SEMINAR MASHG‘ULOTLARI REJASI
1. Janubi-Sharqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlar (YAIM) iqtisodi va eksporti
rivojlanishining xususiyatlari.
2. YAIM iqtisodi juda tez rivojlanishining va ularning jahon xo‘jaligiga integratsiyasining ichki
va tashqi sabablari
3. Hududdagi YAIMda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirshsda davlatning roli.
4. Hudud mamlakatlaridagi valuta-moliya inqirozining sabablari va uni mamlakatlar iqtisodiy
rivojlanishiga ta’siri.
ADABIYOTLAR
1.
Брагина
Е
.
Республика
Корея
:
закономерности
экономического
чуда
. -
ж
. "
МЭ
и
МО
".
1991,
№
10.
2.
Дак
Ву
Нам
.
Опыт
экономического
развития
Республики
Корея
в
условиях
рыночной
системы
, —
ж
. "
МЭи
МО
". 1991,
№
4.
3.
Иванов
П
.
Н
.
Гонконг
.
История
и
современность
.
М
., "
Наука
", 1990.
4.
Международные
экономические
отношения
.
Проблемы
тенденции
развития
.
Санк
-
Петербург
, 1990.
5.
Оникиенко
А
.
Модернизация
на
Тайване
:
от
экономической
либериализации
к
политической
демократии
. —
ж
. "
МЭ
и
МО
" 1993,
№
2.
6.
Раджабова
З
.
К
.
Мировая
экономика
.
М
.,
ИНФРА
-
М
, 2004.
7.
Тэор
Т
.
Р
.
Мировая
экономика
,
СП
Питер
, 2001.
8.
Федоровский
А
.
Новые
индустриальные
страны
:
динамика
роста
сохраняется
-
Тенденции
мирового
эконмического
развития
.
Обзор
за
1990
г
.
и
начало
1991
г
.,
М
.,
"
Наука
", 1991.
9.
Федоровский
А
.
Южнокорейский
опыт
внешне
ориентированного
развития
;
МЭ
и
МО
,
М
., 1999,
№
7.
10.
Чудодеев
А
.
Прыжок
"
четырех
китов
" -
ж
.
Новое
время
, 1989,
№
27.
11. How big is Asia. The Economist, 7.11.98.
6-BOB
OSIYO-TINCH OKEANI MINTAQASI DAVLATLARI
(ASOSIY TAMOYILLAR VA INTEGRATSIYALASHUVNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI)
Rivojlanayotgan jahonning ayrim mintaqalaridagi iqtisodiy rivojlanishning yuqori
sur’atlari, ularning tashqi iqtisodiy, savdo aloqalari kengayishiga kuchli turtki bo‘ldi. Shu bilan
birga, bir qator ichki va tashqi omillarga ko‘ra, mintaqaviy ichki hamkorlikni kengaytirish,
chuqurlashtirish, yangi hududiy birlashmalarning paydo bo‘lishi borgan sari muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Bunday ittifoqlarning a’zolari faqat rivojlanayotgan mamlakatlar emas, balki
ilg‘or mamlakatlar ham ushbu mintaqa a’zolari xisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanish sohasida ham, mintaqa ichidagi kooperatsiyada ham ilgarilab
ketganlardan biri - Osiyo-Tinch okeani mintaqasi hisoblanadi. Bu mintaqa davlatlari o‘rtasida
iqtisodiy rivojlanish borasida o‘sish eng yuqori bo‘lgan davlatlar: Yaponiya, AQSH, yangi
industrial mamlakatlar (Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong, Singapur), Janubi-Sharqiy Osiyo
mamlakatlari assotsiatsiyasi a’zolari bo‘lgan mamlakatlar hamda Kanada, Avstraliya, Yangi
Zelandiya, Xitoy.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari va
mintaqada davlatlararo hamkorlikni rag‘batlantiruvchi omillar umuman, mintaqa
mamlakatlarining iqtisodiy jihatdan yuqori sur’atlarda rivojlanishiga, bu yerda joylashgan
davlatlarning samarali siyosati, hukumatlar, sanoat va fan doiralarining birgalikdagi harakatlari
sabab bo‘ldi. Shuni ta’kidlash joizki, ularning iqtisodiy strategiyalarida tafovut bo‘lishiga
qaramay, quyidagi bir qator o‘xshash tomonlari ham bor:
1. Eksportga mo‘ljallangan siyosat yuritish, bunda:
- Iqtisodiy rejalashtirish va siyosatni tanlashda qiymat omillarini doimiy hisobga olish
rag‘batlantiriladi;
- jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashish xususiy sektorning samaradorligini oshiruvchi
mexanizmlarni ishga soladi;
- eksport chet el valutasida daromad keltiradi.
2. Yuqori jamg‘arish normasi. Ma’lumki, biron-bir mamlakatning omonatlari, jamg‘armalari
uning yalpi milliy mahsuloti hajmining 20%ga yetsa, u o‘z-o‘zini tiklab turuvchi rivojlanish
bosqichiga erishadi. 1960 yilda Osiyodagi yangi industrial mamlakatlar va Janubi-Sharqiy
Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo davlatlar ichida faqat Tayvanda jamg‘arish normasi
20%ga yetdi. 1982 yildan boshlab barcha a’zo mamlakatlarda 20%dan oshdi. Shunday qilib, o‘z
jamg‘armalari, chet el manbalaridan keladigan qo‘shimcha mablag‘lariga ega bo‘lgan bu
mamlakatlar iqtisodini keng ko‘lamda investitsiyalashga erishdi.
3. Xususiy sektorniig faoliyati va iqtisodiyotni samaraliroq rivojlantirish mahsadida
xususiylashtirish siyosatiiing o‘tkazilishi. Bu yerda xususiylashtirishning ikki - mulkchilikni va
boshqaruvni xususiylashtirish tomonlari bor. Mulkchilikni xususiylashtirishda ijtimoiy
tengsizlikni vujudga keltirmaslik yoki abadiylashtirmaslik choralarini ko‘rish lozim. Shuning
uchun ham Xitoyda tovarlar oqimini tartibga solish borasida bozor qonunlari va mexanizmlari
qabul qilinishi davlat mulki saqlangani holda amalga oshiriladi. Xususiy mulkchilik yetakchi
bo‘lgan Yaponiyada ham mulkchilik va boshqaruv bir-biridan alohidadir.
4. Qishloq ho‘jaligi sohasidagi taraqqiyot. Mintaqadagi mamlakatlarda qishloq xo‘jaligini
gullab-yashnayotgan tarmoqqa aylantirish maqsadida agrar sektorga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, Janubiy Koreyada qat’iylashtirilgan narxlarni saqlab turishga qaratilgan davlat dasturi
qabul qilingan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda, qishloq infratuzilmasini yaxshilashga
doir ilmiy tadqiqotlar o‘tkazildi, har xil tadbirlar ko‘rildi.
5. Iqtisodiy moslashish (adaptatsiya) siyosati. 1970-yillar va 80-yillar boshida yuz bergan neft
inqirozi davridagi iqtisodiy pasayishga qaramay, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari
yuritgan iqtisodiy siyosat ularni bu murakkab davrni qarzlarsiz bosib o‘tishga imkon berdi.
Buning ustiga ular 3-4% o‘sishga, keyin esa jahon iqtisodidagi umumiy yuksalish sharoitida
10% va undan ortiq o‘sish sur’atiga erisha oldi. Umuman, Sharqiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va
Tinch okeani havzasi mintaqasi mamlakatlarida 1980-2000 yillarda yalpi milliy mahsulotning
o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari 7,8%ni, Sharqiy Osiyoda - 9,3%, Janubi-Sharqiy Osiyoda -
6,3%ni tashkil etdi. Xitoy esa bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘ldi - unda 10,1%ga yetdi.
6. Osiyo-Tinn okeani mintaqasi mamlakatlari uchun bu yerda milliy intilishlarni samarali
amalga oshirish uchun qulay bo‘lgan xalqaro hamkorlik muhiti mavjudligi muhim umumiy omil
hisoblanadi. Shu bilan birga, u kooperatsiya jarayoni mehnat taqsimotining an’anaviy vertikal va
gorizontal turlariga asoslangan boshqa mintaqalardan ancha farqlanadi. Birinchi tur XIX asrda
ustunlik qilgan, sanoati rivojlangan mamlakat bilan xomashyo yetkazib beruvchi mamlakat yoki
metropoliya bilan mustamlaka o‘rtasidagi munosabatni ifodalagan. Ikkinchi tur Yevropa
Ittifoqiga xos bo‘lib, unda taxminan bir xil darajada rivojlangan, madaniyati o‘xshash bo‘lgan
industrial mamlakatlar o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik olib boradilar. Bulardan farqli o‘laroq,
Osiyo-Tinch okeani mintaqa mamlakatlarida mehnat taqsimoti "uchayotgan g‘ozlar" tipidagi
rivojlanish nomini olib, unga o‘ziga xos o‘sish turi to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, bu hududda AQSH
birinchi va yetakchi davlatga aylandi. XIX asr oxirlaridan boshlab Yaponiya eng zarur iste’mol
tovarlari sohasida, keyinroq uzoq muddat foyda-laniladigan tovarlar, sanoatning turli sohalarida
quvib yetish usulidagi rivojlanish strategiyasiga amal qildi. Hozirgi vaqtda yangi industrial
mamlakatlar hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiaiiyasiga a’zo davlatlar Yaponiya
yo‘lidan bormoqda.
Ko‘rilayotgan mamlakatlardagi integratsiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari
shundaki, Osiyo mamlakatlarining rivojlanish darajasi, tabiiy resurslarning ko‘p yoki kamligi,
madaniy, tarixiy va diniy xususiyatlar jihatdan farqlarning kattaligi tufayli ularning Yevropa
Ittifoqi ruhida iqtisodiy integratsiyalashuvi mumkin emas. Biroq, aynan shu ko‘p turlilik ularning
"uchayotgan g‘ozlar" tipida birgalikda rivojlanishini taqozo qiladi. Bunda har qaysi mamlakat
o‘zaro to‘ldiruvchi mehnat taqsimoti yordamida oldinga harakatlanish uchun o‘z xususiyatlarini
ishga soladi.
Ma’lumki, xalqaro mehnat taqsimotining bu turi, "Shimol-Janub" doirasida industrial va
rivojlanayotgan mamlakatlar orasida munosabatlarning rivojlanishiga yordam berdi. Bir vaqtlar
Yaponiya va Amerika kapitallari ko‘p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishlarni yaratish
uchun Osiyo mamlakatlariga keng ko‘lamda investitsiyalar kiritgan edi. Endi Osiyodagi yangi
industrial mamlakatlar uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari ishlab chiqarishni avj
oldirishmoqda. Ular yirik bozorlarga aylanib, mintaqa ichidagi savdo-sotiqning kengayishiga
hissa qo‘shmoqda. Bundan tashqari, 1990-yillarning o‘rtalariga kelib, Singapur va Gonkong
muhim kapital eksportchilariga aylandi. Janubiy Koreya va Tayvan bevosita investitsiyalar
kiritish, texnologiya o‘tkazish yo‘li bilan boshqa mamlakatlarga yordam ko‘rsatmoqda.
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo davlatlarda mehnat, tabiiy
resurslar mo‘l bo‘lib, ularni boshqa mamlakatlarga, o‘z mintaqalaridagi mamlakatlarga yetkazib
bermoqda. Masalan, Indoneziya, Malayziya va Bruney neft eksport qiladi. Bundan tashqari, ko‘p
mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishlar Osiyodagi yangi industrial mamlakatlardan Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasiga a’zo davlatlarga o‘tib turadi. Shuning uchun ularda
xom ashyo emas, balki eksport qilinadigan shu xom ashyoga ishlov berish darajasini oshirish
tadbirlari ko‘riladi. Mintaqaning ko‘p davlatlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish
borasida sezilarli taraqqiyotga erishdi.
Mintaqa ichidagi integratsiyani rag‘batlantiruvchi tashqi sabablar ichida Yevropa va
Amerikada ro‘y berayotgan iqtisodiy bloklarning shakllanish an’anasi ajralib turadi. Bu Yevropa
Ittifoqi doirasida yagona bozor hosil bo‘lishi munosabati bilan Yevropa iqtisodiyoti autsayder
mamlakatlar uchun yopilib qoladi, degan xavotir bilan bog‘liq.
"Sharqiy Yevropa omili" ham ularni xavotirga soladi. Bunga ko‘ra, bozor iqtisodiyotiga
o‘tayotgan mamlakatlarda kapitalga ehtayoj keskin oshib ketishi va shu sababli ssuda foizi
ko‘tarilishi mumkin.
Retsipiyent (qabul qiluvchi) mamlakatlar orasida turli jamg‘armalar uchun, kapitalning
kirib kelishi uchun, shu jumladan, rivojlanishiga rasmiy davlat yordami, xususiy kreditlar,
investitsiyalar uchun jahon miqyosida raqobatning kuchayishi ham muhim o‘rin tutadi.
Janubiy Koreya ilgari kapitalning netto-eksportchisi bo‘lgan bo‘lsa, 1991 yildan boshlab
netto-importchisiga aylandi. Agar 1986-91 yillarda mamlakatta bevosita chet el investitsiyalari
kiritish o‘rtacha hajmi 863 mln AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2000 yilda u 3300 mln
dollarga yetdi yoki 3,5 marta ko‘paydi. Singapur, Indoneziya va mintaqaning boshqa davlatlariga
kiradigan bevosita investitsiyalar oqimi ancha o‘sdi (11-jadval).
11-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |