Жаћон иќтисодиёти ва дипломатия университети


G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada integratsiya jarayonlari: umumiy va



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/94
Sana19.01.2023
Hajmi0,85 Mb.
#900507
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON IQTISODIYOTI

G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada integratsiya jarayonlari: umumiy va 
o‘ziga xos jihatlar 
 
 G‘arbiy Yevropada mintaqaviy iqtisodiy siyosat evolutsiyasidagi bosqichlar 
 
G‘arbiy Yevropadagi hozirgi zamon mintaqaviy integratsiya tarixi 1951 yilga borib 
taqaladi. Xuddi o‘sha yili Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi – European coal and steel 
Community - (Fransiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlari 
ishtirokida) - toshko‘mir, temir rudasi va metallurgiya sanoatlarini birlashtirgan xalqaro tashkilot 
tuzilgan. 
1957 yil mart oyida bu mamlakatlar ("oltilik") Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligini tuzish 
haqidagi Rim shartnomastshi imzolagan (1958 yilda kuchga kirgan). Bu hamdo‘stlik norasmiy 
ravishda "umumiy bozor" deb ham yuritildi. 
Keyinchalik Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya (1973 yiddan), Gretsiya (1981), 
Ispaniya, Portugaliya (1986), Finlyandiya va yana ikkita davlat unga a’zo bo‘lib kirgach, a’zo 
mamlakatlar soni 15 taga yetdi (2004 yil may oyidan boshlab a’zolar soni yana 10 taga 
ko‘payib 25 mamlakatni tashkil etdi. Bu haqda ushbu darslikning IV bo‘limida batafsilroq 
ma’lumotlar berilgan). 
Dastlabki paytlarda Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligi asosan iqtisodiy tashkilot sifatida 
faoliyat ko‘rsata boshlagan, uning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi: 
- A’zo bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda barcha cheklovlarni bartaraf etish; 
- umumiy bojxona tariflarini joriy etish; 
- odamlar, kapitallar, xizmatlarning erkin harakatiga xalal beradigan cheklovlarni 
tugatish; 
- transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy siyosatga amal qilish; 
- valuta ittifoqini tuzish; 
- a’zo bo‘lgan mamlakatlarning qonunchiligini bir-biriga yaqinlashtirish; 
- muvofiqlashgan iqtisodiy siyosat omillarini ishlab chiqish. 
Hamdo‘stlik faoliyatida eng muhim vazifa sifatida bu yo‘nalishlarning tanlab olinishi 
bejiz emas. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlatlardan tashkil topgan biror bir guruh ishlab 
chiqarishning barcha omillari bo‘yicha erkin ayirboshlash yo‘lida yagona makonni 
shakllantirishga darhol erisha olmagan.
Oldinroq yagona savdo, bojxona makoni yaratilgan hamda o‘zaro siyosiy ishonchda 
ustuvorlikka erishgan davlatlargina bu sohalardagi o‘zaro munosabatlarini erkin ayirboshlash 
bosqichiga ko‘tarishlari imkoniyati bo‘lgan.
Davlatlar o‘zaro iqtisodiy hamkorlikda, siyosiy ishonchda ancha yuqori bosqichga 
erishgandan keyingina kapitallar bilan ishchi kuchining ikki tomonlama erkin harakat qilishi 
hamda xizmatlarni, shu jumladan, axborot-texnika ahamiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarni 
ayirboshlash uchun o‘z chegaralarini ochib berishlari mumkin edi. 
Nihoyat, to‘laqonli integratsion hamkorlik a’zo bo‘layotgan davlatlar ishlab chiqarish 
omillarini ayirboshlab, o‘zaro to‘lovlarni yo‘lga qo‘yish hisobiga bojlarni va boshqa cheklovlarni 
bekor qilish yoki o‘zaro to‘lovlarni yo‘lga qo‘yish haqidagina emas, balki uchinchi 
mamlakatlarga nisbatan bamaslahat yuritiladigan savdo, keyinroq esa umumiy iqtisodiy siyosat 


to‘g‘risida, iqtisodiy siyosatni yagonalashtirish borasida ham kelishib olishlarini nazarda tutadi. 
"Yagonalashgan", muvofiqlashtirilgan umumiy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishni 
taqozo etuvchi mazkur qoidalarni ro‘yobga chiqarish yo‘lida esa ijroiya - muvofiqlashtirish 
vazifalari yuklatilgan xalqaro davlat tashkilotlariga ehtiyoj tug‘ildi. 
Shunday qilib, integratsiya jarayoni eng boshidayoq a’zo mamlakatlarning 
muvofiqpashgan siyosatiga ro‘baro‘ keldi. 
Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligi qabul qilgan maqsadlarni ro‘yobga chiqarish jarayonida:
1) Sanoat integratsiyasining jadallashuvi ta’minlandi; 
2) qishloq xo‘jalik jamg‘armasi faoliyati orqali birgalikda homiylik o‘rnatish, to‘lov 
yig‘imlarini joriy etish shaklida agrar integratsiyani jadallashtirishga harakat qilindi; 
3) Yevropa valuta tizimi yuzaga keldi.
Ana shu chora-tadbirlarning barchasi iqtisodiy integratsiyaning keng tomir yoyishiga, 
Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligi ta’sir doirasining kengayishiga olib keldi. 
Osiyo, Afrika, Karib havzasi va Tinch Okeanida joylashgan 60 dan ziyod rivojlanayotgan 
mamlakatlar bilan Yevropa iqtisodiy hamdo‘stligining "alohida munosabatlari" tizimi yuzaga 
keddi. 
Maastrixt bitimlari (1991 yil, dekabr) G‘arbiy Yevropa integratsiyasining rivojida sifat 
jihatidan yangi bir bosqich hisoblanadi, zero, unda mamlakatlarni mikro darajada bir-biriga 
yaqinlashtirish vazifasi qo‘yilgan edi. 
Maastrixt bitimlari Yevropa Ittifotsiga quyidagi vazifalarni yuklagan: 
- Yagona valuta yaratish va uni boshqarish; 
- yagona iqtisodiy siyosatni, ayniqsa, uning budjet ishlariga taalluqli qismini 
muvofiqlashtirish, nazorat qilish, (o‘rinli topilganda) kuchaytirish; 
- erkin raqobatga asoslangan yag‘ona bozorni tashkil etish va himoyalash; 
- boy va qashshoq mintaqalar o‘rtasida tenglikka intilish hamda (imkon bo‘lgan joylarda) 
mablag‘larni qayta taqsimlash; 
- qonunchilik va tartib-qoidani qo‘llab-quvvatlash; 
- ayrim fuqarolarning tub huquklarini e’tirof egish va rivojlantirish; 
- tashqi ishlarning barcha sohalarini qamrab oluvchi yagona tashqi siyosatni boshqarish. 
1994 yil 26 martda G‘arbiy Yevropa siyosiy-iqtisodiy integratsiya yo‘lida muhim qadam 
qo‘ydi: Yevropadagi 7 davlat (Germaniya, Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, 
Ispaniya, Portugaliya) Shengen bitimini imzoladilar. Bu bitimga ko‘ra, ushbu mamlakatlarning 
hududi "chegaralarsiz makon" deb atalib, quyidagilarni nazarda tutadi: 
- Ushbu mamlakatlarning birortasida berilgan viza boshqalarida ham kuchini 
yo‘qotmaydi; 
- ushbu mamlakatlar shaharlari o‘rtasidagi avia va bo‘lak qatnovlar ichki qatnov 
maqomini oladi va h.k.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mafkuraviy qarashi erkinlashtirish va hamkorlikka 
tayanuvchi xalqaro iqtisodiy tartibni ta’minlashga asoslangan. G‘arbiy Yevropa integratsiyasi o‘z 
taraqqiyotida 4 bosqichni - erkin savdo zonasi, bojxona ittifoqi, yagona bozor va iqtisodiy ittifoq 
bosqichlarini bosib o‘tdi. Hozirgi vaqtda Yevropa valuta tizimi "yevro" yaratilib, valuta ittifoqi 
bosqichi boshlandi. Uning samarali ishlashi qator ichki va tashqi sabablarga bog‘liqdir. "Yevro" 
voqelikka aylanishiga asoslar bor. Lekin bunda muhim bir vaziyatni qayd etib o‘tish kerak: 
Yevropa Ittifoqi "yevro"ni yaratish va joriy etishni tezlashtirdi. Hatto yuzaki taxdillar shuni 
ko‘rsatadiki, Yevropa Ittifoqining barcha a’zo davlatlari ham "kirish chiptasi"ni ololmadilar.
Savol tug‘iladi: u yoki bu guruhga tegishli davlatlarning bir qismi Yevropa valuta 
ittifoqining ancha yuqori darajasida tursa, qolganlari esa Yevropa Ittifoqining past darajasida 
bo‘lsa, unga ko‘ra G‘arbiy Yevropa doirasida integratsiya bir tekis ketmoqda deyish mumkinmi? 
G‘arbiy Yevropadagi bugungi ahvol shundan iboratki, u YEI davlatlarning konfederativ 
hamjamiyati bo‘lib, yagona parlamentga, milliy fuqarolik bilan birga norasmiy ravishda yagona 
fuqarolikka ham egadir; u barcha ishtirokchilarning tashqi siyosiy faoliyagini muvofiqlashgirib 
boruvchi yagona iqtisodiy-ijtimoiy siyosatga ega. Konfederatsiya (ittifoq, birlashma) - davlat 


tuzilishining bir shakli, unda konfederatsiyani tashkil etuvchi davlatlar o‘z mustaqilligini to‘la 
saqlab qoladi, o‘z davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga ega bo‘ladi; muayyan maqsadlarda 
(harbiy, tashqi siyosiy va h.k.) o‘z harakatlarini muvofiqlashtirib turish uchun maxsus birlashma 
organlarini tashkil etadilar.
Federatsiya (ittifoq, birlashma) - davlat tuzilishining bir shakli, unda davlat tarkibiga 
kiruvchilar - federal birliklar - federatsiya a’zolari (masalan, o‘lkalar, shtatlar va h.k.) o‘z 
Konstitutsiyasiga, qonun chiqaruvchi, ijroiya, sud organlariga ega bo‘ladi. Ayni paytda davlat 
hokimiyatining yagona ittifoqdosh - federal organlari tashkil etiladi, yagona fuqarolik, yagona 
pul birligi va h.k. joriy etiladi (masalan, AQSH, Shveysariya, Hindiston, GFR va boshqalar). 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish