O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Er. avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Er. avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining 
toifaviy-sinfiy tuzilishi 
Er. avv. VI-IV asrlarda Rimning ijtimoiy tuzilmasi 
murakkab va oloquroq edi. Rim jamiyatida patritsiy, 
klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh 
sifatida chiqdilar. Bu guruhlarning har biri jamiyat va 
ishlab chiqarishda o’z huquq-majburiyatlari bilan 
alohida o’rinni egalladilar. Patritsiylar o’z nomlarini 
pater (ota) so’zidan oldilar. Pater-ota, ko’p sonli oilani 
unga kiradigan boshqa qaram kishilar va qullarni 
xo’jayini edi. Qadimgi Rimda otalar deb yana oliy 
boshqaruv organi senat a’zolarini ham aytar edilar. 
Patritsiylar ilk Rimni imtiyozli hukmron sinf-toifasi 
edilar. Ular barcha fuqarolik huquqlaridan foydalanar 
edilar. Kuriya komisiyalarida ovoz berib, senatga 
saylandilar, og’ir qurollangan piyoda qo’shinda,
imtiyozli otliq qo’shinlarda xizmat qilar edilar. Har bir 
patritsiy katta oila jamoasi ko’p sonli familiya 
(familias)ning boshlig’i bo’lib, bu jamoani ta’minlash 
uchun jamoa yer jamg’armasidan katta ulushlarni 
olish va foydalanish huquqiga ega edilar. Er. avv. IV 
asr o’rtalarigacha asosiy magistrate lavozimlari 
patritsiylar bilan to’ldirilar edi. Patritsiylar uzoq 
ibtidoiy jamoa davri, urug’chilik jamoalariga borib 


739 
taqaladigan urug’ guruhlari (gentes)ga bo’lingan 
edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron sinf qatlami 
bo’lgan holda urug’chilik aloqalari muhim o’rin 
egallagan bu tuzilmada Rim patritsiylari jamiyatning 
konservativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar, xususiy mulkchilik, qulchilik 
taraqqiyotiga to’siq edilar.
Ilk Rimning asosiy sinf-toifalardan biri plebeylar 
edi. Plebeylarni bir qismi qaram klientlar sifatida 
patritsiy urug’lariga qabul qilingan edi. Lekin 
plepsning ko’pchiligi tub joy fuqaro patritsiylar 
ijtimoiy tashkilotidan tashqarida bo’lib, huquqiy 
jihatdan erkin bo’lsalarda fuqarolik huquqlaridan 
mahrum edilar. Plebeylarning asosiy qismi o’zining 
avvalgi vatani bilan va Rimdan tashqarida bo’lgan 
urug’ tashkiloti bilan aloqasini uzgan kelgindi kishilar 
edi.
Plebeylar kichik yer maydonlarida dehqonchilik 
qilib savdo-hunarmandchilik bilan shug’ullanar edilar.
Ularning ko’pchiligi asosan Rim atrofidagi 
qishloqlarda yashab, o’z jamoa tashkilotlari, o’zaro 
yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar rim jamiyatini 
shakllanayotgan jamoa-dehqon tarkibini asosiy 
qismini tashkil qilar edilar. Plebeylar orasida tez orada 
ijtimoiy tabaqalanish yuz berib, boy qatlam ajralib 
chiqdi. Plebeylarning asosiy ommasi yer olish va qarzi 
uchun qullikni bekor qilinishini talab qilgan bo’lsalar, 
o’ziga to’q va boy plebeylar birinchi navbatda 


740 
patritsiylar bilan siyosiy teng huquqlik uchun 
kurashdilar.
Serviy Tulliy islohotlari natijasida plebeylar Rim 
ko’ngillilari tarkibiga kiritildi, lekin qo’shindagi 
barcha boshliq lavozimlari patritsiylar qo’lida edi. 
Bundan tashqari plebeylar patritsiylar ozod etilgan 
harbiy soliq (tribut) to’lar edilar. Shu davrda Rim 
shahrini o’zida plebeylar va patritsiylar o’rtasida yer 
uchun keskin kurash boshlandi. To’xtovsiz urushlar 
natijasida xonavayron bo’lgan, qarzlarga botib qolgan 
Rim plebsi bosib olingan erlarni taqsimlashda o’z 
hissasini talab qildi. Shuningdek patritsiylarning 
zo’ravonligidan qonuniy himoya va o’z siyosiy 
huquqlarini kengaytirishni talab qilib chiqdilar. Bu 
kurash er. avv. 494 yilda o’ta keskinlashdi. Og’ir qarz 
majburiyatlari qarz beruvchining zulmi plebeylarni 
ekvlar bilan urushga ishtirok etishdan bosh tortdilar. 
Ijtimoiy adolatsizlikka qarshi norozilik belgisi 
sifatida, 494-yilda Rimdan 4,5 km. shimoldagi
“muqaddas toqqa” chiqib ketishga (setsessiya) majbur 
bo’ldilar. 
Setsessiya va harbiy xavf patritsiylarni yon 
berishga majbur qildi. Natijada plebey yig’inlarida har 
yili ikki yoki to’rt xalq tribuni saylash huquqi olindi. 
Keyinchalik xalq tribunlari soni o’ntaga etdi. 
Tribunlar mansabdor shaxslar bo’lmay plebs vakillari 
sifatida chiqib, uning manfaatlari himoyachisi 
bo’ldilar. Xalq tribunlari shahar hokimiyatining 


741 
faoliyatiga aralashishlari, mansabdor shaxslar va 
senatning qarorlarini bajarilishini to’xtatishlari 
mumkin edi, Komisiyalarda qabul qilingan qarorlarga 
plebeylar veto (taqiq) qo’ysa bu qaror yana ovozga 
qo’yilishi mumkin emas edi. Tribunlarning o’zlari hali 
faqat plebeylar uchun majburiy bo’lgan qarorlar qabul 
qilishlari mumkin edi. Tribunlar faqat plebeylar 
orasidan saylanib daxlsizlik huquqidan foydalanar 
edilar. Xalq tribuniga qo’l ko’targan kishi qonundan 
tashqari deb e’lon qilinar edi. Bunday jinoyat qilgan 
kishini har kim jazosiz o’ldirishi mumkin edi.
Yarim asr o’tgach er. avv. V asr o’rtalarida 
plebeylar tazyiqi ostida patritsiylardan tuzilgan 
detsemverlar (“o’n erkak”) komissiyasi mavjud 
qonunlarni kodifikatsiya qildilar. Komissiya mis 
taxtachalarga yozilgan XII jadval qonunlarini Rim 
forumiga, bozor va Rim koloniyalariga osib qo’ydilar. 
XII jadval qonunlari birinchi va yagona Rim huquqi 
kodeksi edi. XII jadval qonunlari Rimda ijtimoiy 
munosabatlarni klassik quldorlik jamiyatiga o’tish 
davrini aks ettirdi. 
Ilk rim jamiyatida kambag’al va siyosiy huquqsiz 
kishilarning ko’p sonli qatlami-klientlarni tashkil 
qildi. Ozod qo’yilgan qullar yoki Rimga ko’chib 
kelgan boshqa urug’ vakillari patritsiylarda himoya va 
homiylik qidirishga majbur bo’lib, ularga klient 
bo’lishlari mumkin edi. Klientlar patritsiylarning
urug’iga qaram a’zo sifatida kirib, o’z homiylari 


742 
urug’I nomini oldilar. Ularga patron yerlarida ishlash 
vazifasi , patronni yurishda, shaharga chiqishida 
hamrohlik qilish majburiyatlari yuklandi . Klient 
vasiyat qoldirmagan bo’lsa o’limidan keyin uni mulki 
patronga meros qolar edi. Agarda klient patronga 
bo’ysunmasa sud orqali u qulda aylantirilishi mumkin 
edi. O’z navbatida patron klientni boshqalarni 
tazyiqidan himoya qilishga majbur bo’lib, sudda 
uning manfaatalrini himoya qilar edi. Er. avv. III 
asrga borib yangi ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi 
bilan klientlarning katta qismi o’z patronlaridan ozod 
bo’lib, davlatdan yer oldilar va erkin dehqonlarga 
aylandilar. 
Er. avv.V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) 
edi. Er. avv. V asr4dan boshlab qul mehnati 
xo’jalikning turli sohalariga kirib bordi. Rimda qarzi 
uchun qul qilish er. qvv. 326-yildagi qonun bilan 
bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan 
urushlarda olingan asirlar hisobidan to’ldirila 
boshlandi. Qulga buyum sifatida qaralmadi, inson 
shaxsi huquqlari kam darajada bo’lsada saqlanib 
qoldi. Bu davrda erkin kishi va qullar o’rtasidagi farq 
unchalik keskin emas edi.
Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan 
edi. Mulkka daxl qilish og’ir jinoyat hisoblanib,
qiynoq bilan o’lim jazosi berilar edi. Qullar uchun 
jazo erkin tug’ilganlarga nisbatan og’ir edi. O’g’rilik 
qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar esa 


743 
savalanganidan so’ng qoyadan tashlanar edi. Sudxo’r 
qarzdorni qul qilish bilan cheklanmay balki uning 
hayotiga egalik qilishi ham mumkin edi.
Plebeylarning siyosiy tenglik uchun kurashi davom 
etdi. Er.avv. 447 yildan 2 konsul bilan birgalikda 
senat qarori bilan 3 tadan 8 tagacha konsul hokimiyati
vakolati bilan tribunlar saylana boshlandi. Plebeylarga 
er. avv. 445 yildagina tribun Kanuley qonuni asosida 
patritsiylar bilan nikohdan o’tishga ruxsat berildi.
Yangi tsenzor mansabi joriy qilinib ularning vazifasi 
fuqarolarning mulk tsenzi majburiyatini bajarishini 
nazorat qilish, keyinchalik senarorlar ro’yxatini tuzish 
edi. Tsenzor hukmi bekor qilinmas edi. U qat’iy edi. 
Bundan tashqari ular daromad-xarajatlar to’lovini 
nazorat qilar, katta jamoa ishlarini tashkil qilar edilar.
Er. avv. 367 yilda konsul Sekst Lateran 3 ta 
muhim qonunni qabul qilinishiga erishdi. Birinchi 
qonun; qarz foizlarini tartibga soldi, ikkinchi qonun; 
barcha rim fuqarolari patritsiylar va plebeylarining 
jamoa erlaridan foydalanishni teng huquqini berdi; 
uchinchi qonun bo’yicha konsullik lavozimini 
plebeylar ham egllashi mumkin edi. Keyinchalik ikki 
konsuldan biri plebeylardan saylanishi odat tusiga 
kirdi. Bir vaqtning o’zida konsullardan sud ishlari 
yangi mansabdor shaxs pretorlarga olib borildi. 
Pretorlar konsullar kabi tsenturiat komisiyalarida 
saylanar edi. Er. avv. 356 yil ilk bor plebeylardan 
diktator saylandi. Besh yildan so’ng birinchi plebey 


744 
tsenzor, er.avv. 332 yildan tsenzorlardan biri 
muntazam plebey vakillaridan saylanadigan bo’ldi. 
Shundan yana o’ttiz yil o’tgach plebeylardan rimning 
oliy kohini pontifik saylanadigan bo’ladi. Plebeylarni 
patritsiylarga qarshi to’la qonli teng huquq uchun
so’ngi kurashi er. avv. 287 yilgi Gortenziy qonunini 
qabul qilish bilan yakunlandi. Shu davrdan plebey 
yig’inlarining qarorlari rimning barcha fuqarolari 
uchun plebey senatning tasdig’isiz majburiy qonun 
bo’ladi.
Rimda patritsiy va plebeylarning ikki yuz yillik 
ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlari er. avv. III asr so’ngida
nihoyasiga etdi. Er. avv. IV asr oxirida eng boy yangi 
patritsiy va plebey zodagonlaridan iborat yangi 
nobillar qatlami vujudga keldi. Nobillar yirik yer-
mulkka egalik qiladigan va davlatni boshqaruvchi 
oliy toifaga aylandi. Nobillar hokimiyatining amaldagi 
tayanchi senat bo’lib, u yerda patritsiy urug’lari bilan 
bir qatorda Litsiniy va Liviy kabi boy plebey urug’i 
muhim rol o’ynadilar. 
Nobillar senatorlar toifasining oliy guruhi bo’lib, 
yirik va o’rta quldor yer egalari, savdogar va 
moliyachilardan tashkil topgan suvoriylar toifasi bilan 
birga hukmron qatlam tarkibiga kirdi. Qolgan 
fuqarolar kichik mulkdorlar, erkin dehqonlar, 
hunarmandlar va savdogarlardan tashkil topgan 
plepbsni tashkil etdi. Imtiyozli toifalar va plepisga 


745 
qarama-qarshi hech qanday huquqqa ega bo’lmagan 
ko’p sonli qullar qatlami turar edi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish