Darqaqiqat, kapitalizm turli-tuman mollar ishlab chiqarishda yuksak samaradorlikni
ta’minlaydi. Bu tushunarli: kapitalizmning maqsadi foyda olishdir.
Lekin alohida bir shaxs uchun avtomobil, televizor, dastgoh va h.k. o‘z-o‘zidan yaxshi
hayotni ta’minlab bera olmaydi. Natijada quyidagilarni amalga oshirish zarur, degan fikr -yuzaga
keladi:
a) 80-yillarda amalga oshirilgan davlat xarajatlarini tejash siyosatidan voz kechish. Lekin
bu narsa soliqlarning keskin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin;
b) hozirgi xarajatlarni (yalpi ichki mahsulatga nisbatan) saqlab turgan holda, qat’iy
islohotlar yordamida davlat sektoridagi raqobatchilik unsurlarini kuchaytirgan holda ushbu
sektorga oid xizmatlar sifatini oshirish.
2. Bozor "inson omili" degan tushunchaning tub ma’nosini ta’minlay olmaydi
"kelajakdagi ko‘pgina ijtimoiy zararlar yoki afzalliklarga yetarlicha baho bera olmaydi yoki
ularni oldindan ko‘ra olmaydi".
3. Bozorning narxlar tushimi tabiiy boyliklarni taqsimlab berayotganida ko‘p jihatdan
ularning tugab borishini, bu hol atrof-muhitga uzoq vaqt salbiy ta’sir qilishi mumkinligini
hisobga olmaydi.
4. Ilmtalab mahsulotlar va eng yangi g‘oyalar bilan xalqaro miqyosda erkin
almashuvning bir o‘zi ilg‘or texnologiyalarning keng joriy etilishiga olib kelolmaydi. Ularni
o‘zlashtirish esa ongli ravishda murakkab bilimlar to‘plashni, tajriba orttirishni talab etadi, bu hol
esa davlat oldindan tashabbus ko‘rsatishi lozimligini taqozo qiladi.
Ijtimoiy taraqqiyotdagi davlatning roliga umuman tarixiy nuqtai nazardan yondashilsa,
shu narsa ma’lum bo‘ladiki, xususiy kapital iqtisodga tobora kengroq ko‘lamda jalb
etilayotganiga qaramay, jamoat sektorining hissasi uzluksiz oshib boradi. G‘arbdagi ko‘pgina
yetakchi mamlakatlarda xususiylashtirish siyosati keng ko‘lamda olib borilayotganiga qaramay,
ularning iqtisodida davlat sektorining ishtiroki o‘sib bormoqda.
Davlatning umuman iqtisoddagi roli davlat mulkining salmog‘i bilan bir qatorda yalpi
ichki mahsulotdagi davlat xarajatlari ulushi ko‘rsatkichlari bilan ham belgilanadi.
XIX asrning oxirlarida sanoati rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotdagi
davlat xarajatlarining salmog‘i o‘rtacha 8,3 % ni (AQSHda - 4%, Fransiyada - 12,6%) tashkil
etgan bo‘lsa, XX asrning 20-yillarida bu raqam 15,4% ga ko‘tarildi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning milliy resurslarini taqsimlashdagi o‘rni
1929-1933 yillardagi Buyuk (depressiya) turg‘unlikdan keyin salmoqli bo‘ldi. 60-yillarda bu
ko‘rsatkich 27,9%ni. 80-yillarning boshlarida 42,6%ni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yuz yil
mobaynida ta’lim, temiryo‘l transporti, telegraf, pochta, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash,
sanitariya xizmatlari davlat zimmasiga yuklatilganligi bilan izohlanadi. Bu raqam keyinchalik
mazkur mamlakatlarning birortasida ham 30%dan pastga tushgani yo‘q. Masalan, 1998 yilda
AQSHda yalpi ichki mahsulotdagi davlat xarajatlari salmog‘i 38,7%ni, Yaponiyada 34,9%,
GFRda 50,8%, Fransiyada 54,2%, Angliyada 54,8%ni tashkil etdi. Rivojlangan mamlakatlarda
o‘rtacha ko‘rsatkich 1998 yilga kelib yalpi ichki mahsulotda 47,2%ga yetdi. To‘rtinchi jadvaldan
ma’lum bo‘lganidek, dunyodagi yetakchi mamlakatlarda yalpi ichqi mahsulotdagi davlat
xarajatlari satmog‘i keyingi yillarda ham muttasil oshib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: