O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Er. avv. VI-III asrlarda Italiyaning iqtisodiyoti 
Er. avv. VI – III asrlarda Italiya hududlarini
iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyoti notekis bordi.
Etruriya va Kampaniya viloyatlari, janubiy
Italiyadagi yunon koloniyalarini iqtisodiyoti yaxshi
rivojlandi. Latsiya viloyati qo`shni etrusk shaharlari 
va yunon koloniyalaridan qoloq edi. Italiyaning 


735 
tog’li hududlaridagi qabilalar ibtidoiy-urug’ jamoa 
sharoitida yashar edilar. To’qimachilik zaif 
rivojlangan edi. Qul mehnatidan faqat konchilikda, 
tosh qazib chiqarishda keng foydalanilar edi. 
Italiyada eng ommaviy hunarmandchilik 
sohalaridan biri kulolchilik edi: turli xil idish tovoqlar, 
suv quvurlari, cherepitsa, xom g’isht, chiroqlar etrusk 
qora rangli “bukkero” bo’rtma bezakli idishlari 
mashhur edi. Kulolchilikning eng katta markazlari 
Kluziya, Arretsiya va Kalax edi. Er. avv VI-V asrlarda 
etrusk shaharlarida savdo-hunarmandchilik gullab 
yashnadi. Ayniqsa metallurgiya va metallga ishlov 
berishda, kulolchilikda etrusklar katta yutuqlarga 
erishdilar. Etrusk va kampan jez idishlariga Bolqon 
Yunonistonida ehtiyoj katta edi. Er. avv. VI-III 
asrlarda asosiy savdo-hunarmandchilik markazlari 
Sirakuza, Tarent, Dikearxiya (Puteola), Populoniya, 
Adriya va Spina edi. Rimni savdo ahamiyati o’sdi. 
Har yili katta diniy bayramlar vaqtida Etruriyaning 
markazi Vol’siniyada va Latsiyaning 4 viloyat bilan 
tutashgan chegarasida savdo yarmarkalari uyushtirilar 
edi.
Er. avv. VI-III asrlarda tashqi savdo yuksaldi.
Savdo asosan suv yo’li bilan amalga oshirildi. Er. 
avv. VI asrda dengiz savdosiga Rim ham tortildi. Tibr 
daryosi boshlanishida rimning Ostiya portiga asos 
solindi. O’sha vaqtning eng katta dengiz davlati 


736 
Karfagen bilan Rim er. avv. 509, 348 va 280-yilllarda 
uch marta savdo shartnomalarini tuzdi.
Etrusklar va janubiy Italiya yunonlari gallar, 
Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo bilan savdo 
aloqalarini o’rnatdilar. Il’va va Populoniyada qazib 
olingan temir Kampaniya va etrusk shaharlariga 
yetkazib berilar edi.
Italiyaning ko’pgina hududlari xo`jaligini yetakchi 
sohasi dehqonchilik edi. Etruriyada unumdor tuproq, 
yumshoq iqlim, yuqori agronomiya madaniyati va
agrotexnika taraqqiyoti yuqori hosil olishni
taminlar edi.Bu yerda bug`doy, arpa, tariq, polba 
Kampaniya va janubiy Italiyada uzumchilik, zaytun 
keng tarqalgan edi. Etruriya g’allasi Rim va latin 
shhaharlarini, buyuk Yunonistondan zaytun yog’i, 
Latsiya va Etruriyani ta’minlar edi.
Er. avv. VI-III asrlarda jamoa yer egaligini
yemirilishi bilan birga yerga xususiy mulkchilik
rivojlanib bordi. Urug’ning yerlari kichik bo’laklarga 
bo’linib yerga ishlov berish uchun qarindoshlar, 
kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk 
sifatida o’zlariga tegishli yer maydonida ishlov berar 
edilar (ular davlatdan 2 dan yuger-0,5 gektargacha yer 
olganlar). Xususiy va jamoa yerlaridan tashqari 
davlat yer fondi (ager publikis) mavjud edi. Rim 
fuqarosi davlat yerini katta bo’lmagan ijara to’lovi 
bilan okkupatsiya (latincha egallash) qilish huquqiga 
ega edilar. Patritsiylar bu huquqdan unumli 


737 
foydalandilar. Plebeylar ham yuz yillik kurashlar 
natijasida “ager publikis”dan foydalanish huquqiga 
ega bo’ldilar. Ilk respublika davrida Rim 
iqtisodiyotining asosi qishloq xo’jaligi edi. Mayda va 
o’rta er egaligi yetakchi rol o’ynar edi. Er. avv. IV 
asrdan boshlab patritsiylar jamoa yerlarini (“ager 
publikus”) bosib ola boshladilar. Natijada yirik 
xo’jalik (imeniye)lar paydo bo’lib, qullar mehnatidan 
ko’proq foydalanila boshlandi. 
Boshda qadimgi Italiyaga ayirboshlashning keng 
tarqalgan vositasi bo’lib, chorva hayvoni (pecus, 
shundan pulni latincha nomi-pecunta) xizmat qildi.
Eng qadimgi davrdan boshlab rimda er. avv. III 
asrgacha pul sifatida og’irligi 2-2,5 kg.gacha bo’lgan
ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi. 
Ularni er. avv. V asrdan og’irligi 1000-1830 gramm 
xudo va hayvonlar tasviri bo’lgan quyma jez 
parchalari siqib chiqara boshladi. Er. avv. IV-III 
asrlarning II yarmidan 327,45 gramm og’irlikdagi 
jezdan quyilgan (aes grave) tangalar keng tarqaldi. Er. 
avv. IV asrning II yarmidan boshlab natural xo’jalik 
o’rniga pul tovar xo’jaligi keldi. Rim pul birligi mis 
ass paydo bo’ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta 
ibodatxonasida zarb qilina boshlandi. Shundan 
“moneta” so’zi kelib chiqdi.
Er. avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib 
173 grammga keldi. Jez tanganing tressis, dupondiy, 
semis kabi turlari mavjud edi. Er. avv. III asrdan 


738 
Rimda kumush tangalar jumladan denariy (4,55 
gramm) va sestersiy (1,13 gramm) zarb qilina 
boshlandi. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish