Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Mustamlakachilikdan keyingi davr



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Mustamlakachilikdan keyingi davr 
 
Ozod bo‘lgan daklatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari: Siyosat: 
- Siyosatning iqtisoddan ustuvorligi; 
- ijtimoiy rivojlanishni tezlashtirishga urinish -sotsialistik yo‘nalishlarning ommalashuvi, 
iqtisodda davlat rolining ustuvorligi. 
Iqtisod: 
Ilgarigidek rivojlangan mamlakatlar uchun xom ashyo va energiya resurslari manbalari.
XX asr oxirida jahon eksportida rivojlanayotgan mamlakatlarning boksitlar bo‘yicha 
ulushi 71%, temir rudasi bo‘yicha 49,7%, neft 83,5%, marganes rudasi 49,3%, fosfatlar 79,9%, 
qalay 78,2%, mis 53% va h.k.ni tashkil etdi. 
G‘arb-Sharq - arzon xom ashyoni ko‘zlash 
- 1970-yillardagi energiya va xomashyo inqirozi. Rivojlangan mamlakatlarning javobi - 
energiya va materiallar tejaladigan texnologiyalarni o‘zlashtirish. Natija –xom ashyoga 
bog‘liqlikning qisman qisqarishi. 
- Fan-texnika taraqqiyotidagi yangi bosqich - iqtisodning internatsionallashuvi,
ustuvor aloqalarni rivojlanayotgan mamlakatlardan rivojlangan mamlakatlarga qayta 
yo‘naltirish. 
Jahon iqtisodidagi bunday an’analar quyidagi natijalarga olib keldi: 
1. Rivojlanayotgan mamlakatlarning xom ashyo va energiya resurslari yetkazib beruvchi, 
rivojlangan mamlakatlarning mahsulotlari uchun bozor sifatidagi ahamiyatining nisbatan
kamayishi.
2. Ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodidagi tuzilmaviy va fan-
texnika borasidagi o‘zgarishlarga faolroq moslashuvi. 
3. Bu mamlakatlardagi ichki jarayonlarning sanoati rivojlangan davlatlar bilan 
munosabatlari chuqurlashuviga bog‘liqligining kuchayishi (rivojlangan mamlakatlarda urushdan 
keyin to 1990 yilgacha ishlab chiqarish o‘sishining eng uzoq davri bo‘ldi). 
Aytib o‘tilgan an’analar ozod bo‘lgan davlatlarning jahon iqtisodiy hamjamiyatidagi 
ahamiyatining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir etdi. 80-yillar oxirida bu mamlakatlarning ayrimlari 
qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqaruvchi sanoat va xizmatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 
bo‘yicha G‘arb mamlakatlarining 60-yillar boshidagi o‘rtacha darajasiga yetdi. Ayniqsa, eksport 
tuzilishidagi muvaffaqiyatlar sezilarli bo‘ldi. 
Neft ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar (OPEK) tashkilotiga kirmaydigan 
mamlakatlarda 1980-yillar mobaynida eksportdagi tayyor mahsulotlar ulushi 1/3 dan 2/3 gacha 
o‘sdi.
Biroq ozod bo‘lgan davlatlarning jahon iqtisodi holati bilan chambarchas bog‘liqligi bir 
qator salbiy oqibatlarga olib keldi. 1990-yillarning o‘rtalaridan boshlab rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodidagi davriylik omili, Sharqiy Yevropa davlatlarida ishlab chiqarishning keskin pasayishi, 
Fors qo‘ltig‘i mintaqasidagi inqiroz oqibatida jahondagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi 
tufayli jahon importi qisqardi, xomashyo (neftdan tashqari) narxi pasaydi. Demak, milliy 
budjetga tushum qisqardi, moliya resurslarining yetishmovchiligi oqibatida jahon kapital 
bozorlarida foiz stavkasi yuqorilashib ketdi, ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun chet 
el kreditlarini olishning imkoni bo‘lmay qoldi. 
Ana shular natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy munosabatlariga 
jiddiy putur yetdi, ularning xalq xo‘jaligidagi turli sohalar va tarmoqlarida noxush oqibatlar sodir 


bo‘ldi.
Taxminan 2/3 qism rivojlanayotgan mamlakatlarda 80-yillarda milliy daromad kamaydi. 
Bunday kamayishning eng ko‘pi 19 davlatda 35%ni tashkil etdi.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, umuman 80-yillarda milliy iqtisodning o‘sish sur’atlari 7,2% 
o‘rniga 2,3%ni tashkil etdi.
"Uchinchi dunyo" mamlakatlarida inflatsiya yuqoriligicha qoldi. 
1989 yil - 104,1%, 
1990 yil - 71%.
Jahon iqtisodidagi pasayish oqibatida "uchinchi dunyo" mamlakatlarining istiqbollari 
ko‘p jihatdan milliy xo‘jaliklar jahon xo‘jaligining o‘zgarib borayotgan talablariga monand qayta 
ko‘rib chiqishga va chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirishga bog‘liq ekan. 
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) tomonidan tayyorlangan jahondagi 
iqtisodiy vaziyatga muvofiq rivojlanayotgan mamlakatlar joriy to‘lov balansining taqchilligi 
1995 yilda 65 - 70 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan, 2001 yilda esa - 80 mlrd.
Sabab: chet el kreditlari bo‘yicha to‘lovlarning ortishi, foydaning bevosita chet el 
investitsiyalariga o‘tkazilishi.
Milliy mahsulotni yaratishda ichki moddiy, moliyaviy va inson resurslari asosiy rolni 
o‘ynasagina "uchinchi dunyo" mamlakatlarida iqtisodiy ilohotlarni o‘tkazishda 
muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligiga borgan sari ko‘proq ishonch hosil qilinmovda. 
Bu holda "uchinchi dunyo"da ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish, 
ularni jahon bozorlariga eksport qilishni kengaytirish katga ahamiyat kasb etadi. 
Aynan shu omil (eksport) import to‘lovlari, milliy iqtisodni texnik-iqtisodiy jihatdan 
qayta qurish va qarz majburiyatlarini to‘lash uchun zarur valuta resurslarining asosiy manbai 
bo‘lmog‘i lozim.
Iqtisodiy rivojlanishni tezlashtirishga yordam beradigan tadbirlardan biri sifatida milliy 
iqtisodni xususiylashtirish siyosati ko‘zda tutilgan edi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish