Korporativ boshqaruv fanining predmeti, maqsad va vazifalari
O’zbekiston Respublikasida korxonalarni aksionerlashtirish jarayonida joriy etiladigan korporativ menejment usullari avval- boshidanoq quyidagi asosiy maqsadlarni ko‘zladi:
korxonalar faoliyatining iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini boshqaruv sohasida ularning mustaqilligini ta’minlash hisobiga yaxshilash;
milliy moliya bozorining (kapital, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk bozorlari) turli bo‘g‘inlarini rivojlantirish hamda aholining korxonalar kapitalidagi ishtirokini kengaytirish;
ichki bozorni turli mahsulotlar bilan to‘ldirish va mahalliy korxonalarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish maqsadida raqobatdosh bozor muhitini yaratish;
korxonalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfelli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadli tamoyillarning aksariyati aksiyadorlik korxonalar ishi amaliyotida muvaffaqiyatli joriy etilmoqda, ammo bu jarayon yanada tizimli yondashuvni taqozo etadi. Aks holda, korporativ boshqaruv usullarining joriy etilishi jilovlanib, ko‘pchilik aksiyadorlarda ularning asl salohiyati haqida noto‘g‘ri fikr paydo bo‘ladi.
Korporativ boshqaruvning vazifalariga quyidagilarni kiritish maqsadga muvofiqdir:
aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibardorligini oshirish;
aksiyalar narxining o‘sishi orqali uzoq muddatli iqtisodiy qiymatning jamg‘arilishi;
jamiyatning rivojlanish strategiyasini aniqlash va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
-aksiyadorlik jamiyatlari biznes - rejalarini tasdiqlash va ular bajarilishini nazorat qilish va faoliyatning boshqa muhim masalalarini hal qilishdan iboratdir.
Korporativ boshqaruv tizimi - korporatsiya o‘z aksiyadorlari manfaatlarini ifodalashi va himoya qilishi lozim bo‘lgan tashkiliy modelni ifodalaydi. Bu aksiyadorlar, direktorlar kengashi, menejerlar va boshqa manfaatdor tomonlarning (xodimlar, kreditorlar, mahalliy hukumat, jamoat tashkilotlari) o‘zaro aloqa tizimi bo‘lib, undan maqsad amaldagi qonunchilikka rioya qilib, xalqaro andozalarga muvofiq foydani oshirish hisoblanadi.
Motivatsiyalash
Rasm. 3. Korporatsiyalarni boshqaruv sikli
Korporatsiyalar o‘z navbatida, davlat oldida korxonalarning, masalan yagona soliq to‘lovchi vakolotxonalari sifatida ishtirok etishi mumkin. Har qanday korporativ birlashma faoliyat kursatish maqsadiga ega buladi va ushbu maqsadga erishishda boshqarishni bosqichma bosqich amalga oshiradi. Buni biz qo‘yidagi rasmda kurib o‘tamiz. (Rasm.4).
Rasm. 4. Boshqarish bosqichlarini maqsadli amalga oshirish Nizom kapitali va boshqaruv organlari nuqtai nazaridan tashkiliy-
huquqiy shakllar tavsifini qo‘yidagi jadvalda izohlaymiz.(1.Jadval).
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |