Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Rivojlanayotgan mamlakatlarning toifalarga bo‘linishi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Rivojlanayotgan mamlakatlarning toifalarga bo‘linishi 
 
Rivojlanayotgan dunyo tabaqalashgan bo‘lib, mamlakat va mintaqa ko‘lamlarida 
iqtisodiy taraqqiyot darajasi, iqtisodiy qoloqlikning chuqurligi, uning qay shaklda namoyon 
bo‘lishi bilan bog‘liq muhim tafovutlar mavjud. 
Iqtisodiy taraqqiyot darajasi ko‘proq yalpi milliy mahsulot aholi jon boshiga qanchadan to‘g‘ri 
kelishiga qarab belgilanadi. Ana shu mezondan kelib chiqilsa, rivojlanayotgan mamlakatlarni 
eng past, o‘rtacha va yuqori daromad nuqtai nazaridan uchta toifaga bo‘lish mumkin: 
1. Eng past daromadli mamlakatlar aholi jon boshiga hisoblanganda yalpi milliy 
mahsulot yiliga eng ko‘pi bilan 400 AQSH dollarini tashkil etuvchi davlatlar. Asosan tropik 
Afrikadagi mamlakatlarning ko‘pchiligi, Osiyodagi 10 dan ortiq davlat (Janubiy Osiyo 
mintaqasidagi) hamda Karib havzasidagi bir davlat - Gaiti shunga kiradi. 
Ana shu toifaga kiruvchi mamlakatlar
7
 BMT uslubiyatiga ko‘ra, "eng sust rivojlangan 
mamlakatlar" hisoblanadi; aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 215 AQSH dollaridan 
oz (1995 yilda), qayta ishlash sanoatida aholi jon boshiga qo‘shimcha qiymat salmog‘i nari borsa 
10%, katta yoshdagi aholining savodxonlik darajasi ko‘pi bilan 70% boshlang‘ich maktab 17% 
o‘rta maktab ta’limini olganlar tashkil etadi. 
2. O‘rtacha daromadga ega bo‘lgan mamlakatlar 1995 yilda yalpi milliy mahsulot aholi 
jon boshiga 766 - 9385 AQSH dollari miqdorida to‘g‘ri kelgan davlatlardir. 20 ga yaqin 
Shimoliy Afrika davlatlari. Angola, Botsvana, Kongo, Namibiya, Zimbabve, Osiyo mamlakatlar 
- Iordaniya, Eron, Iroq, Yaman, Livan, Malayziya, Lotin Amerikasi, Karib havzasidagi 
davlatlarning aksariyati, Okeaniyadagi bir davlat - Papua Yangi Gvineya shu toifaga kiradi. 
3. 1995 yilda yalpi milliy mahsulot aholi jon boshiga 9386 AQSH dollaridan ko‘proqni 
tashkil etgan davlatlar yuqori daromadli mamlakatlar toifasiga kiradi. Bular ikki turdagi 
mamlakatlardir. 
- yo neft eksport qiluvchilar (Quvayt, BAA, Saudiya Arabistoni va boshqalar); 
- yoxud yangi ivdustrial mamlakatlar (Gonkong, Singapur, Janubiy Koreya, Argentina, 
Braziliya, Meksika va h.k. davlatlar) 
Jahon banki uslubiyatiga ko‘ra, yangi industrial mamlakatlarga kiruvchi davlatlarning 
asosiy belgilari aholi jon boshiga hisoblanganda milliy daromad 1998 yilgi narxlar bo‘yicha 
10000 AQSH dollaridan ko‘proqni, qayta ishlash sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i 
kamida 20%ni tashkil etishi kerak. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy 
daromad bo‘yicha Bruney eng yuqori ko‘rsatkichga ega - bu raqam 2003 yidsa 26200 AQSH 
dollarini tashkil etgan, ikkinchi o‘rinda Gonkong - 25160 AQSH dollari, uchinchi o‘rinda 
Singapur - 24570 AQSH dollari.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish