodiy
bloklarning shakllanib borishida, iqtisodning mintaqalashuvida, xalqaro iqtisodiy
tashkilotlarning tartibga soluvchilik ahamiyati o‘sib borishida namoyon bo‘lmoqda.
Iqtisodning globallashuvi doimo ustunliklarni izlash, bozorlarni kengaytirish hamda
xarajatlarni imkon boricha kamaytirish natijasi sifatida ko‘zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |