O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Mustaqil ish mavzulari 
Rim-samnit urushlari 
Er. avv. VI-III asrlarda yer egaligi munosabatlari 
Er. avv. VI-III asrlar rim magistraturasi 
Er. avv. VI-III asrlarda sinfiy-toifaviy kurash 
Reyting savollari 
1.
So’ngi 
Rim 
podshosi kim edi? 
A)Romul 
B)Tarkviniy 
Qadimgi 
S)Serviy Tulliy 


752 
D)Tarkviniy Magrur 
E)Roma 
2.
Pretor qanday 
ma’noni anglatadi? 
A)oldinda yuruvchi 
ma’nosini 
B)muovin ma’nosini 
S)konsul ma’nosini 
D)oqsoqollar 
kengashini 
ma’nosini 
E)kvestor ma’nosini 
3.
“Sine suffragio”
atamasining 
ma’nosi nima? 
A)xalq yig’inida, 
ovoz berish huquqi 
B)o’z – o’zini 
boshqarish huquqi 
S)xalq yig’ini va o’z 
–o’zini boshqarish 
huquqidan mahrum 
bo’lish 
D)senatorlarni 
saylash huquqi 
E)A va B 
4.
Samnit ittifoqi 
qachon tuzilgan? 
A)er.avv. 509 yilda 
B)er.avv. 387 yilda
S)er.avv. II asrning 
2-yarmida 
D)er.avv. III asrning 
oxirida 
E)er.avv. IV asrning 
boshlarida 
5.
Setsessiya nima? 
A)patritsiylarning 
Rimdan 
chiqib 
ketishidir 
B)plebeylarning 
Rimdan “Muqaddas 
toqqa” 
chiqib 
ketishiga aytiladi 
S)Plebey 
zodagonlari toifasini 
anglatadi 
D)plebeylarning 
patritsiylardan 
ustunligini 
bildiruvchi atama 
E)A va D 
6.
Ilk respublika 
davrida Rimning 
pul birligi nima 
edi? 


753 
A)solit edi 
B)mis va kumushdan 
yasalgan tanga edi 
S)ass edi 
D)tsena edi 
E)qoramol edi 
7.
“Ager publikus” 
nima? 
A)jamoa yerlari 
B)davlat yerlari 
S)podshoning 
shaxsiy yerlari 
D)harbiy xizmat 
uchun
beriladigan yerlar 
E)yerni 
ijaraga 
berish 
8.
Munitsipiylar 
bu……….. 
A)cheklangan 
huquqqa 
ega 
shaharda 
yashovchilar edi 
B)erkin kishilar edi 
S)barcha huquqlarga 
ega bo’lgan erkin 
kishilar edi 
D)cheklanmagan 
huquqqa ega bo’lgan 
kishilar edi 
E)S va D 
9.
Cheklangan 
huquqqa 
ega 
bo’lgan fuqarolar 
toifasi nima deb
atalgan? 
A)Ager publikus 
B)Sine suffragio 
S)Tsvisine suffragio
D)Pater families 
E)qaram kishilar 
10.
Er.avv. 507 yil 
Rim 
tarixida 
qanday voqea 
bo’lgan? 
a)diktatorlar saylana 
boshlandi 
b)Rim 
“Samnit 
ittifoqi” bilan kurash 
boshladi 
c)gallar 
Rimga 
bostirib kirdi 


754 
d)birinchi konsul 
saylandi 
e)plebeylar 
va 
patritsiylar o’rtasida 
kurash boshlandi 
11. Rimning so’ngi 
podshosini ayting? 
A) Tarkviniy Mag’rur 
B) Tsenturiy 
S) Sezar 
D) Tarent 
E) Sirakuza 
12. Rimga qachon ilk 
respublika o’rnatildi? 
A) 509-yilda 
B) 510-yilda 
S) 505-yilda 
D) 515-yilda 
E) 547-yilda 
13. Italiyada er. avv. VI 
asrda dengiz savdosiga 
…… tortildi. 
A) Rim 
B) Eron 
S) Bobil 
D) Yunoniston 
E) Populoniya 
14. Er. avv. IV asrda 
Rim pul birligi 
……paydo bo’ldi. 
A) mis ass 
B) tribun 
S) plebey 
D) qarz 
E) tanga 
15. Er. avv. III asrda 
Rimda qanday pul birligi 
paydo bo’ldi? 
A) kumush tanga 
B) sestersiy 
S) denariy 
D) mis ass 
E) qog’oz pul 
16. Er. avv. 390-yil Alp 
tog’lari orqali Po 
vodiysini egallagan 
qabilani ayting? 
A) gall qabilasi 
B) esk qabilasi 
S) etrusk qabilasi 
D) german qabilasi 
E) osk qabilasi
17. Gall qabilalaridan 
biri 
senonlar 
yo’lboshchisi…... 


755 
boshchiligida Etruriyaga 
bostirib kirdilar? 
A) Brenn 
B) Tarkviniy 
S) Kluziy 
D) Iskandar 
E) Doro
18. Gallar Etrusk shahri 
qamalini tashlab, kim 
boshchiligida Rimga 
yurish qiladilar? 
A) Doro 
B) Yevmen 
S) Gera 
D) Veyi 
E) Yupiter 
19. Rimliklar necha oy
Kapitoliyni 
himoya 
qildilar? 
A) 7 oy 
B) 9 oy 
S) 8 oy 
D) 6 oy 
E) 5 oy 
20. Er. avv. 275-yilda 
Benevent 
yonida 
rimliklar 
kimlarni 
yanchib tashladilar? 
A) Pirr qo’shinlarini 
B) Tarent qo’shinlarini
S) 
Volsiniya 
qo’shinlarini
D) Samnit qo’shinlarini
E) Etrusk qo’shinlarini
21. Etrusklarni bosh 
markazi 
bo’lgan 
shaharni ko’rsating? 
A) Volsiniya 
B) Kapuya 
S) Veya 
D) Pompeya 
E) Sirakuza 
22. Tarent shahri Rim 
bilan urushda kimni 
yordamga chaqirdi? 
A) Pirrni 
B) Litsiniyni 
S) Tarkviniyni 
D) Iskandarni 
E) Gannibalni 
23. Rimliklar qachon 
Volsiniya shahrini bosib 
oldilar? 
A) er. avv. 265-yilda 
B) er. avv. 270-yilda 
S) er. avv. 275-yilda


756 
D) er. avv. 277-yilda 
E) er. avv. 189-yilda 
24. Sinesufragion-
……….. 
A) 
o’z-o’zini 
boshqarishdan mahrum 
bo’lish 
B) aldanish 
S) mustaqil bo’lish 
D) o’zini boshqara bilish 
E) xiyonat 
25. Sotsii-…….. 
A) ittifoqchilar edi 
B) hamkorlar edi 
S) dushmanlar edi 
D) toifalar edi 
E) dehqonlar edi. 
Rim o’rtayerdengizi davlati
(Er. avv. III-I asrlar) 
 
Rim-karfagen urushlari 
Rimliklar Italiyani bosib olishni tugallash davrida 
Karfagen manfaatlari bilan to’qnashdi. Ikki davlatning 
raqobati uchun asosiy sabab boy Sitsiliya edi. 
Karfagenliklar orolning g’arbiy iqsmida qadimdan 
o’rnashib, bu yerda Lilibey, Drepana va Panorm 
bazalarini qurdilar. Uzoq vaqt Rim va Karfagen er. 
avv, 348, 306 va 279-yillarda tuzilgan savdo 
shartnomalari bilan tinchlik munosabatlarini saqlab 
turdilar. Rim apinnen yarim orolini bo’ysundirish 
bilan band bo’lgan paytda Karfagen esa Shimoliy 


757 
Afrikani bosib olish vaqtida ularning manfaatlari 
to’qnashmadi, ammo rimliklar janubiy Italiyaga 
suqilib kirishi bilan vaziyat o’zgardi. Rim respublikasi 
qudratli davlatga aylanib, o’rtayerdengizi orollari 
jumladan boy Sitsiliyaga hukmronlik qilishga da’vo 
qila boshladi. Karfagen Rimni kuchayishi va 
ekspansiyasidan bezovta bo’ldi, har ikki tomon 
urushga tayyorlana boshladi.
Rimliklar karfagenliklarni punilar deb atar edilar. 
Rim va Karfagen o’rtasida uch marta urush bo’ldi. I
urush er. avv. 264-241-yillar, II urush er. avv. 218-
201-yillar, III urush er. avv. 149-146-yillar. Har 
uchala urushda ham rimliklar g’olib chiqdilar. 
Karfagenliklar Rim bilan to’qnashuv arafasida 
Sardiniya va Korsika orollariga o’rnashib olib, butun 
Sitsiliya ustidan hukmronlik qilar edilar. Sirakuza va 
Messana shaharlari bundan mustasno edi. Karfagenni 
Messanani egallashga urinishi Rim bilan urushni 
keltirib chiqardi. Rimliklar Karfagenliklarni puni deb 
atar edilar. Birinchi puni urushi 23 yil davom etdi. 
Dastlab harbiy harakatlar Sitsiliyaga boshlanib, 
rimliklar bu yerda bir necha yutuqlarga erishdilar. 
Lekin bu yutuqlar rimliklar uchun hech qanday 
ahamiyatga ega bo’lnadi, chunki rimliklar dengiz 
flotiga ega emas edilar va bu sohada Karfagen bilan 
raqobatlasha olmas edilar. Rim qisqa vaqt ichida 
barcha vositalarni ishga solib, er. avv. 260-yilda 120 
jangovar kemadan iborat harbiy flotga ega bo’ldi. Shu 


758 
yilda Lipar orollari yaqinida karfagenliklar Rim floti 
ustidan yengil g’alaba qozondilar. Dong’I ketgan 
dengizchi karfagenliklar tez yuradigan kemalarga ega 
bo’lib Rim flotiga mensimay qaradilar. Tez orada
rimliklar dengizda birinchi g’alabani qo’lga kiritdilar, 
ular harbiy harakatlarni Afrika hududiha ko’chirishga 
erishdilar. Ammo Afrikaga birinchi yurish yaxshi 
tayyorlanmagani uchun rimliklar uchun 
muvaffaqiyatsiz tugadi.
Urush cho’zilib ketdi va urush harakatlari yana 
Sitsiliyaga ko’chdi. Har ikki urushayotgan tomonlarni
kuchlari zaiflashdi. Hal qiluvchi jang er. avv. 241-
yilda Sitsiliyani g’arbidagi Egat orollari yonida bo’lib 
o’tdi. Karfagen floti batamom tor-mor qilindi. 
Karfagen tinchlik shartnomasini tuzishga majbur 
bo’ldi va Sitsiliyani qo’ldan boy berdi, hamda katta 
miqdorda tovon to’ladilar. Bir qancha vaqt o’tgach 
rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini bosib 
oldilar. Karfagen rimliklarni bu istilosiga chidashga 
majbur bo’ldi. Bu vaqtda Karfagenning o’zida 
yollanma askarlar qo’zg’oloni boshlanib, unga Liviya 
aholisi ham qo’shildi. Qo’zg’olonning birinchi kuni 
o’zini ko’rsatgan lashkarboshi Gamilkar Barka 
tomonidan bostirildi. 
Qo’zg’olon bostirilgach uning Karfagenda obro’si 
oshib ketdi. Gamilkar Barka Rimdan o’ch olishni 
orzu qilgan va rimliklar bilan yangi urush 
tarafdorlariga boshchilik qildi. Gamilkar urushga 


759 
yaxshi tayyorgarlik ko’rish uchun Karfagen qo’shini 
bilan Ispaniyaga jo’nadi. Rimliklar bilan bo’lg’usi 
urushda platsdarm tayyorlash uchun bu mamlakatni 
bosib olmoqchi bo’ldi. 
Ispaniya istilosi vaqtida Gamilkar halok bo’ldi, 
Karfagen qo’shinlariga qo’mondonlik qilish uning 
kuyovi Gannibal boshchilik qildi. Bo’lg’usi mashhur 
lashkarboshi Gannibal 11 yoshida rimliklarga qarshi 
kurashishga qasamyod qilgan. 
Qo’mondonlik Gannibal qo’liga o’tishi bilan Rim 
bilan urush qilish masalasi hal qilindi. Ikkinchi puni 
urushi er. avv. 218-yilda boshlanib, 17 yil davom 
etdi. G’ayratli sarkarda urush harakatlarini rimliklar 
hududida olib ntensi rejasini tuzdi. Bu rejani 
ntensi oshirish uchun Gannibal qo’shinlari Alp
tog’laridan oshib o’tdilar. Gannibal qo’shinlari Rim 
qo’shinlari ustidan bir necha marta g’alaba qildi. Er. 
avv. 216-yilda Kann yonidagi jang bu janglarni 
ichida eng mashhuri bo’lib, bu jangda Gannibal 
rimliklarni qurshab olib to’la tor-mor qildi. 
Karfagen o’z qo’mondoniga yetarli yordam 
ko’rsata olmadi. Gannibal biror marta yengilmagan 
bo’lsada o’z qo’shinlari bilan o’z yurtidan uzoqlashib, 
janubiy Italiyada qamalib qoldi. Karfagenliklar 
tomoniga o’tgan shaharlar yana Rimni qo’llab-
quvvatlay boshladilar. Yosh rimlik sarkarda Publiy 
Korpeliy Stsipion Ispaniyaga karfagenliklarga qarshi 
g’olibona urush harakatlarini olib bordi. U Ispaniyani


760 
punilardan tozalab Afrikaga qo’shin tushirdi. Er. avv. 
202-yilda Karfagen shahri yaqinidagi Zam qishlog’I 
yonidagi hal qiluvchi Gannibal o’z hayotida birinchi 
va oxirgi mag’lubiyatni boshidan kechirdi.
Karfagen qo’shinlari to’la tor-mor qilindi. Bu 
safar Rim karfagenliklarga tinchlik shartnomasini 
og’ir shartlarini qo’ydi: Karfagen barcha 
koloniyalarini yo’qotdi, barcha kemalarini, jangovar 
fillarini Rimga topshirishga majbur bo’ldi va katta 
miqdorda tovon to’ladi. Bu tinchlik shartnomasining 
og’ir shartlari Karfagenning harbiy-siyosiy qudratrini 
umrbod zaiflashtirdi. 
Rim Karfagen yana bir marta bilan to’qnashdi. Bu 
II puni urushi tugaganidan 50 yil o’taganidan keyin 
sodir bo’ldi. Er. avv. 149-yilda III puni urushi 
boshlandi. Karfagen o’tgan 50 yil ichida o’zining 
qulay geografik joylashuvi bilan o’z iqtisodiy
qudratini qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. U yana 
xalqaro vositachilik savdosini shimoliy Afrikadagi 
yirik markaziga aylandi. Rimliklar o’zlarini eski 
raqibini Rim hududiga bostirib kirganini hech qachon 
unuta olmas edi. II puni urushidan keyin rimliklar 
Karfagenning hatti-harakatini diqqat bilan kuzatib 
borar edilar. Karfagenni yana o’z kuch-qudratini 
qayta tiklayotgani ularni bezovta qildi. Rimliklar 
Karfagenni er. avv. 201-yildagi shartnoma 
shartlaridan birini buzishda bahona qilib, er. avv. 
149-yilda Karfagenga qarshi urush e’lon qildilar. 


761 
Karfagen uch yil qamal qilindi. II puni urushida 
Karfagen qamaliga rahbarlik qilgan Sitsipionning 
o’g’li Emiliy Sitsipion shaharga bostirib kirdi. 
Karfagenga senat komissiyasi keldi va shaharni to’la 
yo’q qilishga qaror qildi. Shahar 16 kun o’t ichida 
qoldi, aholisi qul qilib sotib yuborildi.
II puni urushidan so’ng rimliklar 
O’rtayerdengizining sharqiy qismini egallash uchun 
harakat boshladilar. Ular Sharqda Rimning eng xavfli 
raqibi ellin Makedoniyasiga qarshi uch marta (er. avv. 
206, 197 va 168-yillar) urush olib bordilar. Rim o’zini 
yunon shahar-davlatlarini Makedoniya zulmidan ozod 
qiladigan xaloskori deb e’lon qildi. Amalda 
Makedoniya Yunonistondan haydab chiqarilganidan 
so’ng Bolqon Yunonistoni Rimga qaram bo’ldi. 
Ikkinchi makedon urushidan so’ng sharqda 
Rimga qarshi ittifoq tashkil etishga uringan 
Salavkiylar hukmdori Antioxni zaiflashtirish uchun 
rimliklar bor kuchlarini ishga soldilar. 
Bu vaqtda makedon podshosi Persey Rimga 
qarshi ittifoqni tashkil etishga urinib ko’rdi. Rim 
qo’shinlari Makedoniyani yengdi va bosib olingan 
hududlarda Makedoniya provinsiyasi tashkil topdi. 
Tez orada Yunonistonga rimliklar zulmiga qarshi 
harakat boshlandi. Rimliklar bu harakatni shafqatsiz 
bostirdilar va er. avv. 146-yilda Korinf shahrini 
vayron qildilar va Yunonistonda Axey provinsiyasini 
tashkil qildilar. Er. avv. 133-yil Kichik Osiyoda 


762 
Pergam podshosi vafot etib, o’z podsholigini Rimga 
vasiyat qildi. Rimliklar bu yerda yana bir Osiyo 
provinsiyasini tashkil qildilar. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish