Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

koeffitsiyenti bo‘yicha)
8
 
 
Mamlakatlar 1970-1980 1990-2000 
Argentina (Buenos Ayres) 
0,39 
0,46 
Boliviya (shaharlar) 
0,48 
0,52 
Braziliya 0,57 
0,63 
Chili 0,53 
0,53 
Kolumbiya (shaharlar) 
0,58 
0,52 
Meksika 0,51 
0,55 
Peru (Lima) 
0,43 
0,44 
Urugvay 0,45 
0,42 
Venesuela 0,51 
0,50 
Janubiy Koreya 
0,39 
0,34 
Tayvan 0,30 
0,33 
Masalan, Peruni Turkiya bilan solishtirib ko‘rganda shu narsa ayon bo‘ladiki, 1990-2000 
yillarda har ikkalasida ham aholi jon boshiga tushadigan daromad deyarli bir xil bo‘lgani holda, 
Peruda aholining kattagina qismi o‘rtasidagi qashshoqlik darajasi Turkiyadagiga nisbatan 
yuqoriroq bo‘lgan (15%ga qarshi 44%). Bundan shu narsa kelib chiqadiki, iqtisodiy rivojlanishni 
yolg‘iz umumiy daromadlarning yoxud aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlarning 
o‘sish darajasi va sur’atlariga qarab belgilab bo‘lmaydi; bunda shu daromadlar mamlakat aholisi 
o‘rtasida qay tarzda taqsimlanishini, ya’ni bu rivojlanishdan kimlar ko‘proq manfaat ko‘rishini 
ham hisobga olish kerak. 
Tuyib ovqat yemaslik va salomatlik muammolari 
 
Rivojlanayotgan davlatlar aholisi uchun kam daromadlar bilan bir qatorda ovqatlanish va 
kasalliklar bilan bog‘liq muammolar ham dolzarbdir.
Eng sust rivojlangan mamlakatlarda inson umrining o‘rtacha davomiyligi 2001 yidda 59 
yoshni tashkil etdi, vaholanki, bu raqam boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda 69, rivojlangan 
davlatlarda esa 73 yilni tashkil etgan (WDI, 2001, Tablye 2.19).
Go‘daklar (1 yoshgacha bo‘lgan) o‘limi koeffitsiyenti hamon yuqori darajada: eng sust 
8
Jini koeffitsiyenti aholining alohida guruhlari milliy daromaddan amalda qancha hissa olganliklari va 
daromad teng taqsimlangan taqdirda qancha hissa olishlari mumkimligi o‘rtasidagi farqni o‘lchaydi. Koeffitsiyent 
qanchalik yuqori bo‘lsa, daromadlar taqsimotidagi gengsizlik ham shuncha baland bo‘ladi. 


taraqqiy etgan mamlakatlarda - 77 promille, boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 65 
bo‘lsa, rivojlangan mamlakatlarda -13 ni tashkil etadi.
1970-yillarning o‘rtalarida 1 mlrd dan ko‘proq kishi yoxud rivojlanayotgan dunyo 
aholisining qariyb yarmi (Xitoydan tashqari) to‘yib ovqat yemaslik sharoitida kun kechirgan, 
ya’ni ular zarur miqdordagi kaloriyalarni olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan. Ularning 1/3 
qismidan ko‘prog‘ini 2 yoshga yetmagan go‘daklar tashkil etgan. 
Keyinchalik bu vaziyat, Sahroi Kabir janubidagi Afrika mamlakatlarida og‘irlashdi, bu 
mintaqada oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish ancha pasayib ketdi va ocharchilik keng tus 
oldi.
2002 yilda aholi jon boshiga hisoblanganda bir kunda iste’mol qilinadigan kaloriyalar 
mikdori rivojlanayotgan mamlakatlarda 2572 kaloriyadan, eng sust taraqqiy etgan mamlakatlarda 
2103 kaloriyadan iborat bo‘lgan, bu esa, sanoati rivojlangan davlatlardagidan (3157 kaloriya) 
nisbatan 24 va 33% kam, demakdir. 
Osiyo va Afrika aholisining qariyb 60%i salomatlikni bir me’yorda ushlab turish uchun 
zarur bo‘lgan kaloriyalarni eng kam miqdorda iste’mol qiladi. Boz ustiga, olimlarning fikricha, 
iste’moldagi bu yetishmovchilik dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan don mahsulotlarining bor-
yo‘g‘i 2%ini tashkil qiladi. Bundan ko‘rinadiki, ocharchilik yer yuzi aholisi bilan oziq-ovqat 
mahsulotlari o‘rtasidagi nisbat buzilganligining natijasi emas, balki bunga jahonda daromadlar 
taqsimotidagi nisbat buzilganligi ko‘proq sabab bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, rivojlanayotgan mamlakatlarda yuz berayotgan ocharchilik va 
salomatlikning zaiflashuvi - oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lamlaridan ko‘ra, 
mamlakat qashshoqligining natijasidir.
Tibbiy muassasalar, ularda xizmat qilayotgan xodimlarning yetishmasligi rivojlanayotgan 
mamlakatlarning ko‘pchiligi uchun jiddiy muammo bo‘lib kelmoqda. 
1990-2001 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarda vrachlar soni har 10 ming kishi 
hisobiga 18, eng sust rivojlangan mamlakatlarda 5 nafarni tashkil etgan, sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda esa bu raqam 280 nafardir. Tibbiy hamshiralar, xuddi shu tartibda 85,26 va 780. 
Ayni paytda shuni ham e’tiborga olish kerakki, rivojlanayotgan mamlakatlarda vrachlarning 
aksariyati asosan aholining atigi 37%i (eng kam rivojlangan mamlakatlarda 23%i) yashaydigan 
shaharlarda istiqomat qiladi. 
Masalan, Hindistonda vrachlarning 80% i aholining atigi 30% i istiqomat qiluvchi 
shaharlarda faoliyat ko‘rsatadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish