O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rimni Italiyani bosib olishi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Rimni Italiyani bosib olishi 
Rimdan etrusk podsholari haydalgandan keyin 
qisqa bir davrda Rimning Latsiy viloyatidagi 
yetakchilik roli pasaydi. O’sha vaqtda rimliklar 
qo’shinlari Sabin, Ekv, Vol’sk, Tuskul boshchiligidagi 
Latin shaharlari ittifoqi bilan uzoq urushlar olib 
borishlariga to’g’ri keldi. Faqatgina er. avv. 493 
yildagina Rim va boshqa latin shaharlari bilan 
mudofaa ittifoqi tuzishga erilishdi. Bu ittifoq er. avv. 
V asr davomida saqlanib qoldi va rimliklarni bir 
qancha qo’shni viloyatlarni bosib olishiga qulay 
shart-sharoit yaratdi.
Qo’shni hududlarni bosib olishi natijasida Rimning 
hududi ancha kengaydi. Urushlar natijasida qo’shnilar 
hisobidan Rim shahri tribiga 17 qishloq tribi qo’shib 
olindi. Er. avv. 396 yilda etrusk shahri Veyini bosib 
olinishi bilan ularning soni 25 taga etdi. 
Er. avv. 390 yil Alp tog’lari orqali po vodiysini 
egallagan gall qabilalaridan biri senonlar yo’lboshchi 
Brenn boshchiligida Etruriyaga bostirib kirdilar. Rim 
etrusklarga harbiy yordam bermadi, lekin rimliklar 
gallarga elchilarini yubordilar. Elchilar gallar bilan 
dumoqdorlik bilan gaplashib ziddiyat keltirib 
chiqardilar. Gallar etrusk shahri Kluziy qamalini 
tashlab Rimga yurish qildilar. Ular Rimni urushsiz 
egalladilar, uni talab yondirib yubordilar. Rimliklar 


746 
yana 7 oy Kapitoliyni himoya qildilar, lekin oxir-
oqibatda gallarga oltin bilan katta miqdorda tovon 
to’lashga majbur bo’ldilar (rivoyatlarga ko’ra aynan 
shu vaqtda Brenn “yengilganlarni holiga voy!” 
mashhur so’zini aytgan).
Rimni zaiflashganidan qo’shni latin, vol’sk, ekiv 
va etrusklar foydalandilar. Rim lotin ittifoqi (er. avv. 
384-yilda uning a’zolari 47 latin jamoasi bo’lgan edi) 
yana tarqalib ketdi. Rim lotin shaharlarini yana qayta 
kuch bilan bo’ysundirishga majbur bo’ldi. Lotin 
ittifoqi faqat 32 yildan keyingina rimliklar tomonidan 
qayta tiklandi. Er. avv. IV asr o’rtalarida Rim kuchli 
qo’shin bilan Italiyani bir qancha hududlarini egallab 
oldi.
Er. avv. IV asr o’rtalarida Rim respublikasi faqat 
Latsiya viloyatida emas, balki butun markaziy 
Italiyada kuchli davlatga aylandi. Er. avv. IV asr 
boshlarida Rim boshchiligidagi latin ittifoqi bilan 
janubiy Apenninda samnit qabilalari tuzgan samnit 
ittifoqi bilan kuchli qarama – qarshiliklar boshlandi.
Rim uzun nayza va to’g’ri to’rt burchakli qalqonlar 
bilan qurollangan dovyurak tog’li qabilalar samnitlar 
bilan urush boshladi. Rimning samnit urushlari latin 
ittifoqining barcha qatnashchilari uchun og’ir 
majburiyat bo’ldi. Samnit urushidan faqat Rim foyda 
ko’rdi, rimliklar samnitlardan bir qism yerlarni tortib 
oldilar. Latin shaharlari bunday adolatsizlikka chiday 
olmay, Rim bilan urush boshladilar, lekin ular 


747 
yengildilar. Natijada Latin ittifoqi tugatildi. Shundan 
so’ng rimning samnitlar bilan kurashi qayta boshlanib 
bir necha o’n yillarga cho’zilib ketdi. Urush faqatgina 
er. avv. III asr boshlarida tinchlik shartnomasi bilan 
tugallandi. Samnit qabilalari o’z mustaqilliklarini 
saqlab qoldilar, ammo Rim hududi Kampaniya, 
Lukaniya va Apulyagacha kengaydi. Bu yerlarda Rim 
koloniyalari barpo etildi.
Oradan o’n yil o’tgach janubiy Italiyadagi yunon 
shahri Tarent Rim elchilarini haqoratlashda ayblanib, 
Rim Tarentga qarshi urush e’lon qildi. Tarent Epir 
podshosi Pirrni yordamga chaqirdi. Pirr jangovar fillar 
bilan Janubiy Italiyaga bostirib kirib Gerakleya va 
Auskul yonidagi ikki jangda rimliklarni tor – mor 
qildi.
Er. avv. 275 yilda esa Benevent yonida rimliklar 
Pirr qo’shinlarini yanchib tashladilar. Bir necha yildan 
so’ng Tarent shahri va u bilan ittifoqchi bo’lgan 
samnitlar, lukanlar va Bruttiya shahri aholisi rim 
hokimiyatini tan olishga majbur bo’ldilar. Er. avv. 
265-yilda rimliklar etrusklarni markazi bo’lgan 
Volsiniya shahrini bosib oldilar. Natijada butun 
Apennin yarimoroli Po vodiysigacha Rim respublikasi 
tarkibiga kirdi.
Bosib olingan joylarni aholisi cheklangan Rim 
fuqaroligi sine suffragio (xalq yig’inida ovoz berish 
huquqidan mahrum) huquqini oldi. Bu o’z – o’zini 
boshqarish huquqidan va jamoa yig’inlarida ovoz 


748 
berish huquqidan mahrum bo’lish demak edi. Shahar 
ishlarini rimdan yuborilgan prefekt boshqarar edi.
Rimliklar Italiyadagi bosib olingan yerlar aholisini 
turli huquqlarga ega bo’lgan toifalarga bo’ldilar. Faqat 
Rim fuqarolari patritsiylar va plebeylar hamda Rimga 
qo’shib olingan latin shaharlari, Rim shahriga doimiy 
ko’chib o’tgan barcha latinlar huquqlardan 
foydalanishlari mumkin edi. Rim qonunlari bo’yicha 
nikoh o’qitish, mulkini erkin tasarruf qilish, o’z 
moddiy manfaatlarini himoyasi uchun sudga murojaat 
qilish, yig’inlarda ovoz berish va mansablarni 
egallashi mumkin edi. Bu to’la huquqli fuqarolar Rim 
triblariga doimiy birkitilgan edi. Bundan tashqari 
Italiyaning turli muhim strategik markazlaridagi rim 
koloniyalarining aholisi ham to’la huquqli fuqarolar 
hisoblandi. Koloniyalar o’z – o’zini boshqaruvga ega 
edi. 
Cheklangan huquqlarga ega fuqarolar toifasi 
(“tsives sine suffragio”) ham mavjud edi. Ular Rim 
odati bo’yicha nikoh bitimi tuzishlari, o’z mulklarini 
tasarruf qilish huquqiga ega edilar, lekin Rimda 
mansablarni egallash va ovoz berish huquqidan 
mahrum edilar. Bunday cheklangan huquqlarga ega 
shaharlar munitsipiylar deb atalar edi. Ularning 
ba’zilari Rimdan yuborilgan prefekt tomonidan 
boshqarilar edi.
Ozod qo’yilgan qullar Rim qonuni bo’yicha ochiq 
nikoh o’qitishlari mumkin emas edi. Ular faqat tribat 


749 
komisiyalarida ovoz berish huquqiga ega edilar. 
Munitsipiylar aholisi huquqiy mavqeilariga ko’ra latin 
koloniyalari aholisiga yaqin turar va latin huquqiga 
ega edilar. Munisipiylar boshqaruvda avtonom bo’lib, 
o’z tangalarini zarb qilish huquqiga ega edilar. 
Rimliklar bunday munsipiylardan yordamchi harbiy 
qism-kogortalar olish majburiyatini o’tashni talab 
qilar edilar.
Italiya aholisining “sotsii” (ittifoqchilar) deb 
atalgan yana bir toifasi rim bilan yanada zaifro q 
bog’langan edi. “Tsvitates federat” huquqidagi 
ittifoqchi shaharlar ham Rimga qo’shinlar bilan 
yordam berishlari shart edi. Lekin ular o’zlarining 
cheklangan davlat suverenitetini saqlab qoldilar, 
ularga Rimni ruxsatisiz shartnomalar tuzish, mustaqil 
tashqi siyosat yuritish, o’z tashabbusi bilan urush olib 
borish ta’qiqlangan edi. Janubiy Italiyadagi yunon 
shaharlari Rim ittifoqchilarini alohida toifasini tashkil 
etar edi. Ular Rimga faqat harbiy flot bilan yordam 
berish majburiyatini olgan edilar. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish