Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Eksportga qaramlik 
 
Sustroq rivojlangan mamlakatlarning iqtisodi aksariyat hollarda birlamchi xom 
ashyolarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, ikkilamchi va uchlamchi tarmoqlar keyingi 
o‘rinda turadi. Ana shu birlamchi xom ashyo mollar ularning boshqa mamlakatlarga qiladigan 
eksportining asosini tashkil etadi. Masalan, 1995-2001 yillarda "uchinchi dunyo"ga mansub 
bo‘lgan barcha mamlakatlarda birlamchi xom ashyolar butun eksportning 65 foizini tashkil 
etgan. Boy neft zaxiralariga, qimmat-baho ma’dan boyliklarga ega bo‘lgan mamlakatlar, sanoat 
mollarini eksport qilishda yetakchi mavqega ega bo‘lgan rivojlanayotgan davlatlar bu hisobga 
kirmaydi. Sustroq rivojlangan mamlakatlar eksportining asosini esa oziq-ovqat mahsulotlari, 
nooziq-ovqat o‘simliklar (nonfood cash crops) va xom ashyolar tashkil etadi. Masalan, "sub-
Saharan Africa"da birlamchi moddalar umumiy eksportdan olinadigan daromadlarning 94 foizini 
tashkil qiladi. 
Rivojlangan mamlakatlarning ko‘pchiligida taraqqiyotga oid birlamchi darajali 
loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy jamg‘armalarga qo‘shimcha chet el valutasiga 
ehtiyoj kuchaymoqda.
Ayni paytda chet el investitsiyalari bilan chet el yordami xorijiy valuta manbaidir. Xom 
ashyo mollari eksporti rivojlanayotgan mamlakatlar xazinasiga bir yilda tushadigan chet el 
valutasining 60-70%gacha bo‘ladigan salmog‘ini tashkil etadi. Afsuski, qarzga botgan ko‘pgina 
rivojlanayotgan mamlakatlarda 80-yillarda eksport yo‘li bilan topilgan chet el valutasining 
aksariyat qismi oldinroq olingan qarzlarga foizlar to‘lashga sarflandi.
Bu mamlakatlarda keyingi bir necha yil mobaynida amalda kapitallarning xalqaro 
harakatida salbiy qoldiq kuzatilmokda, ya’ni bu mamlakatlarga kelib tushgan chet el valutasi 
miqdoriga nisbatan bu yerdan chiqib ketayotgan valuta mikdori ko‘proq bo‘lmokda.
Garchi ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun eksport muhim omil hisoblansada, 
"uchinchi dunyo"ga mansub mamlakatlarda (neftni eksport qiluvchi mamlakatlardan tashqari) 
eksportning o‘sish darajasi rivojlangan mamlakatlardagi shu ko‘rsatkich bilan tenglasha olmaydi. 
Buning oqibati o‘laroq, rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi eng qulay kelgan yillarda 
ham umumjahon savdosidagi salmog‘i nuqtai nazaridan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan o‘z 
mavqelarini qo‘ldan chiqara boshladi. Masalan, 1950-yillarda ularning bu sohadagi salmog‘i 


taxminan 33% bo‘lsa, 2001 yilda 27,7%ga tushib qoldi. Ayni paytda rivojlangan mamlakatlar 
jahon savdosidagi salmoqlarini 60%dan 69%ga olib chiqdilar (asosan o‘zaro savdo hisobiga). 
Vaholanki,'"uchinchi dunyo" mamlakatlarining o‘zaro savdosi ham ortib bordi va o‘zaro yalpi 
eksport foizi 1970-yillardagi 20 foizdan 2001 yilda 38%ga ko‘tarildi, lekin buning boshqa 
tomoni bor: sust taraqqiy etgan mamlakatlar o‘z mahsulotlarini chetga chiqarib sotishda tobora 
ko‘proq bir-biriga qaram bo‘lib qolmoqda. Ayni paytda ularning jahon savdosidagi salmog‘i 
kamayib ketmoqda.
Demak: 
1. Rivojlanayotgan mamlakatlar (avvalo Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va 
Okeaniyadagi) yer yuzidagi hududlarning qariyb 3/5 hissasini tashkil etadi, jami aholining 4/5 
qismi shularda istiqomat qiladi. 
2. Ularning asosiy xususiyati — jahon xo‘jaligi tizimidagi qaramlilik holati, ishlab 
chiqarish kuchlarining g‘oyat sust rivojlanganligi (bu borada qishloq xo‘jaligi yetakchi 
mavqelarga ega). 
3. Buning natijasida aholi asosiy qismining turmush darajasi past bo‘lib, bu narsa aholi 
jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar, tibbiy xizmatlar borasida rivojlangan davlatlardan 
ancha orqada qolganlikda, uzluksiz to‘yib ovqat yemaslikda, bolalar o‘limi darajasi yuqori 
ekanligida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. 
4. Iqtisodning sust rivojlanganligi uning ko‘p darajada eksportga qaramligini keltirib 
chiqaradi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish