Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI 
 
1. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda xususiylashtirish. 
2. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda yirik korxonalarni xususiylashtirish modellari. 
3. Iqtisodiy o‘tish davriga xos mamlakatlarda o‘rta va yirik korxonalarni xususiylashtirish 
usullari. 
4. Kichik korxonalarni va fermer xo‘jaliklarini xususiylashtirish. 
ADABIYOTLAR 
 
1. Karimov I.A. Erishgan marralarimizni mustahkamlab, islohotlar yulidan izchil borish - 
asosiy vazifamiz. «Xalq so‘zi», 10 fevral 2004 yil. 
2. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida, T., «O‘zbekiston», 
1995. 
3. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmokda. T «O‘zbekiston», 1999. 
4. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-t. T., «O‘zbekiston», 
1996. 
6. 
От
плана
к
рынку

Отчет
о
мировом
развитии
. 1996, 
МБРР

Вашингтон
, 1996. 


7.
Раджабова
З
.
К
. «
Мировая
экономика
» 
М
., 
ИНФРА
, 2004. 
8. 
Экономическая
теория
(
под
редакцией
Камаева
), 
М
., 1998, 
глава
23. 
9.
Экономическая
теория
(
под
редакцией
Базилева

Гурко
), 
Минск
, 1998, 
глава
7. 
4-BOB 
O‘tish davrida ijtimoiy himoya 
 
Qashshoqlik bilan kurashish, inson kapitalini asrash, uni bozor iqtisodiy ehtiyojlariga 
tayyorlash iqtisodiy yuksalishga, ijtimoiy adolatga, siyosiy barqarorlikka ko‘maklashadi.
Ishlab chiqarishning inqirozi, daromadlar borasidagi tengsizliklar oqibatida Markaziy - 
Sharqiy Yevropa mamlakatlari va yangi mustaqil davlatlarda kambag‘allik keskin ko‘payib 
ketdi. Ish haqining erkinlashtirilishi, daromadlarni tabaqalanishi darajasi yuqori bo‘lgan xususiy 
sektorning ulushi o‘sib borishi oqibatida butun mintaqada daromadlarning tengsizligi kuzatildi. 
Ayrimlar haddan tashqari boyib ketdi, ko‘pchilik kambag‘allashdi va hatto qashshoqlashdi.
Kambag‘allik darajasi qanday aniqlanadi? Mutlaq kambag‘allik shaxsiy yoki oilaviy 
daromadlar (yoki xarajatlar)ni muayyan miqdordagi tovarlar, xizmatlar qiymatiga taqqoslash 
yo‘li bilan aniqlanadi. Nisbiy kambag‘allik daromadlarni boshqa shaxslar yoki oilalarning 
daromadlariga taqqoslab belgilanadi. Subyektiv kambag‘allik amaldagi daromadlarini muayyan 
shaxslar o‘zlari kutayotgan va tasavvur qilayotgan daromadlarga taqqoslab belgilanadi.
Kambag‘allik muammolarini hal qilishning kaliti iqtisodiy o‘sishni tiklash. Biroq, 
aholining ba’zi toifalari, masalan, malakalari darajasi bozor talablariga mos bo‘lmagan xodimlar, 
keksalar, bolalar va ko‘p bolali oilalarning muammolarini faqat iqtisodiy o‘sish bilangina hal 
qilib bo‘lmaydi. Axrlining bu guruhi uchun egasiga borib yetadigan (adresli) yordam dasturini 
ishlab chiqish zarur. Lekin aholining hayot darajasini haqiqatan ko‘tarish uchun iqtisodiy o‘sish 
barqarorligini ta’minlash lozim. 
Bozor iqtisodiga o‘tish davrida yuz berayotgan jarayonlar mehnat bozoriga ham o‘z 
ta’sirini o‘tkazdi. Bu uch yo‘ialishda sodir bo‘ldi: ish haqi darajasi va tarkibi o‘zgardi, 
mintaqalar, tarmoqlar bo‘yicha ish bilan bandlik tarkibi o‘zgardi va ishsizlik bandlikni tartibga 
solish mexanizmidan biriga aylandi.
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda mehnat bozorlarini qayta qurish 
jarayoni uch yo‘nalishning biriga ko‘ra yuz beradi. Birinchi yo‘nalishga muvofiq, davlat 
sektoridagi ish bilan bandlik keskin pasayib ketadi. Bu yo‘nalish Markaziy - Sharqiy Yevropa 
mamlakatlari uchun xos. Ikkinchi yunalish bozor iqtisodi sharoitlariga moslashish yo‘li bo‘lib, u 
Rossiyada va yangi mustaqil davlatlarning ko‘pchiligida amalga oshirilgan. Bu mamlakatlarda 
ish bilan bandlik ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ancha sekinlik bilan qisqardi. Korxonalar 
ommaviy tarzda ishdan bo‘shatish yo‘lidan qochganliklari tufayli xodimlar rasman shtatda 
qolganliklari holda eng kam ish haqi olishgan yoki hech narsa olishmagan, lekin ko‘p vaqtlarini 
norasmiy sektordagi ishga bag‘ishlab, korxonalarning ba’zi imtiyozlaridan foydalanib turishgan. 
Uchinchi yo‘nalish - Xitoy modeliga muvofiq davlat sektoridagi bandlik 1993 
yilgacha o‘sib bordi, keyin esa biroz pasayish yuz berdi.
Ishsizlikning ortib borishi bilan Markaziy - Sharqiy Yevropa mamlakatlari va yangi 
mustaqil davlatlarda ushbu ikki masala: korxonalarga ko‘maklashishni davom etgirish kerakmi-
yo‘qmi va mehnat bozoridagi faol siyosat nimadan iborat bo‘lishi lozim, degan masalalar dolzarb 
bo‘lib qoldi. Ishsizlik darajasi yuqori va ishchi kuchining‘ sharoitga moslashuvchanligi past 
bo‘lgan mintaqalarda o‘zini o‘nglab olishi kutilayotgan yoki yopib qo‘yilishi butun mintaqa 
uchun og‘ir salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan korxonalarga ish haqi uchun 
vaqtinchalik mablag‘ bilan yordam berish (subsidiya) maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. 
Biroq, bunda shuni hisobga olish kerakki, bu subsidiyalar asta-sekin bekor qilinishi lozim.
Mehnat borasidagi faol siyosat uch asosiy yo‘nalishda mavjud: bandlik xizmati (ishga 
joylashish uchun ko‘maklashish va maslahat berish); kasbga o‘rgatish; yangi ish o‘rinlarini 
tashkil qilish. 
Mamlakatda yuqori malakali va jismonan sog‘lom mehnat resurslari mavjud bo‘lgan 


taqdirdagina iqtisodiy yuksalishga erishish mumkin. Shu nuqtai nazardan o‘tish davrini boshidan
kechirayotgan mamlakatlar mustahkam negizga ega. Shuni ta’kidlash lozimki, 
markazlashtirilgan rejali tizimning ijobiy tomonlari tufayli Markaziy - Sharqiy Yevropa va MDH 
mamlakatlarida ko‘p yutuqlarga erishildi: deyarli umumiy boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta ta’lim 
berilishi, daromad darajasi nisbatan o‘xshashligi, boshqa davlatlarga nisbatan savoddilik 
darajasining yuqoriligi, aniq fanlar sohasida texnikaviy bilimlar va tayyorgarlikning usgunligi. 
Ta’lim olish borasida erkaklar bilan ayollarning teng huquqliligi ham muhim yutuq bo‘lib, bu 
omil aholining umumiy saviyasiga, salomatligiga, ish unumdorlishga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. 
Biroq, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari raqobatli sharoitdagi erkin bozorning kun sayin 
o‘zgarib turadigan ehtiyojlarini qondirishga emas, balki buyruqbozlik asosidagi iqtisod 
ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan edi. Shuning uchun ayni paytda shu tizimlarda ham 
tegishli islohotlarni o‘tkazishga to‘g‘ri keladi.
Insonning salomatligiga to‘rt guruhdagi omil ta’sir ko‘rsatadi: daromad, yashash tarzi, 
atrof-muhitning ahvoli va kasbga doir kasalliklar, shuningdek, tibbiy xizmat sifati. 
O‘tish davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimi to‘rt usulda 
mablag‘ bilan ta’minlanadi:
Birinchi usul — nakd pul bilan ta’minlash. Bu asosiy usul bo‘lib, yuz yillar mobaynida 
qo‘llanib kelinadi. Budjetdan mablag‘ ajratish uchun soliq tushumlari, sog‘liqni sug‘urtalash 
tizimi bo‘lmagan eng kambag‘al davlatlarda hozir ham qo‘llaniladi. 
Ikkinchi usul - xususiy sug‘urtalash xizimi. Bu asosan tushadigan foydaga asoslangan bo‘lib, 
ko‘pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llaniladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida 
faqat AQSHda qo‘llanadi, lekin bu yerda davlat ham sog‘liqni saqlash tizimiga kattagina 
mablag‘ ajratadi. 
Uchinchi usul - ijtimoiy himoyalash. Bu usul Argentina, Germaniya, Koreya 
Respublikasi, Urugvay, Chili, O‘zbekiston va qator yangi mustaqil davlatlarda qo‘llaniladi.
To‘rtinchi usul - soliq tushumlaridan mablag‘ ajratish ko‘pchilik mamlakatlarda, 
jumladan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya va Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq, 
Shimoliy Afrikaning ko‘pgana mamlakatlarida asosiy manba hisoblanadi. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish