Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Nima sabobdan xususiylashtirish jarayoni qiyin kechdi va kutilgan samarani bermadi?



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Nima sabobdan xususiylashtirish jarayoni qiyin kechdi va kutilgan samarani bermadi? 
 
1. Obyektiv shart-sharoitni hisobga olmagan holda, uning ustiga ko‘pincha tashqi sabab 
ta’sirida yuqoridan turib boshlangan har qanday davlat isloxoti kabi davlat mulk-chiligi va 
nazoratni xususiy shaxslarga topshirish jarayoni turli ijtimoiy kuchlarning jiddiy qarshiligiga 
duch keldi. Bu kuchlar quyidagilardir: 
- vazirliklardagi amaldorlar va davlat korxonalarining rahbarlari; 
- davlat sektoridagi kasaba uyushmalar; 
- ziyolilar; 
- aholining, ayniqsa, shahar aholisining g‘oyat keng qatlamlari (bular birinchi navbatda 
subsidiya qilingan narxlardan manfaatdor edi). 


Shunisi ham borki, ana shu hollarning barchasida: muxolifat obyektiv baho berolmaydi. 
Davlat mulkini chetga, boyib ketayotgan kam sonli millat vakillariga sotishni istamaslik ham 
shular jumlasidandir. 
2. Xususiy sektorning zaifligi, demakki, sotib olishga qurbi yetadigan shaxslar 
doirasining torligi.
3. Xususiylashtirish borasidagi texnik qiyinchiliklar va katta miqdordagi moddiy 
xarajatlar.
Tajriba ko‘rsatadiki, xususiylashtirish to‘g‘risidagi qarorlar ko‘p hollarda obyekt 
qiymatini yaxshi o‘rganib chiqmasdan, aniq sa’y-harakatlarning mufassal dasturini ishlab 
chiqmasdan, o‘zbilarmonlik bilan qabul qilingan. 
4. Iqtisodiy yuksalish davrida va raqobat anchagina rivojlangan sohalarda daromadli
korxonalarni xususiylashtirish jarayoni birmuncha silliq kechishi mumkin. Xuddi ana shu holda 
bozor omillarining ta’siri resurslardan yanada samaraliroq foydalanishga jadal da’vat etadi va 
korxonaning daromadini oshiradi.
Amalda esa, rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumatlari inqirozga yuz tutgan iqtisodiy 
holat sharoitida byud-jetdagi kamomaddan cho‘chib, bnrinchi navbatda zararli, kam daromadli 
korxonalarni xususiylashtirishga, bu bilan kor-xonalarning ish samaradorligini oshirib, budjetga 
qo‘shimcha daromad keltirishga harakat qiladilar. Qo‘shimcha daromad olish xavasi 
xususiylashtirishga turtkp bergan asosiy ichki omillardan biri hamdir.
Xususiylashtirish sohasida erishilgan kamtarin yutuqlar davlat mulkini xususiylashtirish 
anchagina samarador va afzalliklarga ega ekanligi haqidagi tasavvurlarnn qayta ko‘rib chiqish 
zaruratini yuzaga keltirdi. 
Siyosiy iqtisodiyot asoschisi, shotlandiyalik A.Smit (1723—1790) "Millatlar boyligining 
tabiati va sabablari haqida tadqiqot" (1776) asarida "bozor kuchlarinnng erkin jilvasi uykun 
tuzilmani (tuzumni) yuzaga keltiradi", deb aytgan edi. 
Unga ko‘ra, shaxsning o‘z manfaatlariga erishish yo‘lidagi intilishi xo‘jalik 
rivojlanishining yetakchi, harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Buning natijasida shaxsning o‘zi 
ham, jamiyat xam ko‘prok, farovonlikka erishadi. Bundan, mumtoz liberal iqtisodiyot 
nazariyasida, davlatga ikkilamchi o‘rin berilishining sababi ma’lum bo‘ladi. 
Uningcha, davlatning "tungi qorovul" sifatidagi vazifalari quyidagilardan iborat: 
- Tartib-intizomni (xususan, oldi-sotdini kafolatlaydigan) va milliy mudofaani 
ta’minlash; 
- qator ijtimoiy foydali inshootlarni tartibda saqlash; 
- nizolarni adolat yuzasidan hal etish va h.k. 
Bu yerda shaxsning o‘zi yo mustaqil ravishda bajara olmaydigan, yoxud iqtisodiy 
jihatdan samarali hal eta bilmaydigan vazifalar haqida gap ketyapti. A.Smit fikricha, eng muhimi 
xo‘jalik faoliyatining hamma subyektlari uchun quyidagi asosiy iqtisodiy erkinliklar 
kafolatlanishi lozim:
- u yoki bu xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish; 
- raqobat; 
- savdo.
Biroq, shaxsni harakatga chorlovchi manfaatdorlik iqtisodiy qurilmaning bir qismi, xolos. 
Iqtisodiy subyektni haddan tashqari ko‘p foyda olish hirsidan saqlab turishga undovchi ikkinchi 
bir qismi raqobat bo‘lib, u xo‘jalikda harakat etuvchi subyektlarning manfaatlarini ma’lum 
darajada o‘zaro moslikka keltirib turadi yoki bozor muvozanatini saqlab boradi.
A.Smit erkin bozorni jamiyatning kundalik hayotini ta’minlovchi va o‘zini-o‘zi 
boshqaruvchi bir tizim sifatidagi xo‘jalik qurilmasi ekanligini ta’riflab berdi. 
Uning iqtisodiy tizimida: 
- davlat bir zarurat emas, hatto u iqtisodiyotga aralashmagani ma’qul, aks holda bozor 
qurilmalarining harakati parokanda bo‘ladi (bozor mexanizmi buziladi); 
- taklif va talab o‘rtasidagi muvozanat bozorlarda o‘z-o‘zini mustaqil tartibga solib, bir 
maromda saqlab turadi,' deb taxmin qilinadi.


Biroq, A.Smitning iqtisodiy mutanosiblik o‘z-o‘zini mustaqil bir maromda saqlab turishi 
haqidagi fikriga tez orada shubha bilan qaraladigan bo‘ldi. 
Xususan, Robert Maltus (1766—1834) aholining o‘sishi davlat tomonmdan maxsus 
chora-tadbirlar vositasida nazorat qilib turilmasa, aholi ortiqligiga, qashshoqligiga, butun boshli 
iqtisodiy tizimning halokatiga olib keladi, deb uqtiradi.
Tajribada esa, nazariy qolil bilan amaliy bozor o‘rtasida muhim tafovutlar mavjud. 
Chunki ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lgan xususiy mulkchilik omillari haddan ziyod 
kapital jamg‘arish va ishlab chiqarishni bir qo‘lda to‘plash imkoniyatlariga egadir.
Bu narsa, o‘z navbatida, aksiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi natijasida 
korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari haddan tashqari kengayib ketishiga olib keladi. 
Bozor qismlarga bo‘linganligi va unda harakat qiluvchi subyektlarning iqtisodiy kuch-qudrati 
taqsimlanishida nisbiy tenglik borligi haqidagi taxmin, A.Smit nazariyasining asosiy 
qoidalaridan biri hisoblanib, hayotdagi voqelikka zid keladi. 
Bugun G‘arb tajribasida "bozor iqtisodi"ning bir-biridan anchagina farq qiladigan 
ko‘rinishlari yuzaga keldi. Masalan, AQSH "Laissez faire
"
degan tamoyilga boshqalarga 
nisbatan yaqinroq turadi. Bu tamoyilning mohiyatini - davlatning iqtisodga bo‘lgan ta’sirining 
nihoyatda mo‘tadilligi belgilaydi. 
Buning aksi o‘laroq, Fransiyada anchagina kuchli davlat sanoatini ko‘rish mumkin va bu 
yerda "rejalashtirish" keng tarqalgan shiorlardan biri bo‘lgan. Germaniyada, Avstriyada ham 
"ijtimoiy bozor xo‘jaligi" shakli rivojlangan.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish