dollarigacha yoki 8 marta ko‘paygan.
Bir qator rivojlanayotgan mamlakatlardan olib chiqib ketilayotgan mablag‘larning asosiy
qismini shu mamlakatlarni boshqarayotgan yoki boshqargan rejim rahbarlari qo‘yayotgan chet el
pul omonatlari tashkil qilmoqda (F. Markos Fillipinda, J.K. Dyuvalye Gaitida va h.k.).
Ozod bo‘lgan mamlakatlardan kapital olib chiqilishi rivojlanayotgan va rivojlangan
davlatlar iqtisodiga turlicha va qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuning bilan birga,
rivojlanayotgan mamlakatlarning kapital eksporterlariga aylanishi ko‘p jihatdan ijobiy
hisoblanadi. U bu mamlakatlarning iqtisodiy aloqalari kengayishiga, mustaqilligi oshishiga,
jahon iqtisodidagi roli kuchayishiga yordam beradi. Bir ozod bo‘lgan davlatdan ikkinchi ozod
bo‘lgan davlatga kapitalning olib chiqilishi ularning xo‘jaligi internatsionallashuvini
tezlashtiradi, nisbatan qoloq davlatga yangi texnologiya, ishlab chiqarish tajribasi, moliyaviy
yordam berilishi imkoniyatini yaratadi.
Ushbu bobga shunday xulosa yasash mumkin:
1. Jahon iqtisodining internatsionallashuvi, transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining
tezlashuvi yangi bozorlar uchun ular o‘rtasidagi kurashni keskinlashtiradi.
2. O‘z navbatida jahon iqtisodiyotining‘ yetakchi markazlari orasidagi raqobatning
kuchayishi chet el investitsiyalari geografiyasida yangi oqimlarni keltirib chiqaradi,
rivojlanayotgan mamlakatlarga bevosita chet el investitsiyalari olib kirishning ilgarilab ketishiga
olib keladi.
3. Ayni vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar ichida keyingi ikki o‘n yillar mobaynida
bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida yaqqol yetakchi mamlakatlar paydo
bo‘ldi. Bular, Janubiy, Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridir. Ularning o‘ziga jalb
qiladigan tomoni, ichki bozorlari yuqori sur’atlar bilan o‘smoqda va ko‘lamlari kengaymoqda.
4. Rivojlanayotgan mamlakatlarga xususiy investitsiyalar kirishi bilan birga ular rasmiy
yordam ham oladilar. Biroq, keyingi 10 yil mobaynida rasmiy yordam birmuncha qisqardi.
5. Chet el kapitalining rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodda ishtirok etishining asosiy
shakli u yerlarda chet el filiallarini tuzish bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, aralash (qo‘shma)
korxonalar tuzish, shu mamlakatlar bilan bitimli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish kabi usullar ham
keng quloch yoymoqda.
6. Keyingi 20-25 yil ichida o‘z navbatida rivojlanayotgan mamlakatlardan kapital olib
chiqish ko‘lami kengaymoqda.
7. Yangi industrial mamlakatlarda kapitalning jamg‘arilishi bilan bir vaqtda, ayrim
tarmoqlar, iqtisodning zamonaviy tarmoqlarida ichki bozorning torligi kuzatilmoqda. Bunga
sabab xo‘jalikning eskirib qolgan an’anaviy shakllari ko‘plab saqlanib qolganligi va iqtisodning
tarqoqligidir.
8. Rivojlanayotgan mamlakatlardan kapitalni olib chiqilishida iqtisodi "neft dollari"ning
ortiqcha ko‘p massasini o‘zlashtirishga qurbi yetmaydigan neft qazib oluvchi davlatlar katta rol
o‘ynamoqda.
9. Umuman, rivojlanayotgan mamlakatlardan kapital chiqarish ularda yuz berayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va h.k. jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bu hol ularning
mustaqilligi kuchayishiga, jahon xo‘jaligiga chuqurroq kirib borishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: