intilish sezilgan edi.
Integral sxemalarda bo‘lganidek, 1974-78 yillarda AQSH hududlaridan tashqarida
qo‘shilgan qiymat salmog‘i qariyb 1/3 hissaga kamaydi (57%dan 39%ga tushib ketdi).
Yaponiyada ham ahvol shunday. Yaponiya mikroprotsessor va avtomatik tizimlarni
o‘zlashtirishda yetakchi mavqelarni egallab olg‘ach, ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayonlarni
rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chirish borasida AQSHga nisbatan kamroq sa’y-harakat
ko‘rsatdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning sanoat eksportini yuksaltirishda yetakchi ahamiyatga
ega bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida ham shu ahvolni ko‘rish
mumkin. Bu tarmoqdagi elektronlashtirish jarayoni, garchi, takomillashishdan hali ancha uzoq
bo‘lsa-da, elektron sanoatiga o‘xshab bu sohada ham mehnat unumdorligining keskin ko‘tarilishi
natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning nisbatan arzon ishchi kuchi hisobiga raqobatchilikda
erishgan ustunliklarini sezilarli darajada yo‘qqa chiqaradi, deb bemalol taxmin qilsa bo‘ladi.
4. Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishlar va texnologik operatsiyalarni
oldingidek ajratib ishlatish, ixtisoslashtirish o‘rniga ularni birlashtnrishga moyillik - rivojlangan
va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi mehnat taqsimotini qayta ko‘rib chiqishga sezilarli
ta’sir qiladi.
5. Ko‘p sonli mexanik komponentlar o‘rniga, aksariyat hollarda butun tizimlardan iborat
bo‘lgan elektron moslamalarni qo‘llash natijasida ilgari kam haq oluvchi ishchi kuchidan
foydalanilgan ishlab chiqarnsh jarayonlari (masalan, yig‘uv) avtomatik ish usuliga o‘tkazildi.
Oqibatda quyi va kam malakali ishchi kuchi emas, balki bir qator an’anaviy kasblarning yuqori
malakali mutaxassislari ham bundan zahmat chekdi.
6. G‘arbda ko‘p smenali ish sharoitida, inson salomatligi uchun zararli jarayonlarda
elektron texnologiyalardan foydalanish ana shu ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan
mamlakatlarga ko‘chirish ko‘lamini ham cheklamoqda.
7. Shunday mehnat taqsimoti yo‘lidagi boshqa bir g‘ov sanoatning qator tarmoqlarida
o‘zaro bog‘langan ishlab chiqarish, savdo, transport va boshqa xizmat jarayonlarini
sinxronlashtirish hisobiga moddiy zaxiralarni (ikki smenali ish ehtiyojlarigacha) ancha
kamaytirishga bo‘lgan moyillikdan iboratdir, chunki sinxronlashtirish ishlab chiqarishni
ixchamroq qilib, ayni paytda uni iste’molchi markazlarga yaqinroq joylashtirishni taqozo qiladi.
Markaz bilan chekka joylar xo‘jaligi o‘rtasidagi texnologik tafovutlar amalda yanada
kuchayishi mumkin. Biroq G‘arb sanoatida avtomatlashtirilgan texnologik tizimlarni
o‘zlashtirish jarayoni ham takomildan ancha uzokda turibdi. Buning dalili: mahsulot birligida
jonli mehnat sarf-xarajatlari hamon yuqoriligidir. Masalan, AQSHda uzoq muddat foydalanishga
mo‘ljallangan buyumlarda bu xarajatlar ishlab chiqarish sarflarining 40%ini, qisqa muddatli
buyumlarda 27-32%ni, o‘rta muddatlilarida esa 15-19%ni tashkil etadi.
Lekin aytilganlardan tushkun xulosalar chiqmasligi lozim. Hozirga kelib, rivojlanayotgan
mamlakatlarning kelajagi haqidagi tushkunlik kayfiyatlari vaziyatga to‘g‘ri baho berish kayfiyati
bilan almashmoqda. Natijada yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish yo‘lidagi g‘ovlarga yetarlicha
baho berilmaganligi ayni paytda bu texnologiyalarning muayyan sektorlardagi bevosita natijalari
bo‘rttirilganligi ma’lum bo‘ldi. Ishlab chiqarish kuchlarining qayta ko‘chirilishi borasida aytarli
o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi. Lekin rivojlanayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiyotining
hozirgi yangi tuzilmasiga qo‘shilib ketishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: