15. Mark 100 sestersiy evaziga Serviydan o‘zi a’zosi bo‘lgan shirkat uchun qul sotib oldi, pulini bir haftadan keyin olib kelishga va’da berdi. Bir oy o‘tgach Serviy to‘lovni kutmasdan Markdan qulni qaytarib berishni yoki pulga qo‘shib o‘tkazilgan mudat uchun foizlarni ham to‘lashni talab qildi. Mark qulni o‘zidan tashqari yana uch a’zosi bo‘lgan shirkatga taqdim etganligini ma’lum qilib, shaxsan o‘zi da’vogarga 25 sestersiyni to‘lab berishga roziligini aytdi.
1. Sud qanday qaror qabul qiladi?
2. Qul qaysi paytdan boshlab shirkatning mulkiga aylandi?
3. Rimda qullar qanday huquqiy holatga yoki maqomga ega bo‘lishgan?
4. Shirkat a’zolarining munosabatlari qanday tartibga solingan, shirkat a’zolaridan biri shirkat nomidan bitim tuzganda qolgan a’zolar ham ushbu bitim yuzasidan javobgar hisoblanadimi?
5. Qadimgi Rimda shartnomalarning qanday turlari mavjud bo‘lgan?
Birinchidan rim xususiy huquqida qarz bergan shaxs va qarz oluvchi shaxs o‘rtasidagi shartnomada olingan qarzning qaytarilish muddati ko‘rsatiladi, mabodo shu muddatda qaytarmasa, da’vo qilish muddati ushbu kundan boshlab amalga oshiriladi, ya’ni qarzni qaytarib oluvchiga talab qilish huquqi vujudga keladi. Ayniqsa, majburiyat huquqiy munosabatlarida ba’zan biror-bir harakatni sodir etishni to‘xtatib turish to‘g‘risida kelishilgan bo‘lishi ham mumkin bo‘lgan. Majburiyatni bajarish muddati, vaqti doimo tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilangan. Majburiyat shartnomada ko‘rsatilgan muddatda yoki vaqtda lozim darajada bajarilishi qununda belgilangan. Agar majburiyatni bajarish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoxud majburiyatning mohiyatidan anglashilsa, qarzdor ijroni to‘xtatmasdan bajarishi shart bo‘lgan, kreditor esa ijroni bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan. Yuqoridagi kazusda Serviy majburiyatni bajarmaganligi uchun kechiktirilgan muddat uchun foiz to’lashni da’vo qilishi mumkin bo’ladi. Bundan tashqari rim xususiy huquqida foizlar tushunchasiga ta’rif berib, foizlarni taqaba nisbatan belgilangan.Masalan yuqori mansabdor shaxs 4 foiz, savdogar 8 foiz, dengiz bilan bog‘liq qarzlar bo‘yicha esa 6 foiz miqdorida, umuman olinadigan foiz qo‘yilgan kapitaldan oshib ketmasligi va yillik foiz 12 foizdan oshmasligi ko‘rsatilgan.
Ikkinchidan shirkat shaatnomasi - Rim quldorlik davlatida qullar ashyo hisoblangan . Ularning Rim armiyasi safida xizmat qilishi man etilgan hamda davlat xazinasiga soliq to‘lamaganlar ya’ni, ularni inson yoki fuqaro sifatida tan olmaganlar. Ikki yoki undan ortiq shaxs xo‘jalik bo‘yicha ma’lum bir maqsadga erishishni ko‘zlab birlashadilar. Qullar rim huquqida ashyo sifatida tan olingan bo’lib bi yoki binechta shaxsning foyda olish yoki biror bir natijaga erishish uchun kelishib bitim tuzsa o’sha paytdan boshlab ashyolar birgalikda shirkat mulki hisoblangan.
Uchinchidan rim huquqida subyektlar ikki turga bo’linadi jismoniy shaxs va yuridik shaxs. Yjismoniy shaxslar quyidagilar kiradi:to‘liq huquqiy layoqat egasi, peregrinlar, ixtiyoriy bo‘shatilganlar(libertinlar), kolonlar, pekuliylardan iborat. Yuridik shaxslar -Rim yuristlari (ayniqsa,
imperiya davrida) xo jalik ishlarida ayrim shaxslargina emas, balki yuridik shaxslar ham qatnashishi mumkinligini payqagan, e ’tirof etganlar. Ammo ular bu sohada mufassal bir ta’limot yarata olmaganlar. Bunga zarurat ham bo'lmagan. Ammo ular yuridik shaxs tavsifini(xarakteristikasini) ishlab chiqqanlar. U nga ko‘ra: 1) korporatsiya (uyushina)laming mulki korporatsiya a’zolari mulklarining yig'indisi emas, balki o ‘zi bir butun mulk hisoblanadi;
2) korporatsiyaga yangi a’zolaming kelishi yoki ayrim a’zolarining undan ketishi korporatsiya uning yuridik huquqlariga ta’sir etmaydi;
3) korporatsiyaning qarzlari uchun uning a’zolari o'z mol-mulklari
bilan javob bermaydilar;
4) korporatsiya o'zining homiylaridan yoki qarzdorlaridan olgan, undirgan mol-mulk uning a’zolariniki emas, balki faqat korporatsiyanikidir;
5) har qanday yuridik shaxs sud va davlat idoralarida uning ishlarini
olib boruvchi vakiliga ega bo'Iishi kerak. 1
Rim davlatining boshlang‘ich davrlarida qullarning ahvoli bir muncha yaxshiroq bo‘lgan. Qulni asir qilib olgan shaxs, ertaga o‘sha qulning otasi yoki ukalari, bolalari tomonidan uning o‘zini ham bir kun asir qilib olinishi ehtimolini o‘ylagan holda qullar bilan bo‘lgan munosabatlarni birmuncha yumshoqroq xarakterda olib borganlar. Quldorlar qullarning oilasi bilan aloqada bo‘lganlar va qullardan ko‘proq yordamchi kuch sifatida foydalanish mumkinligini e’tiborga olganlar. Rim huquqida qullarga ashyo sifatida qaralgan bo’lib,Qullarning shaxsiy huquqiy holati. Qullar ashyolardir. Ularning Rim armiyasi safida xizmat qilishi man etilgan hamda davlat xazinasiga soliq to‘lamaganlar ya’ni, ularni inson yoki fuqaro sifatida tan olmaganlar. Oilaviy huquqiy holati. Ular oila qura olmagan, chunki qulning ayol kishi bilan aloqasi nikoh deb hisoblanmagan. Mulkiy munosabatlar bo‘yicha qullar individual, umumiy,
ashyoviy obyekt, uzufrukt, garov, ya’ni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlovchi usul, oldi-sotdi, qarz, mulk ijarasi shartnomalarining obyekti bo‘lib hisoblangan. Qullarning o‘zlariga taalluqli ashyolari bo‘lmagan. Chunki qullardagi barcha mulklarning egasi qulning xo‘jayini hisoblangan.
To’rtinchidan Sheriklarning har qaysisi pul, mulk yoki o‘zining kasbiy bilimini ulush sifatida qo‘shishi mumkin bo‘lgan. Umumiy qoidaga ko‘ra, qo‘lga kiritilgan foyda sheriklarning har biriga teng taqsimlangan, yetkazilgan ziyon uchun ham sheriklarning har biri teng javobgar hisoblangan. Lekin, taqsimotning boshqacha shakllari ham mavjud bo‘lgan. Unda sheriklardan biri tushgan foydadan ko‘proq ulush olib, ko‘rilgan ziyonga kamroq hissa qo‘shgan sharoitlarda ham shartnomalar imzolangan. Biroq, sheriklardan biriga faqat ziyon keltirish, boshqasiga esa foyda keltirish qat’iyan taqiqlangan. Ulush sifatida umumiy mulkka qo‘shilgan ashyoning tasodifiy kasodga uchrash xavfi sheriklarning barchasiga daxldor bo‘lgan.
Beshinchidan rim xususiy huquqida shartnoma turlari besh xil bo’lib ular: verbel shartnomalar,literal shartnomalar, real shartnomalar, konsesual shartnomalar, nomsiz shartnoma va paktlarga bo’lishimiz mumkin. Verbal shartnomalar eng qadimiy shartnomalardan biri hisoblanib, u odatda og‘zaki kelishuv ko‘rinishida bo‘lib, belgilangan so‘zlarni ifodalash yo‘li bilan huquqiy kuchga ega bo‘lgan. Literal shartnomalar — shartnoma tuzishda vujudga kelgan va verbal shartnomalardan farqli ravishda faqat yozma shaklni talab qiladi. Real shartnomalar asosan mahsulot oldi-sotdisi jarayonida vujudga kelgan bo‘lib, ularga qarz, ssuda, omonat saqlash hamda garov shartnomalari kiradi. Konsensual shartnomalar shunday shartnomaki, ular tomonlarning oddiy kelishuvi — konsensus natijasida yuzaga keladi.Bunday shartnomalarga oldi-sotdi, pudrat, mulk ijarasi, shirkat, topshiriq va boshqa shartnomalar kiradi. Xo‘jalik hayoti rivojlana boshlagan davrlardan avval Rimda hukm surgan qat’iy cheklangan shartnoma tizimi barham topa boshladi. Ilgari yo‘lga qo‘yilgan shartnomalar tizimi doirasidan tashqarida yangi shartnomalar vujudga keldi. Bular hech qanday nom bilan atalmaydigan nomsiz shartnomalar edi. To‘g‘ri, ularning ayrimlari nom olishga muvaffaq bo‘lgan, bu ayirboshlash shartnomasi, baholash shartnomasi. Paktlar bu norasmiy kelishuv bo‘lib, unda qoidaga binoan himoya da’vosi kuchidan foydalanilmagan. Avvaliga pretor paktlardan e’tiroz sifatida foydalanishga imkon berdi. Keyinchalik ayrim paktlar da’vo himoyasiga ega bo‘ldi.
Xulosa qilib shuni takidalash kerakki rim xusuiy huquqi hozirda mavjud bo’lgan huquqlarga asos bo’lib xizmat qilgan. Yuqoridagi kazusda Mark o’zi a’zo bo’lgan shirkat uchun Serviydan qul sotib oladi va pulini bir haftadan keyin berishga kelishiladi. Ammo Mark bir hafta ichida qulning pulini to’lamaydi. Va Serviy bir oy muddat o’tgach Markni oldiga borib, qulni qaytarib berishni yoki qulning pulini berib o’tkazilgan muddat uchun foiz to’lashni talab qiladi. Rim xususiy huquqida o’tkazilgan muddat uchun foiz to’lashni nazarda tutuvchi norma bor bo’lib Serviyning xatti-haraktlari to’g’ri hisoblanadi. Shuningdek bu vaziyatda Mark 25 sestersey to’lashga roziligini aytadi va shirkatda bundan tashqari 3 nafar a’zosi bo’lib, rim huquqida shirkat a’zolarning javobgarligi ummumiy bo’lib, yetkazilgan zarar uchun birgalikda javobgar hisoblangan. Bundan kelib chiqadiki Mark va uning shirkat a’zolari Serveyning oldida solidar javubgar hisoblanadi.
Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Rim huquqi: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik /
S.Isxakov, V. Topildiyev, A.Raxmanov. —T.:O‘zbekiston
Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 224-b.
Rim xususiy huquqi..Shomuhamedova Z.Sh Darslik. - Т.:
TDYUI nashriyoti, 2005. -113 b.
3.Rim xuquqi, Topildiyev 2013 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |