Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney va Filippin bor.
5
Ushbu guruh doirasidagi o‘zaro hamkorliqda erishilgan yutuqlar Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning ko‘pchiligi iqtisodiy jihatdan jadal
rivojlanayotganligi, ularning taraqqiyot darajalari bir-biriga yaqin ekanligi, o‘rtada tarixiy
an’analarga ega bo‘lgan durustgina savdo aloqalarining mavjudligi, shuningdek, hamkorlik
shakllari bir maromga yetganligi bilan izohlanadi.
Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish istiqbollari ko‘proq Osiyo-Tinch
okeani iqtisodiy hamkorligi tashkiloti (ATES) bylan bog‘lanmoqda. Bu tashkilot Osiyo,
Shimoliy va Janubiy Amerikadagi 18 davlatni birlashtiradi. Xalqaro ekspertlarning taxminiga
ko‘ra, Sharqiy Osiyo yaqin yillarda yalpi milliy mahsulot hajmi bo‘yicha G‘arbiy Yevropadan,
2020 yilga kelib esa, Shimoliy Amerikadan o‘zib ketishi mumkin.
Ishlab chiqilgan rejalar asosida tashkilot 2020 yilga kelib bojxona hamda ichki
g‘ovlardan xolis bo‘lgan dunyoda eng yirik erkin savdo zonasini tashkil etishni mo‘ljallamoqda.
Tashkilotning asosiy maqsadi mintaqada erkin savdo va investitsiyalar hududini tashkil
etish. Shu munosabat bilan bu tashkilotga a’zo davlat rahbarlarining Indoneziyadagi
uchrashuvida mintaqaning industrial rivojlangan mamlakatlari uchun 2010 yilgacha,
mintaqaning tashkilotga a’zo rivojlanayotgan mamlakatlari uchun esa 2020 yilgacha erkin,
ochiq investitsiyalar hududini tashkil qilish to‘g‘risidagi bayonoti e’tiborga loyiqdir. Osiyo-
Tinch okeani iqtisodiy hamdo‘stligi ko‘p darajali xalqaro xo‘jalik majmui bo‘lib, unda
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zaro aloqa taraqqiyotning umumiy xarakatga
keltiruvchi kuchlarini vujudga keltiradi, bu esa, barcha ishtirokchilarga ijobiy samara beradi.
Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bir qatorda Fors ko‘rfazidagi arab mamlakatlarida ham
integratsiyaga, o‘zaro yaqin hamkorlikka intilish sezilmoqda.
Afrika davlatlari o‘rtasida, uning shimoliy qismida intefatsiya jarayonlar rivojlanib
bormoqda (garchi ancha sustroq bo‘lsa ham).
Rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik, ularning integratsiyaga moyilligi
haqida gapirganda shuni nazarda tugash kerakki, amaldagi integratsiya jarayonlari ancha zaif
bo‘lib, o‘zining tabiati, harakatlantaruvchi omillari, rivojlanish sur’atlari jihatidan ancha farq
qiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi integratsiya tom ma’nodagi rivojlangan shakliga, ya’ni
xoh ayrim firmalar, korxonalar darajasida, xohumuman milliy xo‘jaliklar darajasida, bevosita
mamlakatlararo aloqalarning rivojlanishidan iborat bo‘lgan, hamisha rivoj topib, chuqurlashib
boradigan jarayon shakliga ega emas. Xozircha, rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy
hamkorligi, ularning integratsiyaga doir e’lon qilgan maqsadlari integratsiya jarayonining
tayyorlov bosqichidan iborat, xolos.
Integratsiya yo‘lida tuzilgan ko‘plab guruhlar ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar darajasi
pishib yetmaganligi, milliy xo‘jaliklarning ibtidoiyligi, bozor, moliya infrastrukturalarining
rivojlanmaganligi oqibatida bu tuzilmalarni yo maqsadga befoyda intilish yoxud to‘la
muvaffaqiyatsizlikka mahkum etib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: