O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Rim iqtisodiyoti. Klassik qulchilik



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Rim iqtisodiyoti. Klassik qulchilik 
munosabatlari 
Rim-italiya xo’jaligida klassikm qulchilik 
munosabatlarini kirib kelishi chuqur o’zgarishlarga 
olib keldi. Qishloq xo’jalik rivojlanishida o’sish 
boshlandi. Uzumchilik, zaytun dsaraxtlari o’stirish, 
bog’dorchilik-sabzavotchilik rivojlandi. Yunoniston 
Kichik Osiyo va Afrikadan uzumning yangi navlari, 
mevai daraxtlar keltirildi, qishloq xo’jalik mehnat 
qurollari turlari ko’paydi. G’allachilik takomilllashdi, 
sifatli bug’doy ekilib, hosildorlik o’sdi. Yerlarga 
ishlov berish, o’g’itlash va boshqa agrotexnika 
qoidalariga rioya qilina boshlandi. Chorvachilikda 
ham muhim o’zgarishlar yuz berdi. Chorvachilik va 
parrandachilik o’sha vaqtda eng daromadli sohalarga 
aylandi. Qishloq xo’jaligini o’sishining asosiy 
sabablari qulchilikni keng tadbiq qilinishi, Tovar 
ishlab chiqarish xo’jaligini tashkil qilinishi, kichik 
xo’jaliklardan katta ekin maydonlarida xo’jalik 
yuritish edi. Qishloq xo’jaligida bu davrda xo’jalikni 
asosiy yetakchi turi bir necha yuz yuger yer va unga
10, 20 qullar ishlaydigan quldor xo’jaligi edi. Bular 
o’rta quldor xo’jaligi hisoblanib bozorga mahsulot 
ishlab chiqarar edi (villa). Villalar bilan bir qatorda 


763 
erkin qishloq dehqonlari kichik xo’jaligi keng 
tarqalgan edi. Dehqon 10-30 yuger yerga o’z oilasi
bilan ishlab, ba’zida bir yoki ikki qul mehnatidan 
foydalanar edi.
Italiyada hunarmandchilikning gullab-yashnashi 
er. avv. II-I asrlarga to’g’ri keladi. Rim va boshqa 
shaharlarda kichik ustaxonalar (ergasteriylar)da 10-20 
hunarmand ishlar edi. Qul mehnatidan keng 
foydalanila boshlandi. Hunarmandchilikda ozod 
qo’yilgan qullar mehnati ham sezilarli o’rinnni 
egalladi, ularning o’zlari ham uncha katta bo’lmagan 
ustoxonalarga ega edilar. Hunarmandchilikning 
rivojlanishi metal, tosh, yog’och, jun, teri, shisha va 
qurilish matyeriallariga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirdi. 
Sardiniya va Ispaniyada temir qazib chiqarish keng 
yo’lga qo’yildi. Tog’-kon va metal quyishda yangi 
texnik o’zgarishlar amalgam oshirildi. Shaxtalar 150 
m.gacha chuqurlikda ishlana boshlandi. Ventilyatsiya, 
Arximed vinti, kondan suvni qochirish g’ildiragidan 
foydqalanila boshlandi.
Yunonistondan marmar, Misrdan granit import 
qilindi, Italiyani o’zida, shimoliy Etruriyada marmar 
qazib olina boshlandi. Qurilish materiallari taqchil 
bo’ldi, arzon, qulay, mustahkam qurilish materialiga 
ehtiyoj o’sdi. Er. avv. II asrda rimliklar bu talablarni 
qondiradigan qurilish xom ashyosi betonni kashf 
qildilar. Rimliklar pishirilgan g’isht ishl0ab 
chiqarishni keng yo’lga qo’ydilar. Er. avv. II-I 


764 
asrlarda ma’lum ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 
yirik hunarmandchilik markazlari shakllandi: Putiola-
temirni qayta ishlash, Kapuya-jez va qo’rg’oshin 
quymalari bilan, Minturin va Kaliy-qishloq xo’jalik 
qurollarinitayyorlash, Arretsiy-kulolchilik, Tarent, 
Kanuziy-jun mahsulotlari ishlab chiqarish bilan 
shuhrat qozondilar.
Rimliklar fuqarolik va injener memorchiligini 
rivojlantirdilar. Rim suv quvurlari, ko’priklari, 
termalari, amfiteatrlari, portlar, rimdagi ko’p etajli 
uylar me’morchilik va qurilishning eng yaxshi 
yutuqlari asosida bunyod qilindi.
O’rtayerdengizi savdosi gullab-yashnadi. Rim 
Putiola, Sirakuza eng yirik savdo markazlari bo’lib 
qoldilar. Kemasozlik, dengizchilik rivojlandi, 200 
tonnagacha yuk ortiladigan savdo kemalari paydo 
bo’ldi. Qo’shimcha yelkanlar, kema boshqaruvi
mayoqlar, gavanlar qurildi. Dengiz savdosi bilan hatto 
savdo qilish man etilgan nobillar ham shug’ullana 
boshladilar. Ular qonunni chetlab o’tib dengiz 
savdosi bilan vositachilar va o’zlarining ozod 
qo’yilgan qullaridan foydalandilar.
Quruqlikdagi savdo ham katta ahmiyatga ega 
bo’ldi. Shahar va qishloqlar o’rtasida nten almashuv 
maxsus qurilgan shahar bozorlarida, viloyatlar aro 
yarmarkalarda ntensi oshirildi. Viloyatlar o’rtasida 
aloqalarni mustahkamlanishi Italiyada puxta qurilgan 
qurilish san’atining noyob yutuqlari bo’lgan yo’llarni 


765 
qurilishiga sabab bo’ldi. Yo’llar tosh to’shalgan 
mustahkam to’g’ri bunyod qilinib, boshda Italiyani 
keyinchalik provinsiyalarni qamrab oldi. Rim 
shahridan o’tadigan eng yirik yo’llar Italiyaning 
barcha viloyatlari va undan tashqari cho’zilib ketdi. 
Rim forumida oltin suv yuritilgan ustun qo’yilib, 
undan Italiyani bosh yo’llarini masofasi hisoblash 
boshlandi. Ana shu yerdan “barcha yo’llar Rimga 
boradi” aforizmi tug’ildi.
Rim savdosining o’sishi tanga miqdorini 
ko’paytirishni talab qildi. Rimning sestersiy va 
denariy kumush tangalari tezda O’rtayerdengizi 
havzasida asosiy valyuta o’rnini egallab, boshqa 
tangalarni siqib chiqardi.
Qul asosiy ishlab chiqaruvchiga aylandi. 
Quldorlik xo’jaligi bozor uchun mahsulot ishlab 
chiqarishga ixtisoslashib tobora ko’proq mahsulot 
ishlab chiqarish uchun qul mehnatidan keng 
foydalandi. Qullarning ijtimoiy va huquqiy ahvoli 
yomonlashdi. Qul buyumga, hayvonga tenglashtirildi. 
Xo’jayinnning mutlaq hukmronligiga o’tib, qulni 
o’ldirish, yirtqich baliqlar va yovvoyi hayvonlarga 
yem qilish mumkin edi. Rim jamiyatida qullarga 
bo’lgan ehtiyoj muntazam bo’lib, u turli xil 
manbalardan to’ldirildi. Ko’pgina urushlar Rimga 100 
minglab asirlarni olib kelishga sabab bo’ldi. Karfagen 
yurishlaridan sarkarda konsul Regen Rimga 20 ming 
asirni qul qilib jo’natdi. Er. avv. 209-yilda Tarent 


766 
ishg’oli vaqtida 30 ming aholi qul qilindi, Agregant 
qamali vaqtida 25 ming asir olindi. Er. avv. 167-yilda 
Epir shaharlari qamal qilinganda 150 ming kishi qul 
qilib sotib yuborildi. 
Rimning har bir katta shahrida qul bozori mavjud 
bo’lib, bu yerda har qanday fuqaro qulni sotishi yoki 
olishi mumkin edi. O’rtayerdengizidagi eng katta qul 
bozorlari Delos (Egey dengizi) orolida, Akvileya 
shaharlarida (shimoli-sharqiy Italiya), Tanais (Don 
daryosi yuqori oqimi)da muntazam mavjud edi. Delos 
qul bozorida bir kunda 10 minggacha qul sotilar edi.
Bozorga kiritilgan qullar miqdoriga qarab uning narhi 
o’zgarib turar edi. Urushda olingan asirlar qul 
bozorida avuksiondan kvestor tomonidan sotilgan.
Rim fuqarolari uchun qarzi uchun qul qilish er. 
avv. 326-yilda qonun bilan bekor qilingan edi. Biroq 
Italiyaning va provinsiyalarning Rim fuqaroligi 
bo’lmagan aholisi uchun qarzi uchun qul qilish o’z 
kuchini saqlab qoldi. Provinsiyalarda rimlik 
soliqchilar aholiga katta foizda qarz berib, ularni qul 
qildilar. Qullarni safini to’ldirishni yana bir manbasi 
ularni tabiiy ko’payishi edi. Cho’ri qullar bolalarini 
ko’paytirish va tarbiyalash ba’zi quldorlar tomonidan 
rag’batlantirilar edi. Go’dakligidan qullikda 
tarbiyalangan qullarning bolalari kasb-hunarga 
o’rgatilgan bo’ysunuvchan bo’lganligi uchun yuqori 
baholanar edi. Yana bir manba dengiz qaroqchilari 
dengizlarda kemalar qirg’oq yaqin shahar 


767 
qishloqlarini talab, o’z qurbonlaeini qulchilikka sotar 
edilar. Ba’zi yillarda qaroqchi piratlar bir necha yuz 
ming qullarni bozorga yetkazib berar edilar.
O’rtayerdengizi havzasida yuz yil davomida olib 
borilgan bosqinchilik urushlari natijasida Rim kichik 
shahar davlat doirasidan chiqib, O’rtayerdengizining 
eng qudratli davlatiga aylandi. Bu mamlakat 
iqtisodiyotiga va Rim jamiyat hayotining boshqa 
sohalarida ham o’zgarishlarga olib keldi. Ayniqsa
iqtisodiyotda muhim o’zgarishlar yuz berdi. 
Bosqinchilik urushlari natijasida Rimga moddiy 
boylik, pul mablag’lari, qullar oqib keldi. I puni 
urushidan so’ng rim xazinasiga 3200 talant kirim 
bo’ldi. II puni urushidan so’ng Karfagenning to’lov 
puli 10 ming ntens, Antioxga yuklangan tovon 
to’lovi 15 ming talantni tashkil etdi. Rim 
sarkardalarini harbiy o’ljalari behisob edi. 
Makedoniya podshosi Perseyni g’olibi Emiliy Pavelni 
Rimga zafarli kirishida, bosib olingan qimmatbaho 
qurollar, san’at asarlari, oltin, kumush bilan to’la katta 
xumlar jang aravalarida uch kun davomida olib 
o’tildi. Antiox ustidan g’alaba natijasida harbiy o’lja 
sifatida 1280 fil tishi, 234 oltin chambar, 187 ming 
funt kumush (1 rim funti 327 gramm), 224 ming 
yunon kumush tangasi, 140 ming makedon tilla 
tangasi, ko’p miqdordagi zargarlik buyumlari rim 
xazinasiga kelib tushdi. Er. avv. II asrgacha Rim 
kumush tangaga ehtiyoj sezmadi, bu istilolar ayniqsa 


768 
ispan kumush konlarini bosib olinishi Rim davlatini
o’z pul tizimini kumush bilan ta’minlash imkoniyatini 
yaratdi. Bu Rimda savdo, moliya-sudxo’rlik kapitalini 
rivojlanishiga turtki bo’ldi. Rimda turli jamoat 
ishlarini, provinsiyalarga soliqlarni ijaraga olgan 
moliyachi tadbirkorlar paydo bo’ldi. 
Ma’lumotli qullar yoki malakali qullar 
(o’qituvchi, aktyor, oshpaz, raqqosalar)ni bahosi juda 
baland turar edi. 
Italiya qishloq xo’jaligi mamlakati bo’lib 
qolaverdi, qullar asosan qishloq xo’jaligida ishlatildi, 
qullar asosan qishloq xo’jaligida tog’-kon, 
metallurgiya va qurilishda foydalanila boshlandi. 
Bosib olingan hududlar tepasida pretor yoki 
konsullar turgan Sitsiliya, Sardiniya, Yaqin va Uzoq 
Ispaniya provinsiyalari tashkil qilindi. Rimda konsul, 
pretor lavozimlarini egallagan zodagonlar keyin 
provinsiyalarga noib bo’lar edilar. Noiblar 
provinsiyalarda harbiy va sud hokimiyatini o’z 
qo’llariga to’pladilar. Provinsiyalar noibni, uni 
amaldorlari va qo’shinlarini moddiy jihatdan 
ta’minlashi kerak edi. Noiblar o’z mansablarini 
suiste’mol qilib, shaxsiy boylik orttirish uchun 
provinsiyalarini talon – taroj qildilar. Shu sababli 
er.avv. 149 yil Rimda provinsiya noiblarining talon 
tarojlariga, suiste’mollariga qarshi senator trubinallari 
tashkil qilindi. Bu maxsus sudlarga provinsiyalarning 
noiblaridan jabr tortgan kishilari murojaat qilishi 


769 
mumkin edi. Provintsiyalar aholisi uchun yana bir 
kulfat bu Rimliklarning soliq to’lashdagi 
tovlamachiliklari bo’ldi. Rim noiblari soliq yig’ish 
huquqini xususiy kishilar “publikanlarga” topshirdilar. 
Ular soliq summasini ma’lum bir miqdorda Rimga 
to’lab, keyin uni mahalliy aholidan bir necha barobar 
ko’paytirib yig’ib oldilar. Bu kishilar bilan asosan 
moliya zodagonlari bo’lgan yangi suvoriylar 
qatlamining vakillari shug’ullandi. 
Rim davlati bo’ysundirilgan xalqlarning yerlarini 
bir qismini tortib oldi. Oltin va kumush, tuz, tosh 
konlari va o’rmonlar Rim davlati ixtiyoriga o’tdi. 
Katta miqdordagi urush tovonlarini asirlarni qul qilib 
sotishdan kelgan daromadlar, harbiy o’ljalar Rimni 
nten dunyoda eng katta moliyaviy markazga 
aylantirildi. 
Ayniqsa Rim respublikasida nte hokimiyat egasi 
bo’lgan nobilitet yanada boyib ketdi. Nobillarni 
boyligining asosi bu yirik yer egaligi edi. Nobillar 
qo’shin qo’mondonlari yoki provinsiyalar noiblari 
sifatida katta miqdorda boylik to’pladilar. 
Er. avv. 218 yilda qabul qilingan alohida qonun 
bo’yicha senatorlar savdo va moliya ishlari bilan 
shug’illanishlari ta’qiqlab qo’yilgan edi. Shu sababli 
zodagon senatorlar ko’p miqdorda yer maydonlarini 
sotib oldilar, yirik xo’jaliklar tashkil qilib, qullar 
mehnatidan foydalanib, yuqori daromad oldilar. 
Nobillarni iqtisodiy – siyosiy qudrati zodagonlarni 


770 
tashqi ko’rinishida ham aks etdi; ular keng qizg’ish 
yo’lli tunuka va maxsus poyafzal kiyar, hamda 
qo’llariga maxsus senator uzugini taqar edilar. Bu 
ularning Rim jamiyatining boshqa qatlamlaridan 
ajratib turadigan ramziy belgi edi. 
Mashhur tarixchi yunon Polibiy Rimda birinchi 
marta senatorlikni qurib, ularni ulug’vorligidan 
hayratda qolgan edi. Polibiy senatorlarni podsholar 
bilan tenglashtirdi. Nobillar “oddiy” fuqarolarni 
davlatda nte mansablarni egallashlariga, eng avvalo 
konsullik mansabiga yaqinlashtirmaslikga harakat 
qilar edilar. Er. avv. 180 yilda qabul qilingan qonun 
nobillar harakatlarining natijasi edi. Ushbu qonunga 
ko’ra Rim fuqarosi uchun mansabga erishish o’n 
yillik harbiy xizmatdan so’ng, 28 yoshdan boshlanishi 
lozim edi. Dastlab kvestor, keyin kuril edili, shundan 
so’ng 40 yoshdan keyin pretorlikni olish mumkin edi 
va 43 yoshdagi shuhratparast rimlik fuqaro konsul
mansabiga da’vo qilishi mumkin edi.
Nobillar kam sonli ijtimoiy qatlam bo’lishlariga 
qaramasdan yuz yillar davomida davlat 
hokimiyatining 
nte mansablarini faqat o’zlari 
egallab turdilar. Ular mamlakat miqyosida o’z obro’-
e’tiborlarini kuchaytirish maqsadida Italiya munitsipiy 
boy zodagonlari bilan yaqin aloqada bo’ldilar, 
o’zlariga xizmat qiladigan ko’p sonli klientlarni 
ushlab turdilar. Rim magistraturasiga faqat o’z 
toifalariga yaqin bo’lgan kishilarni qo’ydilar. Bir 


771 
necha patritsiy oilalari yuz yillar davomida rimga 
senatorlar, konsullar, tsenzorlar va boshqa nte 
mansabdorlarni yetkazib berar edilar. Oliy 
mansablarni egallash uchun zodagon oilalar bir – 
birlari bilan ittifoq tuzdilar, bir – birlariga 
mansablarini egallash uchun saylovlarda yordam berar 
edilar. 
Rimning istilochilik urushlari davrida jamiyatning 
yangi imtiyozli tabaqasi suvoriylar paydo bo’ldi. 
Suvoriylar soliqlar yig’ish, qo’shin ta’minoti va 
sudxo’rlik ishlari bilan shug’ullanib boyib ketdilar. 
Qul mehnatiga asoslangan Rim zodagonlarining 
yirik pomest’e-latifundiyalari paydo bo’lishi bilan 
Italiyada qulchilik klassik shaklga kira boshladi. Yirik 
latufindiyalarni g’alla va boshqa mahsulot ishlab 
chiqadigan xo’jalikka aylanishi bilan minglab kichik 
yer egalari ular bilan raqobat qila olmay xonavayron 
bo’ldilar. Qullarning mehnati juda arzon, o’zlari esa 
qadrsiz edilar.
Qul mehnatidan ommaviy tarzda foydalanish, 
provinsiyalardan arzon g’allani keltirilishi Italiya 
dehqon xo’jaligini izdan chiqardi. Dehqonlar g’alla 
o’rniga uzum va zaytun daraxtlarini o’stira 
boshladilar. Bog’dorchilik, polis-sabzavotchilik keng 
rivojlandi. Vinochilik tez orada katta daromad keltira 
boshladi. Dehqonlar xonavayron bo’lib katta 
shaharlarga keta boshladilar va Rim hokimiyatidan 


772 
tekin non va tomosha talab qila boshladilar. Ularning 
ba’zilari senatorlarning klientlariga aylandilar.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish