Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Tarixiy sharh 
 
Osiyo va Afrika mamlakatlarining ko‘pchiligi yaqin o‘tmishda Angliya, Fransiya, 
Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Portugaliya va Ispaniyaning mustamlakalari edi. Shu sababli, 
ularning iqtisodiy tizimi ta’lim va ijtimoiy sohalari monopoliyalaridagiga aynan o‘xshatib, 


ularning manfaatlariga moslab shakllantirilgan.
Ozodlikka erishgan bu mamlakatlar tarixidagi bu xususiyatlar, ularning taraqqiyoti, jahon 
iqtisodiy xo‘jaligiga integratsiya bo‘lishdagi o‘ziga xosligini va muammolarini izohlab beradi. 
Shunga ko‘ra, ozodlikka erishgan davlatlar uchun birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan 
asosiy vazifa - faqatgina tezroq iqtisodiy taraqqiyotga erishish emas, balki o‘zida mavjud bo‘lgan 
iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarni birlashtirish va rivojlantirishdan iboratdir. 
 
Rivojlanayotgan mamlakatlarga xos bo‘lgan asosiy belgilar 
 
RM xo‘jalik hayoti xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lishiga qaramay, unda har holda 
muayyan darajada mushtarak jihatlar ham mavjudki, bular ushbu mamlakatlarni yagona bir 
guruhga kiritish imkonini beradi, iqtisodiy-siyosiy rivojlanish borasidagi o‘xshash yoki aynan 
manfaatlar shular jumlasidandir. 
Rivojlanayotgan dunyo mamlakatlariga xos bo‘lgan ana shunday jihatlar (belgilar) avvalo 
quyidagilardan iborat:
1) Ichki ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmadagi o‘tish davri xususiyatlari (RM iqtisodidagi 
dualizm, ko‘p ukladlilik); 
2) ishlab chiqarish kuchlari umuman past darajada rivojlanganligi, qishloq xo‘jaligi, 
sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalaridagi qoloqlik; 
3) jahon xo‘jaligi tizimida qaramlik.
BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 
rivojlanayotgan mamlakatlar 90-yillarning boshiga kelib, G‘arbdagi rivojlangan mamlakatlardan 
mehnat unumdorligi sohasida quyidagicha orqada qolgan: sanoatda 6-10 hissa; qishloq 
xo‘jaligida 20-25 hissa. Bu nisbat hozirgacha o‘zgarmay kelmoqda. 
"Uchinchi dunyo" mamlakatlarining jahon xo‘jaligida tutgan o‘rni, ularning tabiiy 
boyliklarga mo‘lligi va aholisining ko‘pligi bilan ajralib turadi. 
Bu mamlakatlarda quyidagilar mavjud:
- Umumiy sanoat zaxiralarining, ma’nan xom ashyolarining 8 turining (boksitlar, kobalt, 
mis, neft, qalay, nikel, tabiiy gaz, fosfatlar) 2/3 qismi; 
- temir rudasi, molibden va urannikg 1/3 qismi; 
- volfram, marganes, qo‘rg‘oshin, xrom, rux bilan bog‘liq sanoat zaxiralarining qariyb 
1/4 qismi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatbaho ma’danlar va toshlar bo‘yicha dunyo 
zaxiralarida muhim o‘rin egallaydi.
Biroq, rivojlanayottan mamlakatlarda foydali qazilma boyliklar mutlaqo teng 
joylashmagan. "Uchinchi dunyo"da topilgan foydali qazilmalar ularning faqat 45 tasiga to‘g‘ri 
keladi. Bular, avvalo, neftni eksport qiluvchi, ma’danlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatlardir. 
Ayni paytda rivojlanayotgan mamlakatlarning 2/3 qismi umuman ma’dan va energetika 
zaxiralariga ega emas.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tabiiy boyliklariga xos yana bir xususiyat, bu 
boyliklarni mamlakatlar bo‘ylab aniqlash darajasi nisbatan juda past: mazkur 45 
mamlakatning atigi 10 tasida 3 xildan ko‘proq xomashyo turi mavjudligi aniqlangan. 
Mana shuning uchun ham xom ashyo rivojlanayotgan mamlakatlarning faqat ayrimlari 
uchun ko‘p tarmoqli qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun yetarli moddiy zamin bo‘lib 
xizmat qilishi mumkin.
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘zi energetika va ma’dan xom ashyolarini 
chetdan olib kelishga majbur. Masalan, mamlakat importining umumiy hajmida xom ashyo 
salmog‘i Vyetnamda 25, Marokashda 20, Pokistonda 22, Paragvayda 25, Janubiy Koreyada 30% 
ni tashkil etadi.
Rivojlanayotgan dunyo mintaqalari ichida chetdan olib kelinadigan ma’dan va energetika 
xoma shyolariga butunlay qaram bo‘lib qolgani Janubiy Osiyo hisoblanib, uning importida bu 
mahsulotlarning salmog‘i mintaqa bo‘yicha 28%dir. 


Hozirgi zamon maxsus adabiyotlarida rivojlanayotgan mamlakatlarni toifalashga oid 
bo‘lgan tavsiyalardan kelib chiqkdn holda bu davlatlarni quyidagi tabaqalarga bo‘lish mumkin 
(ko‘p jihatdan shartli ravishda):
"Yangi industrial mamlakatlar" (YAIM) yoki "yangi sanoat iqtisodlari" (YASI) yuqori 
tabaqani tashkil etadi, keyin esa o‘rtacha iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi mamlakatlar, eng sust 
rivojlangan (yoki ko‘p hollarda eng qashshoq) mamlakatlar to‘g‘ri keladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish