Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI 
 
1. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda erkinlashtirishning roli, ahamiyati va vazifalari. 
2. Markaziy, Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida iqgisodiyoti erkinlashtirishning 
xususiyatlari. 
3. Erkinlashtirish va iqtisodiy o‘sishning o‘zaro bog‘liqligi. 
4. Barqarorlashtirish o‘tish davrining zaruriy tarkibiy qismidir. 
5. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlashtirish. 
ADABIYOTLAR 
 
1. Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yo‘lidan izchil borish - 
asosiy vazifamiz. «Xalq so‘zi», 10 fevral 2004 yil. 
2. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-t. T., «O‘zbekiston», 
1996. 
3. Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari.
T., «O‘zbekiston», 1996. 
4. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida, T., «O‘zbekiston», 
1995. 
5.
От
плана
к
рынку

Отчет
о
мировом
развитии
. 1996, 
МБРР

Вашинггон
, 1996. 
6.
Раджабова
З
.
К

Мировая
экономика
М
., 
ИНФРА
-
М
, 2004. 
7.
Экономическая
теория
(
под
редакцией
Камаева
), 
М
., 1998, 
глава
23. 
8.
Экономическая
теория
(
под
редакцией
Базилева

Гурко
), 
Минск
, 1998, 
глава
7. 
3-BOB 
MULKCHILIK: XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONI VA USULLARI 
 
Bozor iqtisodiga o‘tayotgan yangi davlatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, raqobatni 
kuchaytirish, korxonalarning samaradorligini oshirishning yo‘llaridan biri mulkchilik 
huquqlarini asta-sekin nomarkazlashtirishdir.
Xususiy sektor yetakchi o‘rinni egallaydigan iqtisodni yaratishning ikki yo‘li mavjud, 
davlat mulkini xususiylashtirish va yangi xususiy korxonalar tashkil qilish.
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar davlat korxonalarini boshqarish bilan 
bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Ba’zi mamlakatlar mulkchilik shakllarini ommaviy tarzda 
o‘zgartirmay turib ham bozor o‘zgarishlarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirmoqda. Lekin 
bunday islohotlarning natijalarini uzoq muddat birday ushlab turish qiyin. Boshqa bir davlatlar 
uchun yagona strategiya zudlik bilan ommaviy tarzda xususiylashtirish hisoblanadi. Lekin yetti 
o‘lchamay qilingan xususiylashtirish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun 
bugungi kunda o‘tish davri mamlakatlari iqtisodini rivojlantaruvchi omillar tizimining negizini 
tashkil qiluvchi mulkchilik huquqini shakllantirish dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. 
Mulkchilik huquqi nima?
Mulkchilik huquqi mulkdan foydalanish huquqini, mulkdan boshqalarning 
foydalanishiga yo‘l qo‘yish yoki ta’qiqlash huquqini, mulkdan daromad qilish huquqini va 


mulkni sotish yoki uni boshqacha yo‘l bilan tasarruf qilish huquqini o‘z ichiga oladi. 
Rivojlangan bozor iqtisodiga o‘tgan mamlakatlarning davlat korxonalari bilan xususiy 
korxonalarini bir-biriga taqqoslab ko‘rish borasida olib borilgan amaliy tadqiqotlar (1980-
yillarda o‘tkazilgan) natijasida shunday xulosaga kelindiki, xususiy kompaniyalarda ish 
unumdorligi, mexnat faoliyati ko‘rsatkichlari davlat korxonalaridagidan yuqori bo‘lar ekan. 
Sanoati rivojlangan mamlakatlar va rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiylashtirishga qadar, 
xususiylashtirishdan keyin korxonalarning ishini tahlil qilish borasida keyingi vaqtlarda olib 
borilgan tadqiqotlar natijasi - xususiy mulkchilik shakllarining afzalliklari kattligini ko‘rsatadi. 
Masalan, Jahon banki tomonidan 18 ta mamlakat (6 ta rivojlanayotgan, 12 ta rivojlangan 
mamlakatlar) dagi 61 ta xususiylashtirnlgan kompaniyaning ishini taxlil qilish shuni ko‘rsatdiki, 
kamida 60% holatda rentabellik, savdo hajmi, ish samaradorligi, mablag‘lar qo‘yish hajmi 
o‘sganligi aniqlangan, bunda ish bilan bandlik darajasi pasaymagan. Bozor iqtisodi rivojlangan 
mamlakatlarda, daromad darajasi o‘rtacha yoki yuqori bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarda 
korxonalarning iqtisodiy samaradorligini belgilashda xususiy mulkchilik shakli asosiy omil 
bo‘lganligi amalda hech qanday shubha tug‘dirmaydi.
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan boshqa mamlakatlarga nisbatan Polshada 
xususiylashtirish sekinroq kechdi. Xulosa: 1994 yildan mamlakatda kuzatilgan yalpi milliy 
mahsulotning 6%li yillik o‘sishi xususiylashtirish shart emasligidan dalolat beradi. Iqtisodning 
yuksalishiga sabab, davlat korxonalarining samaradorlik darajasi emas, balki yangi korxonalar 
tashkil etish hisobiga xususiy sektorning kengayganligidir. 
Bu mamlakatlar uchun Yangi Zelandiya tajribasi ibratlidir. Unga ko‘ra, qat’iy budjet 
cheklashlari, raqobat yordamida ba’zi davlat korxonalarining ishini yaxshilash mumkin, bunda 
mulkchilik shaklini o‘zgartirish shart emas.
Ommaviy xususiylashtirish yaqin kelajakda ideal mulk egalarini paydo qilmasligi ham 
mumkin, lekin u kapital bozorlarining rivojlanishini, iqtisodning umuman faoliyat ko‘rsatishini 
nazorat qilib turadigan institutlarning takomillashishini ta’minlasa, oqibat natijada yana 
mukammalroq korporativ boshqaruvga olib kelishi mumkin.
Xo‘sh, korporativ boshqaruv degani nima? Kichik korxonalarda korporativ boshqarish 
bevosita amalga oshiriladi: odatda, korxona egasi korxona faoliyatini boshqaradi. Biroq, yirik 
korxonalarda egalik qilish va boshqarish vazifalari bir-biridan ajratilgan. Shuning uchun korxona 
egasi ma’muriyatning faoliyatini nazorat qilib turishi lozim. Bunday nazorat usullaridan biri - 
aksiyadorlar tomonidan amalga oshiriladigan bevosita nazoratdir. Ikkinchi usul - korxonaning 
ish ko‘rsatkichlari yomonlashgan hollarda aksiyalarni sotishni ko‘zda tutadi: aksiyalar kursining 
pasayishi menedjerlarni intizomga chaqirishi, ya’ni ularni hushyor torttirishi lozim. 
Korxonalarii xususiylashtirish usullari 
Jahon amaliyotida hozircha xususiylashtirishning quyidagi uch usuli qo‘llangan: 
1.Korxonalarni tashqi mulkdorlarga sotish.
Bu usul bozor iqtisodi shakllanib bo‘lgan mamlakatlar (Buyuk Britaniya), daromad 
darajasi o‘rtacha bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlar (Chili)da muvaffaqiyat bilan qo‘llangan. 
Biroq, korxonalarni bunday usulda sotish qimmat turadigan, sekin amalga oshadigan, 
kutilganidan murakkabroq bo‘lgan jarayon va asosiysi, bunday usulda ayrim korxonalargina 
sotilgan. Buning sabablaridan biri - mahalliy kapitalning kamligi, sotib olishga qurbi yetmasligi, 
xususiylashtarilgan korxona chet el kapitaliga bog‘liq bo‘lib qalgani tufayli siyosiy keskinlikning 
vujudga kelishidir. 
Korxonalarni chet elliklarga sotish usuli jamiyatda adolatsizlik bilan qilingan jarayon deb 
idrok qilinadi. Oddiy fuqarolar bu jarayonda ishtirok eta olmaydi va xususiylashtirishning bu 
usuli oshkoralikdan holi u o‘zboshimchalik va korrupsiyaga yo‘l ochib beradi, deb hisoblaydilar.
2. Davlat korxonalariiing ma’muriyat va xodimlar tomonidan sotib olinishi. 
Korxonani uning ma’muriyati, xodimlari tomonidan sotib olinishi xususiylashtirishga 
muqobil usul, bu usul Polsha, Ruminiya, Sloveniya va Xorvatiyada keng tarqaldi.
Aytish joizki, bu usul ba’zi kamchiliklardan xoli emas. Kamchiliklardan biri - 
boyliklarning notekis taqsimlanishi: yaxshi ishlab turgan serdaromad korxona xodimlari 


qimmatli aktivlarni olishadi, ayni paytda ziyon ko‘rib ishlayotgan korxona xodimlari qo‘liga past 
qiymatli aktivlar tegadi yoki uzoq vaqt hech qanday daromad ololmasliklari mumkin. Uning 
yana bir kamchiligi - korporativ boshqaruvga putur yetkazishidir.
3. Aholi o‘rtasida xususiylashtirish cheklari (vaucherlar) tarqatish va vaucher egalari 
o‘rtasida mulkni nisbatan teng taqsimlash.
Xususiylashtirishning bu shakli birinchi marta Litva, Mongoliya, sobiq 
Chexoslovakiyada qo‘llangan. Keyin Albaniya, Armaniston, Qozog‘iston, Moldova, Polsha, 
Ruminiyada takrorlangan. Vaucherdan Rossiya va Gruziyada foydalanilganda bu yerlarda 
korxonalarning ma’muriyati va xodimlariga ustunlik berishdi. Natijada ziyon ko‘rib ishlayotgan 
korxonalarda uning samarasi juda past bo‘ldi va vaucherlar begonalar qo‘liga o‘tib ketdi. 
Vengriya, sobiq Yugoslaviya, Makedoniya Respublikasi va O‘zbekiston vaucherlardan umuman 
yuz kechgan bir necha mamlakat jumlasiga kiradi. Bu mamlakatlar o‘z qarorlarining sababini 
shu bilan izoxlashdiki, aksiyalarning tarqatilishi ularni qabul qilib oluvchilar nazarida 
aksiyalarning qiymatani yo‘qotadi, vaucher dasturlari esa "haqiqiy" mulk egalari paydo 
bo‘lishini kechiktirib yuboradi. 
Kichik korxonalarni xususiylashtirish 
Yirik korxonalarni xususiylashtirishga nisbatan kichik korxonalarni xususiylashtirish 
oson. Ularning ko‘pchiligi savdo-sotiq va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bu faoliyat 
turlari oddiy texnologiyalardan foydalanishni, bozorga erkin kirib borishni ko‘zda tutadi. Kichik 
korxonalarni xususiylashtirishda katta kapitalning mavjudligi, qayta tuzish zarurati, tartibga 
solish, boshqarishdagi kamchiliklar kabi jiddiy muammolar paydo bo‘lmaydi. Kichik 
korxonalarni xususiylashtirish vazifasini mahalliy hokimiyat o‘z zimmasiga olishi mumkin. 
Yirik korxonalarni baholashga nisbatan kichik korxonalarni baholash ancha oson bo‘lganligi 
uchun ularni sotishdagi ochiq savdoda zarur bo‘ladigan ma’lumotlarga istagan odam ega bo‘lishi 
mumkin.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish o‘tish davrini boshidan kechirayotgan 
mamlakatlarning uzoq muddatli rivojlanishidagi muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, yangi 
firmalarni ochishga ko‘maklashish ham muhimdir. Yirik korxonalarning mulkini taqsimlash 
uzoq davom etadigan jarayon bo‘lganligi uchun aynan shu yangi xususiy korxonalar tezroq 
foyda ko‘rilishini "ta’minlaydi. Masalan, Polshada juda sekinlik bilan amalga oshirilgan rasmiy 
xususiylashtirish dasturlari emas, balki juda ko‘p yangi korxonalarning tashkil qilinishi 
mamlakatda iqtisodiy rivojlanishga sabab bo‘ldi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, texnika taraqqiyoti 
va mehnat unumdorligining oshishi aynan yangi tashkil qilingan kompaniyalarda yuz berdi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish