1. Sanoat mahsulotlarini eksport qilishda rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan
qiyinchiliklar hozirgi sharoitlarda xalqaro mehnat taqsimotiga faol qo‘shiluv, jahon xo‘jaligiga
integratsiyalashish faqat sanoat mollarini chetga chiqarish bilan bog‘liq emas. Bular turli
an’anaviy milliy ishlab chiqarishlar, xizmat turlari va boshqalar ham bo‘lishi mumkin. Xususan,
ishlab chiqarish va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlab chiqishdagi ixtisoslashuv ham
shunga kiradi.
2. Jahon iqtisodi taraqqiyotidagi ko‘p bosqichlilik muhim omil hisoblanadi. Chunki o‘z
taraqqiyotida ilgarilab ketgan ayrim mamlakatlardan bo‘shab qolgan makon va sohalarni
ijtimoiy-iqtisodiy, fan-texnika, texnologiyalar evolutsiyasida orqada
qolgan mamlakatlar egallab
oladi.
3. Xozirgi bosqichdagi kapitalistik ishlab chiqarishning tabiatidagi o‘zgarishlar avvalo
mayda va o‘rta kompaniyalarning ahamiyati kuchayganligida, buning natijasida zamonaviy
ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan kapitalning miqdor darajasi pasayib
borayotganligida namoyon bo‘lmoqda.
4. Modomiki, jahon hamjamiyati bora-bora harbiy-siyosiy va ekologik falokatlarga sabab
bo‘lishi mumkin bo‘lgan qashshoqlik bilan o‘ta darajadagi qoloqlikni bartaraf etishdan g‘oyat
manfaatdor ekan, u qoloq mamlakatlarning jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga yanada kengroq,
chuqurroq qo‘shiluvini ta’minlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini jadallashtirish yo‘lida
ko‘proq sa’y-harakat ko‘rsatishga majburdir.
5. Ilg‘or kapitalistik davlatlar ozodlikka erishgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojidan ko‘zlagan maqsad yolg‘iz tinchlikni saqlash va ekologiya qayg‘usidan iborat emas. Bu
yerda dastlab markazning chekka o‘lkalarga iqtisodiy jihatdan qaram ekanligini e’tiborga
olish
kerak. 1950-70 yillarda jahon iqtisodida, xususan, jahon kapitalistik xo‘jaligida "uchinchi
dunyo" mamlakatlarining ahamiyati oshib borayotganligi yaqqol sezildi. O‘z navbatida
rivojlangan davlatlardagi sanoat va bank korporatsiyalari "uchinchi dunyo" bilan ko‘proq qiziqa
boshladi. Ularning bozorlariga, xom ashyo manbalariga, kapital joylashtirish sohalariga kirib
borish uchun firmalararo va davlatlararo raqobat kuchaydi. Har ikkala omilning natijasi o‘laroq,
jahon kapitalistik xo‘jaligi markazlarining o‘zi chekka o‘lkalarga ko‘ttroq qaram bo‘lib qoldi.
Bu dastlab industrial mamlakatlarda yalpi ichki mahsulogning o‘sish sur’atlari yuqori
bo‘lganligi, rivojlanayotgan mamlakatlarda bo‘lgan
talab ortib borganligi, ular chetga
chiqarayotgan yalpi mahsulotlarining 50-60 foizi rivojlangan davlatlar bozorlariga to‘g‘ri
kelayotganligi bilan izohlanadi. Amerikalik mutaxassislarning taxminlariga ko‘ra yaqin o‘n yil
ichida bu bozorlar muttasil kengayib, ancha vaqtgacha faoliyat ko‘rsatib turadi. Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi mamlakatlarda 1996-2005 yillarda yalpi ichki
mahsulotning o‘rtacha yillik o‘sishi 7-8 foiz bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda. Rivojlanayotgan
mamlakatlar uchun o‘z mahsulotini sotishda yangi bozorlarga kirib borish imkoniyatlarining
kengayishi, Urugvay raundi yakunlariga binoan, rivojlanayotgan va
rivojlangan mamlakatlarda
import g‘ovlari muttasil kamayib borayotganligiga ham daxldordir.
Hozirgi paytda rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi avvalo iqtisod va eksport
soha tizimlarini takomillashtirishdek o‘ta muhim jarayonlarga tashqi omillar ta’sir ko‘rsatishi
mumkinligini e’tiborga olgan holda jahon mehnat taqsimotidagi o‘rnini o‘zgartirishga harakat
qilmoqda.
Eksport tarmoq tizimining ahamiyatli ortib, unumli foydalanish xalqaro mehnat
taqsimotida samarali qatnashuv imkonini oshiradigan muhim vositaga aylanmoqda. Ayrim
mahsulot bozorlaridagi vaziyatni o‘rganish, turli sohalarni tashqi savdo ko‘lamiga jalb etish
nechog‘li foydali ekanligini hisoblab ko‘rish natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning
hukumat tashkilotlari eksportda qayta ishlash sanoati mahsulotlari salmog‘ini ko‘paytirish
manfaatli ekan, degan xulosaga keldi. Xususan, qishloq xo‘jalik
mahsulotlari, ma’dan-xom
ashyo eksportida qayta ishlangan mahsulotlar salmog‘ini oshirish zarurligi belgilandi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon sanoat tizimidagi o‘rni o‘zgarib borayotganligi
bilan bog‘liq bo‘lgan vazifa ular uchun ikki yo‘nalishda: ichki ishlab chiqarish tizimlarini qayta
qurish va eksportda sanoat mahsulotlari hajmini ko‘paytirish sohalarida kuch-g‘ayrat sarflash
lozim, degan ma’noni anglatadi.
Har ikkala yo‘nalish tashqaridan, rivojlangan jahon kapitalistik xo‘jaligi tomonidan
bo‘ladigan kuchli bir ta’sirga duchor bo‘lishi mumkin.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki iqtisodiy va eksport tizimi xalqaro kapitalistik
xo‘jalikdagi evolutsiyaning tabiati, yo‘nalishlari, jahon kapitalizmi
markazlari olib borayotgan
tashqi iqtisodiy strategiya bilan bevosita bog‘liq. Ana shu jahon xo‘jaligi markazlari o‘zgarib
turgan xalqaro mehnat taqsimotida qanday o‘rin egallash yo‘lidagi izlanishlarini o‘z navbatida
ishlab chiqarishni samaradorligini ta’minlash orqali, ya’ni ayrim oqsayotgan sanoat sohalariga
mablag‘ ajratib yordam ko‘rsatish, tadbirkorlarga soliqlarda imtiyozlar berish orqali tarmoklarni
ichki qayta qurish, asosiy kapitalni yangilash jarayoni bilan qo‘shib olib borishga intilmokda.
1970-yillarning o‘rtalaridan amalga oshira boshlangan bu chora-tadbirlar "yangicha homiylik"
degan nom olgan.
Qoloq raqobatga bardosh berolmaydigan sohalarni - to‘qimachilik, teri-poyafzal,
metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik sohalarini texnik jihatdan zamonaviylashtirish
"samaradorlashtirish"ning asosiy elementlaridan biri bo‘ldi. Bu sohalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashdan maqsad bandlilikni saqlab qolish manfaatlaridan iboratdir (garchi bu
manfaatlar milliy xo‘jalik samaradorligini oshirishda to‘g‘anoq bo‘lib turgan bo‘lsa ham).
Shunday sharoitda yirik xususiy kapital uchun qoloq sohalar faoliyatini to‘xtatib,
ularni
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish foydaliroq edi. Rivojlanayotgan mamlakatlar bu
jarayonni o‘z navbatida jahon sanoat tizimini qayta qurishning boshlanishi deb baholadilar, uni
iloji boricha tezlashtirishni, bu sohalarning tizimini o‘zlarining milliy rivojlanish strategiyalariga
moslashtirishni asosiy maqsad, deb bildilar.
Lekin rivojlangan mamlakatlarning qoloq sanoat sohalarida amalga oshirilgan keyingi
zamonaviylashtirishlar ozodlikka erishgan davlatlar uchun yangi muammolarni keltirib chiqardi.
Zamonaviylashtirish jarayoni davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanishidan, soliqdagi
imtiyozlardan
foydalangan, mahsulotlarning ichki narxlari sun’iy ravishda oshirilishidan
manfaatdor bo‘lgan holda bu sohalar yangi texnologik asoslar (robotlashtirish, avtomatlashtirish,
eng yangi buyumlarni ishlatish)ga o‘tkazila boshlandi. Rivojlangan davlatlar endi importni yana
ham qattiqroq cheklash yo‘liga o‘tib oldilar. Natijada AQSHdagi transmilliy korporatsiyalarning
chet elga chiqaradigan investitsiyalarining o‘sish darajasi pasayib ketdi. Masalan, bu holni qora
metallurgiyada ko‘rish mumkin, ayni paytda esa ichki kapital investitsiyalari qo‘paydi (birgina
2001 yilda 22 foizga oshdi). Bular avtomatlashtirishga, ko‘p energiya-mehnat talab qiluvchi
jarayonlarni kamaytirishga mo‘ljallandi.
AQSH,
Yaponiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida avtomobil sanoatini
zamonaviylashtirish ancha keng ko‘lamda olib borildi, bu narsa ko‘p mehnat talab qiluvchi
jarayonlarni kamaytirishga, yig‘uv ishlab chiqarishlarni chekka o‘lkalarga olib chiqish zaruratini
ozaytirishga imkon berdi.
Xalqaro kapitalistik xo‘jalik markazlariga qarashli mamlakatlarning ishlab chiqarish
tizimida, tashqi savdodagi ixtisoslashuvida amalga oshirilgan qayta qurish ikkala guruh
mamlakatlari uchun ma’lum oqibatlarga sabab bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: