sifatida Finlyandiya ham qo‘shilgan) tononidan 1960 yilda tashkil etilgan Yevropa Erkin Savdo
Assotsiatsiyasi, shuningdek, AQSH, Kanada va Meksika tomonidan tuzilgan erkin savdo haqida
Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA).
3. Bojxona ittifoqi (custom union) - a’zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida yagona tashqi
savdo tarifini joriy etishni, savdodagi cheklovlardan voz kechishni
va bundan tashqari,
dunyodagi boshqa a’zo bo‘lmagan mamlakatlarga nisbatan yagona savdo siyosatini
muvofiqlashtirib turishni nazarda tutadi.
Bojxona ittifoqi erkin savdo zonasiga qaraganda ancha takomillashgan integraiion
strukturadan iborat. Birinchidan, bojxona tariflariga nisbatan yagona tashqi savdo siyosatini olib
borib, mamlakatlar tovarlar oqimini ularning tashqi tarifini va yakuniy narxini hisobga olgan
holda tartibga soladi. Bu esa o‘z navbatida resurslarni qayta taqsimlash,
ishlatish va ishlab
chiqarishga turtki bo‘ladi.
4. Umumiy bozor (a common magket) integratsiyaning bojxona ittifoqiga nisbatan
imkoniyatlari yanada kengroq, chunki unga a’zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasida nafaqat tovarlar,
balki mehnat resurslari, kapitalning erkin harakat qilishi nazarda tutiladi. Yevropa Ittifoqi 1980-
yillarda umumiy bozor maqomini olgan.
Umumiy bozorni barpo etish uchun iqtisodning muayyan tarmoqlarini rivojlantirishning
yagona siyosatini ishlab chiqish, ishlab chiqarishning barcha omillarining
erkin harakat qilishi
uchun sharoit yaratish, ijtimoiy va mintaqaviy taraqqiyotning umumiy jamg‘armalarini tarkib
toptirish zarur.
5. Xalqaro iqtisodiy integratsiya taraqqiyotining navbatdagi ikki bosqichi - bu iqtisodiy
ittifoq hamda valuta ittifoqidir. Iqtisodiy ittifoq toki milliy tasarrufdagi turli pul tizimlariga
suyanar ekan, u tom ma’noda ittifoq bo‘la olmaydi.
Iqtisodiy ittifoq (an economic union)- integratsiyaning yanada mukammalroq shakli
bo‘lib, u a’zo bo‘lgan mamlakatlarning valuta (monetary) va moliya () siyosatini
muvofiqlashtirishni, hatto yagonalashtirishni (unifikatsiya) nazarda tutadi. Masalan,
Ikkinchi
jahon urushidan keyin ilk bor Benilyuks mamlakatlari - Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg
o‘rtasida tuzilgan kqtisodiy ittifoq. Keyinchalik esa bunga misol Yevropa Ittifoqidir.
Yuqorida qayd etilgan shakllardan tashqari integratsiyaning soliqlardan ozod etilgan
zonalar (Duty-free zones
) yoki erkin iqtisodiy zonalar (Free economic zones) shakli ham
mavjud. Bu xomashyo va ikkilamchi mahsulotlarni soliqsiz yetkazib berish yo‘li bilan chet el
investitsiyalarini jalb etish uchun tashkil etilgan hududlar.
Xulosa shuki, integratsiya jarayonlarini amalga oshirish tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bu
borada iqtisodiy integratsiyaning bir necha shakllari ko‘zga tashlanadi.
Dastlab integratsion birlashuvning eng oddiy shakli - erkin savdo zonasi yuzaga keldiki,
bunda shu mintaqa doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasida
savdo cheklovlari va avvalo
bojxona to‘lovlari bekor qilindi.
Uning boshqa bir shakli - bojxona ittifoqi ishlab turgan erkin savdo zonasi bilan bir
qatorda tashqi savdoda yagona tarifni joriy etishni hamda tashqi savdoda uchinchi
mamlakatlarga nisbatan yagona siyosat olib borishni nazarda tutadi (Bunday hollarda
davlatlararo munosabatlar faqat ayirboshlash sohasidagina bo‘lib, maqsad - o‘zaro savdoni
rivojlantirish va moliyaviy hisob-kitoblarda ishtirokchi mamlakatlar uchun teng imkoniyatlar
yaratib berish). Bojxona ittifoqiga qo‘shimcha qilib to‘lov ittifoqi ham tuziladiki, bu valutalarni
o‘zaro
konvertatsiya qilishni, hisob- kitoblarda yagona pul birligi bo‘lishini ta’minlashga imkon
yaratadi.
Integratsiyaning keyingi, anchagina murakkabroq shakllaridan biri umumiy bozor bo‘lib,
u ishtirokchilarga o‘zaro erkin savdo olib borish va tashqi savdoda yagona tarif o‘rnatish
sohasida hamkorlik qatori kapital bilan ishchi kuchining erkin harakat qilishini, iqtisodiy
siyosatni muvofikdashtirishni ta’minlab beradi.
Lekin davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng yuqori shakli iqtisodiy va valuta ittifoqi
hisoblanadiki, u umumiy iqtisodiy, valuta-moliyaviy siyosatini amalga oshirgan holda
integratsiyaning barcha shakllarini o‘zaro mujassamlashtiradi.
O‘z-o‘zidan
ravshanki, o‘zaro iqtisodiy ta’sirnnng muayyan shakllari ishtirokchi
mamlakatlar xo‘jaligi qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq. Mamlakatlar xo‘jaligining
rivojlanishiga xos bo‘lgan muayyan xususiyatlar o‘z navbatida intefatsiya mohiyatiga, uning
harakatlantiruvchi kuchlariga ta’sir o‘tkazadi. Hozirgi paytda dunyoda 100 dan ortiq mintaqaviy
savdo, iqtisodiy bitimlar va kelishuvlar amal qilmoqda.
Chunonchi, sanoati rivojlangan mintaqada integratsiya jarayonlari G‘arbiy Yevropada
(YEI) va Shimoliy Amerikada (NAFTA) keng ko‘lamda rivoj topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: