Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


Ishchi kuni emigraitsyasining donor mamlakatlarga ta’siri



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

Ishchi kuni emigraitsyasining donor mamlakatlarga ta’siri 
Dastavval, ishchi kuchini eksport qilishga mamlakatga chet el valutasining kirib kelishi 
uchun bir manba deb qaraladi. Xalqaro valuta jamg‘armasining ma’lumotlariga qaraganda, ishchi 
kuchi eksport qilinganda olinadigan foydaning o‘rtacha normasi tovarlarni eksport 
qilingandagiga qaraganda 20% va xizmatlarni eksport qilgandagiga qaraganda 50% bo‘ladi. 
Masalan, sobiq Yugoslaviyada 80-yillarda tovar va xizmatlarni eksport qilishdan xar yili 
tushgan sof foyda salkam 2,5 mlrd. dollarni tashkil qilardi. Ishchi kuchini eksport qilishdan esa 
mamlakat 3,5 mlrd va ishchilar chet eldan o‘z uylariga qaytib kelganlaridan keyin yana shuncha 
summa olardi. Natijada tushumlar 7 mlrd dollarni tashkil etardi. Bugungi kunda esa bu yerda 
ishchi kuchini eksport qilish valuta olishning birdan-bir manbai bo‘lib qoldi.
Mehnat resurslari emigratsiyasining rivojlanayotgan mamlakatlar uchun roli katta. 90-
yillarda ishchi kuchini eksport qilishdan keladigan tushumlar rivojlanayotgan mamlakatlarda 
yuksak sur’atlar bilan o‘sib, yiliga 10%gacha yetdi. Shuning uchun ham ular mehnat resurslari 
bo‘yicha ixtisoslashib, ishchi kuchini eksport qilish valuta daromadlarining eng muhim manbai 
bo‘lib qoldi. 
Ishchi kuchini eksport qilishdan olinadigan daromadlar to‘rtta bevosita manbadan iborat:
- Vositachi firmalar daromadidan olinadigan soliqlar; 


- immigrantlarning oilaga va qarindosh-urug‘lariga yordam tariqasida o‘z vatanlariga 
yuboradigan pul jo‘natmalari; 
- immigrantlarning shaxsiy investitsiyalari (vataniga ishlab chiqarish vositalari va uzoq 
muddatli foydalaniladigan buyumlarni olib kelishi, yer-suv, ko‘chmas mulk sotib olish, 
qimmatbaho qog‘ozlarni harid qilish); 
- ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlardan keladigan kapitallar.
Bular ko‘pincha mehnat resurslarini qayta tiklashga, ijtimoiy sohaga sarflanadi. 
Masalan, Misr Arab Respublikasi uchun Suvaysh kanalidan foydalanish 80-yillar oxirlarida 
yiliga 970 mln dollar, turizm - 600 mln, muhojirlarni yuborish esa 3 mlrd dollardan ortiq foyda 
keltirdi.
Yamanda muhojirlarni yuborish ayrim yillarda eksportdan keladigan tushumlardan 30 
barobar ko‘p foyda keltirdi. 
90-yillarning boshlarida dunyoning 40 ga yaqin mamlakatida chet eldan tushgan 
kirimning salkam 100 mln dollarini muhojirlardan olishgan, 10 ta mamlakat esa 1 mlrd dan 
ko‘proq opgan.
Xalqaro valuta jamg‘armasining ma’lumotlariga ko‘ra, to‘lov balanslarining daromad 
qismiga kiritiladigan xususiy pul o‘tkazishlarning 90%ini muhojirlardan tushgan kirimlar tashkil 
etadi. 
Ishchi kuchining eksport qilinishi ortiqcha mehnat resurslarining tazyiqini, tegishli 
ravishda mamlakatdagi ijtimoiy tanglikni pasaytiradi. Eksportchi mamlakat uchun ishchi 
kuchlari yangi kasblarga bepul o‘rgatiladi, mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullari bilan 
tanishtiriladi. Zamonaviy G‘arb sivilizatsiyasi bilan tanishish an’anaviy turmush tarziga katta 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Eksportchi mamlakat uchun ishchi kuchini eksport qilishning salbiy jihatlariga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
- Aqlli, idrokli odamlarning chetga ketishi; 
- malakali, tashabbuskor kadrlarning kamayishi. Muhojirlar o‘z vatanlariga 
qaytganlaridan keyin ham ularning ijtimoiy-iqtisodiy rolida sezilarli o‘zgarishlar yuz beradi.
Ishchilarning ko‘pi chet elga ketishidan oldin o‘z mamlakatlari uchun an’anaviy bo‘lgan 
qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanishgan va ularning ozgina qismi sanoatda yordamchi 
ishlarni bajargan. Muhojirlarning ko‘pchiligi o‘z vatanlariga qaytib kelganlaridan keyin noishlab 
chiqarish sohasida ishlashga yoki o‘z ishini ochishga harakat qilishadi. Gap shundaki, bilim 
saviyasining pastligi, o‘zi kelgan mamlakat tilini bilmasligi, qaytib kelgandan keyin uning ish 
xarakteri maqomini belgilab beradi.
Muhojirlar ko‘pincha qishloq xo‘jalik sohasiga qaytishga majbur bo‘lishadi. Natijada 
ishdan ko‘ngli sovib, yana chet elga ketishga harakat qiladi. Ulardan ayrimlari kichik biznes 
bilan shug‘ullanishga muvaffaq bo‘ladi. Uyga qaytib kelgandan keyin noishlab chiqarish 
sohasida ish topishga urinish oxir-oqibatda shunga olib keladiki, chet elda ishlab topgan pulning 
juda oz qismi ishlab chiqarish asbob-uskunalari va boshqa vositalarni sotib olishga sarflanadi, 
ya’ni undan samarasiz foydalaniladi.
Janubiy Yevropa mamlakatlariga muhojir bo‘lib ketganlarga oid ma’lumotlardan 
ko‘rinadiki, ular daromadlarining faqat 10%igina samarali foydalaniladi. Bundan tashqari, 
ularning uylariga yuborgan pul jo‘natmalari tovar massasi bilan mustahkamlanmagan to‘lov 
qobiliyatiga ega bo‘lgan talabni oshirib, pulning qadrsizlanishiga, muhojirlikka aloqador 
bo‘lmagan oilalar turmush darajasining yomonlashuviga olib keladi. 
Lekin chet elda bo‘lish mehnatkashlarning o‘zlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Aksariyat 
rivojlanayotgan mamlakatlarda muhojirlar chet eldan qaytib kelganidan keyin o‘z vatanida biror 
jiddiy o‘zgarish qilishga muvaffaq bo‘la olmasalarda, talab-ehtiyojlari ortadi, ularning hayotga, 
mehnatga bo‘lgan munosabatlari, qarashlari, odatlari o‘zgaradi. 
Ushbudan kelib chiqqan holda quyidagicha xulosa yasash mumkin:
Odamlariing bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga muhojir bo‘lib borishlariga turtki 
bo‘lgan sabablar va muhojirlikning ijtimoiy tarkibi juda ko‘p iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va 


boshqa omillarga bog‘liq. Zero, ularning birga qo‘shilib kelishi, ustuvorligi, turli mamlakatlar 
hamda mintaqalarda vaqtiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti hozirgi zamon mehnat migratsiyasi omillari orasida yetakchi rol 
o‘ynaydi, uning rivoji birinchi navbatda rivojlangan davlatlarda chet ellik ishchi kuchlariga 
bo‘lgan talabni ko‘p jihatdan belgilab beradi. Jumladan, yuksak malakali kadrlarga, xususan, 
intellektual mexnat kishilariga bo‘lgan talab keskin ortdi.
Vaqt o‘tishi bilan xalqaro mehnat migratsiyalarining sabablari va ijtimoiy tarkibigina 
emas, uning geografiyasi ham o‘zgarib boradi. Agar urushdan keyingi yillarda G‘arbiy Yevropa 
migratsiyaning asosiy markazi bo‘lgan bo‘lsa, keyingi uch o‘n yilliklar davomida ishchi kuchini 
AQSH ko‘proq jalb qila boshladi. 
Agar 1960-yillarda bu mamlakat uchun yangi ishchi kuchining manbai Kanada va 
G‘arbiy Yevropa hisoblangan bo‘lsa, 1970-yillardan boshlab Lotin Amerikasi va Osiyo bo‘ldi. 
Ishchi kuchining oshkora qonuniy ravishda migratsiyasi ko‘lami ancha ortishi bilan bir 
vaqtda uning yashirincha kelishi ham ancha o‘sdi. Zero, ular mehnatidan foydalanish 
tadbirkorlar uchun ancha foydalidir.
Chet el ishchi kuchi umuman olganda, qabul qilayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga ancha 
samarali ta’sir ko‘rsatadi: ishlab chiqarilayotgan tovarlarning raqobat qilish qobiliyati ortadi, 
ishlab chiqarishning o‘sishi, odamlarning qo‘shimcha ish bilan ta’minlanishi rag‘batlantiriladi, 
ta’lim, malakaviy tayyorgarlikka qilinadigan sarf-xarajatlar tejaladi, ayrim rivojlangan 
mamlakatlarda demografik ahvol yaxshilanadi. 
Ishchi kuchini emigratsiya qilish rivojlanayotgan donor mamlakatlarga ham samarali 
ta’siri bor. Bu chet el valutasining mamlakatga kirib kelishining asosiy manbalaridan biridir. 
Bundan tashqari, bu ortiqcha mehnat rvsurslari tazyiqini, binobarin, mamlakatdagi ijtimoiy 
tanglikni pasaytirishga yordam beradi. 
Bundan tashqari, milliy kadrlar chet elga borib, yangi kasblarni o‘rganadi, mehnatni 
tashkil qilishning yangi uslublari, an’anaviy sivilizatsiyadan farq qiluvchi hozirgi zamon 
sivilizatsiyasining yaxshi-yomon tomonlari bilan tanishadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish