Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Yangi industrial mamlakatlar iqtisodi tavsifi



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

 
Yangi industrial mamlakatlar iqtisodi tavsifi.


Eksportning roli 
 
Yangi industrial mamlakatlardan ba’zilarini, ya’ni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 
joylashgan Janubiy Koreya, Gonkong (hozir XXR hududida), Tayvan va Singapurni "yangi 
Yaponiya" yoki "to‘rt ajdarxo" deb atashadi. Bunga sabab ularning iqtisodiy jihatdan tez 
rivojlanganligidir. Bu taraqqiyotning asosini eksport tarmog‘ining rivojlanishi, tayyor 
mahsulotlarni eksport qilishni ko‘paytirishdagi muvaffaqiyatlar, raqobatbardoshlikning 
yuqoriligi, jahon bozoridagi o‘ziga xos tajovuzkorlik tashkil qiladi.
Yangi industrial mamlakatlar "to‘rt ajdarho" iqtisoddagi keskin yuksalish tufayli 1970-
yillar o‘rtalaridan boshlab o‘z rivojida, ayniqsa, eksportda yuqori natijalarga erishdi va amalda 
sanoati rivojlangan davlatlar darajasiga ko‘tarildi. 80-yillarning ikkinchi yarmida ularning 
iqtisodiy o‘sish sur’atlari 7-8% dan pastga tushmadi, o‘rtacha olganda umuman 10% ni tashkil 
qildi.
Tashqi qarzi juda katta bo‘lgan ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan farqli ravishda, 
"to‘rt ajdaho " o‘z to‘lov balanslarida yirik ijobiy qoldiqni jamladi: 1987 yilda u 30 mlrd AQSH 
dollarini tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘sha vaqtda barcha G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan 
picha kamroq edi. Shuning uchun ham "to‘rtlik"da pul jamg‘armasining darajasi eng 
yuqorilardan biri bo‘ldi. Masalan, Tayvanning valuta zahiralari 1989 yilning o‘zida 76 mlrd 
AQSH dollarga yetdi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, GFRnikidan ko‘p, faqat Yaponiyanikidan 
ozgina kam edi. 
Shuning uchun ham bu davrda yangi industrial mamlakatlar o‘z tarixlarida inflatsiyadan 
deyarli qiynalmadilar, ularda ishsizlar deyarli bo‘lmadi, aholining hayot darajasi esa juda yuqori 
bo‘ldi.
"To‘rtlik"ning eksporti birinchi navbatda AQSH va Yaponiyaga qaratilgan. Agar 
iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarning umumiy importida yangi industrial 
mamlakatlarning ulushi 7%ni tashkil qilgan bo‘lsa, AQSH importida 14%gacha, Yaponiya 
importida 11%ni tashkil etadi.
Yangi industrial mamlakatlarning Amerika bozoriga moslashganligini to‘qimachilik 
mahsulotlari va kiyim-kechaklar importida ularning ulushi 46%, maishiy texnikada 37%ny 
tashkil qilganidan bilsa bo‘ladi.
Shu bilan birga, yangi industrial mamlakatlardan AQSH bozoriga sanoat 
mahsulotlarining oqib kirishi ko‘p jihatdan Amerika va Yapon transmilliy korporatsiyalarining 
faoliyagi natijasi hisoblanadi. Masalan, Yaponiya bu mamlakatlardan o‘z raqobatdoshlari - 
AQSH bozorlariga kirib borish uchun yo‘lak sifatida faol foydalanadi. Rivojlangan kapitalistik 
davlatlarning korporatsiyalari yangi industrial mamlakatlardagi imtiyozli tadbirkorlik 
sharoitlaridan foydalanishadi. Yanada raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun arzon 
ishchi kuchi va xom ashyo, soliq imtiyozlari va h.k. shular jumlasiga kiradi. Aynan shu 
mamlakatlarning manfaatlari yangi industrial mamlakatlar iqtisodidagi ustuvor yo‘nalishlarga, 
tashqi savdo tuzilishiga asosiy ta’sir ko‘rsatishi bejiz emas Shu nuqtai nazardan Malayziya tashqi 
savdo ko‘rsatkichlari ancha ibratli. Quyida keltirilayotgan jadvaldan ko‘rinadiki mamlakat 
importining katta qismini oraliq tovarlar tashkil qiladi. Oraliq tovarlar deganda yakunlovchi 
operatsiyalarni bajarish uchun chetdan keltirilgan, keyin xalqaro bozorga chiqariladigan tovarlar 
tushuniladi. Shuning uchun eksportda qayta ishlovchi elektron sanoat mahsulotlari yetakchi rol 
o‘ynaydi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish