ketganligi fan-texnika yangiliklaridan foydalanishga jiddiy xalal beradi. Bu yangiliklarni
o‘zlashtirish masalasi quyidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq:
- Infrastrukturalar, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari kam rivojlanganligi;
- axborot bilan ta’minlanishda o‘ta past darajada ekanligi;
- eng yangi texnologiyalarning talablari xulq-atvor va tafakkur sohalarida yuzaga kelgan
an’anaviy andozalarga mos kelmasligi.
Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ishlab chiqarish oldiga shunday yangi,
yanada og‘irroq talablar qo‘yilmoqdaki, ishlab chiqarish kuchlarining sifat darajasi g‘oyat past
bo‘lgan sharoitda bularni bajarish mushkul.
1. Bu narsa avvalo mehnat resurslarining sifat belgilari (intizom, malaka, mehnatga
munosabat), ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, uni fan-texnika yutuqlari bilan
ta’minlashga bog‘liq.
2. Eng yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish yordamchi ishlab chiqarishlarning, har xil
xizmat turlarini, ishlab chiqarish, bozor, moliya va axborot infrastrukturalari (transport, ombor
xo‘jaligi, elektron-hisoblash mashinalariga asoslangan axborot tizimlari, zamonaviy aloqa
turlari va hokazolar)ni rivojlantirishga ajratiladigan mablag‘larni keskin ko‘paytirishni nazarda
tutadi.
3. Iqtisodni elektronlashtirish yo‘lida rivojlanayotgan mamlakatlarning ichki bozori tor
ekanligidan kelib chiqadigan g‘ovlar bartaraf etilgan emas.
4. Axborot tizimini rivojlantirish uchun talab etiladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba-
konstruktorlik izlanishlar xarajatlari (NIOKR) darajasi g‘oyat baland ekanligi tufayli bunga
imkon yo‘q. Masalan, 2000-yillarning boshlarida yarim o‘tkazgichlarni ishlab chiqarishda
NIOKRga sarflangan mablag‘lar sotilgan mahsulotlar qiymatining o‘rtacha 10%ini ushbu
elektron texnologiyalarni iste’molchisi hisoblangan katta ishlovchi sanoat sohalarida esa 2% ni
tashkil etgan
5. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarish kuchlarida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlarning eng muhim xususiyatlarilan biri - taraqqiyotning shunday bir shakliga
erishildiki, unda sohalar, texnologik tizimlardagi nisbatan barqarorlik ularni uzluksiz qayta
qurish jarayonlari bilan almashib turadi.
6. Sanoat mahsulotlari va xizmat turlarining jadal sur’atda yangilanib turishi
rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarishida eng maqbul bo‘lgan mahsulot turlariga talabni
cheklab qo‘yadi.
7. Texnologiyalarning tez o‘zgarib turishidagi o‘ta jadal sur’atlar, yangi mahsulotlar va
texnologiyalarning umri qisqarib borayotganligi yetakchi davlatlarni "quvib yetish"
muammosini qiyinlashtiradi.
8. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar bu boradagi monopoliyani saqlab
qolishga bo‘lgan tabiiy intilishlari natijasida qiyinchiliklar yana ham ko‘payadi.
9. Fan-texnika taraqqiyotining muhim qismi bo‘lmish iqtisodni axborotlashtirish
sohasining ahamiyati xususida gap ketarkan, garchi axborot texnologiyasidan taraqqiyot
maqsadida foydalanilsada, axborotlashtirish taraqqiyot omili emas, balki uning natijasi hamdir.
Boshqacha qilib aytganda, iqtisodda, yoxud hech bo‘lmasa uning ayrim sohalarida qandaydir
darajaga erishilgandan keyingina undan samarali foydalanish mumkin. Vaholanki,
an’anaviy texnologiyalarga suyangan holda bunday darajaga erishish yo‘lidagi intilishlar
endilikda unchalik samara bermay qo‘ydi, negaki, shu asosda ishlab chiqarilgan mahsulotlar
yangi texnologiyalar bilan ta’minlangan mahsulotlar oldida umuman raqobatbardoshlikni
yo‘qotib, sotilish bozorlaridan mahrum bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: