Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Sanoat mollari jahon bozorida rivojlanayotgan



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Sanoat mollari jahon bozorida rivojlanayotgan 
mamlakatlarning tuttan o‘rni 
 
Texnika taraqqiyoti chekka o‘lkalarning nisbatan arzon ishchi kuchi bilan bog‘liq 
ustunliklariga batamom putur yetkaza olmadi. Buning ustiga rivojlanayotgan mamlakatlarga 
yangi texnologiyalarning kirib kelishi yangi ustunliklarni yuzaga keltirdi.


Mana shunga ko‘ra, turli-tuman g‘ovlarga hamda obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarga 
qaramay, bir qator chekka mamlakatlar 
muqoyasadagi 
an’anaviy afzalliklar va yangi qo‘lga 
kiritilgan ustunliklardan faol foydalanganliklari tufayli o‘z eksportlari fazilatlarini oshirish va 
diversifikatsiya qilishda anchagina yutuqlarga erishdilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi ba’zi ishlab chiqaruvchilar eng yirik jahon 
korporatsiyalari bian tenglashadigan darajaga yetdilar. Bularning raqobatdagi ustunliklari qisman 
mehnat hajmiga nisbatan kam xarajat sarflanishi bilan bog‘liq. 1985 yilda Janubiy Koreya va 
Braziliyada avtomobil sanoatida soatbay ish haqi 1,7 AQSH dollaridan iborat bo‘lgan, 
Yaponiyada bu raqam 6, GFRda 12, AKSHda 20 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda 
ham bu farqlar sezilarli darajada. 
Biroq, ilg‘or texnologiyalarning o‘zlashtirilishi, robotlashtirish, avtomatlashtirishning 
joriy etilishi natijasida sifat va samaradorlikka erishiluvi ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon sanoat mahsuloti va yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida rivojlanayotgan 
mamlakatlarning salmog‘i 1950 yildan 2000 yilgacha ancha ko‘tarildi. Bu o‘sish darajasi keyingi 
25 yil ichida eksportga mo‘ljallangan sanoatlashtirishning afzalliklari aniq ko‘rinib, uning 
tarafdorlari ko‘paygandan keyin yuqoriga ko‘tarildi. 
Neft eksportidan keladigan tushumlar ikki baravardan ko‘proq kamaygani (347 mlrd dollardan 
137 mlrd dollargacha) tufayli 1980-1988 yillarda sanoat mahsulotlarini chetga chiqarish olis 
o‘lkalar uchun tashqaridan keladigan mablag‘larni ko‘paytirishda yagona manba bo‘lib 
qolganligi sababli bu sohada ko‘tarilish yuz berdi. 1971-2001 yillarda rivojlanayotgan 
mamlakatlarning sanoat eksportidagi salmog‘i 3,8 hissa, mashina-texnika mahsulotlari bo‘yicha 
esa 10 baravar ko‘paydi.
Mashina-texnika mahsulotlari orasida hozirgi zamon ashyolari va texnologiyasidan 
foydalanib ishlab chiqariladigan mahsulotlar eng ko‘p muvaffaqiyatga erishdi. Birinchi navbatda 
6u elektronikadir. Avtomobillar, samolyotlar, kemalar, elektr uskunalari, ba’zi qurol-yarog‘ va 
texnik jihatdan murakkab bo‘lgan boshqa buyumlarni jahon bozoriga olib chiqishda sezilarli 
yutuqlarga erishildi.
Chunonchi, Koreya chetga chiqarayotgan avtomobillar sonini 1970 yilda 28819, 1980 
yilda 123135, 2002 yilda 1218020 donaga olib chiqdi. Tayvan metallni qayta ishlashda 
qo‘llaniladigan zamonaviy asbob-uskunalar eksportida eng yuqori mavqega ega bo‘ldi.
Shunisi e’tiborliki, rivojlangan davlatlarga sanoat mollarini eksport qilishda 
rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatining salmog‘i ortib bormoqda. Lekin sanoat mahsulotlarini 
eksport qilishda rivojlanayotgan mamlakatlar bir xilda qatnashayotgani yo‘q.
Ayrim mamlakatlarning, bir guruh mamlakatlar va mintaqalarning sanoat mahsulotlari 
eksportidagi roli sekin-asta o‘zgarib bormoqda. An’anaviy hisoblangan yetakchilar (Hindiston, 
Braziliya, Meksika va boshqalar) o‘z mavqelarini boy bermoqda, ko‘proq yangi kichik davlatlar 
keskin ravishda oldingi marralarga chiqib olmoqda. 
Ayni paytda rivojlanayotgan mamlakatlardagi sanoatlashtirish jarayoni - texnologik
ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlikni imkoni boricha jadallashtirishga, xalqaro mehnat taqsimotida faol 
ishtirokiga, eng serharakat va istiqbolli sohalarini o‘zlashtirishlariga bog‘liq. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiga qo‘shiluvida milliy hukumatning 
ta’siri sezilarli. Zotan, ushbu mamlakatlarning yarim asrdan ko‘proq tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
ulardagi o‘zgarishlarning umumiy yo‘nalishi, harakatida davlat o‘rnatgan tartib-qoidalar
iqtisodiy siyosat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bularning har ikkalasi rivojlanayotgan 
iqtisodlarning umumiy taraqqiyot an’analari, mavjud imkoniyatlari, ehtiyojlariga qanchalik 
ko‘proq moslashgan bo‘lsa, zamonaviylashtirish yo‘lidagi olg‘a siljishlar ham shunchalik ko‘p 
samara berdi. 
Shuning bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi 
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, hozirgi sharoitda ularning jahon xo‘jaligi aloqalaridagi an’anaviy 
ishtirokida ko‘pincha tashqaridan ko‘rinmaydigan tangliklar ro‘y bermoqda.
Xulosa: jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar evolutsiyasidagi murakkab 
jarayonda o‘zining mustaqil o‘rnini izlab topish asosiy vazifadir. 



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish