Rim respublikasining tashqi siyosati.
Bo’lib o’tgan voqealar senat hokimiyatining
samarali boshqaruvi yo’qligini xalq kengashi
ahamiyatining o’sishi va beqarorligini, siyosiy
arboblarni o’sib borayotgan roli, ularning ochiqdan-
ochiq demogogiyasi kurashni zo’ravonlik usullarini
qo’llashga tayyorligi yaqqol ko’rindi.
Grakxlar va ularning eng faol tarafdorlarini
o’limidan keyin populyarlarning zaiflashuvi
vaqtinchalik edi. Rim jamiyatidagi qaram-qarshiliklar
bartaraf qilinmagan edi, begona hududlarda urush
harakatlari olib borayotgan Rim qo’shinlariga
qo’mondonlik qilayotgan nobillar homiylik qilgan
qo’mondonlarning muvaffaqiyatsizliklari norozilikni
kuchaytirdi.
787
Rimning ichki siyosatidagi beqarorlik tashqi
siyosiy masalaga hukmron doiralar e’tiborini
vaqtinchalik susaytirdi. Er. avv. II asrning so’ngi 10
yilligida Rimning xalqaro ahvoli keskin edi. Yaqin
Sharqdagi eng kuchli ellin davlati Misr bilan Rim
ittifoq tuzgan edi. Yaqingacha qudratli bo’lgan
Salavkiylar davlati yemirilish davriga kirib, sharqda
parfiyaliklar tazyiqi ostida hech qanday rol o’ynamay
qo’ydi. Kichik Osiyoda Aristonik qo’zg’oloni
bostirilganidan keyin vaziyat osoyishta edi. Ammo
Afrikada rim hukmronligiga Numidiya podsholigi
jiddiy xavf tug’dirayotgan edi.
Jumladan Afrikada Numidiya podshosi Yugurta
bilan urush olib borayotgan rim qo’shinlari birin-ketin
mag’lubiyatga uchradilar. Podsho Yugurta rimlik
sarkardalarni sotib olish va harbiy hiylalar bilan
rimliklarni bir necha bor tor-mor qildi va numidiya
shaharlarida shu vaqtda bo’lgan italiyalik savdogar va
sudxo’rlarni qirg’in qildi. Yugurta o’z siyosatida
rimliklarni o’ziga dushman deb bilgan turli shimoliy
afrika qabilalarini qo’llab-quvvatlashga tayandi. Er.
avv. 109-yilda Numidiyadagi Sutule yaqinidagi
jangda Yugurta rimliklarni tor-mor qildi. G’olib
rimliklarni Numidiya hududidan chiqib ketish va
Yugurta bilan shartnoma tuzish majburiyatini oldilar.
Sutula yonidagi g’alaba Yugurtaning shimoliy afrika
qabilalari oldida harbiy-siyosiy mavqeini kuchaytirdi.
Ko’p sonlii gugul qabilalari, Mavritaniya podshosi
788
Bokx Yugurtaga yordam va’da qildilar. Rimning
shimoliy afrika mulklarini yo’qotish xavfi yaqqol
ko’rindi.
Rimda xalq yig’ini Yugurta bilan rimliklar uchun
uyatli “tinchlik” shartnomasini tasdiqlamadi.
Numidiyaga qarshi yana urush boshlandi, qo’shin
tartibga solindi. Tezda asosiy Numidiya shaharlari
bosib olindi. Yugurta sahroga chekinib, partisan
urushiga o’tdi. Urush cho’zilib ketdi. Bundan norozi
bo’lgan xalq yig’ini senatning irodasiga qarshi
qo’shinga qo’mondonlik qilish uchun o’z sarkardasi
o’zining dovyurakligi va harbiy qobiliyati bilan obro’-
e’tibor qozongan yangi odam “yangi kishi”
dehqonning o’g’li plebey 48 yoshli Gay Mariyni
qo’mondon qilib tayinladi. Gay Mariy er. avv. 107-
yilda konsulligidan keyin yaxshi qurollangan qo’shin
bilan er. avv. 105-yilda Yugurta urushini tugatdi.
Yugurta asirga olinib Rimda qatl qilindi. Numidiya
qaram davlatga aylantirilib, uning rasman hukmdori
qilib Yugurtaning aqli zaif ukasi tayinlandi. U nafaqat
Yugurta urushini (er. avv. 111-105-yillar) tugalladi
balki Rimni shimoldan german qabilalari kimvr va
tevtonlar hujumidan himoya qildi.
Shimoliy Afrikadagi voqealar bilan bir vaqtda
rimning shimoliy chegaralarida german qabilalaridan
bo’lgan kimvr va tevtonlarning bosqini boshlandi.
Kimvrlar va tevtonlar dastlab Yutlandiya yarim
orolida yashar edilar, er. avv. II asr oxirida bu
789
qabilalar o’z joylaridan ko’vhdilar. Tevtonlar g’arbga
Galliyaga, kimvrlar janubga tomon yurdilar. Jangovar
kimvr qabilalarining (150 ming kishi atrofida) er. avv.
113-yillar atrofida janubiy Germaniyaga kirib alp
dovonlariga kelib Italiyaning shimoli-sharqiy
chegaralariga xavf soldilar. Konsul Papirey Karbon
Noreya shahri yonida kuchli armiya bilan kimvrlar
bilan uchrashdi, lekin shafqatsiz yengildi. Italiyaga
yo’l ochiq edi, lekin kimvrlar alpdan shimolga o’tib
Galliya hududiga bostirib kirdilar. Galliyada ham
rimliklar er. avv. 109-yilda yana yengildilar.
Kimvrlarni gelvetlar, Galliyani o’zida ularga
qarindosh bo’lgan tevtonlar bilan birlashuvi rimliklar
uchun xavfli vaziyatni yana murakkablashtirdi. Er.
avv. 107-yilda konsul boshchiligidagi rim qo’shini
Akvitaniyada pistirmaga tushib to’la yo’q qilindi.
Ammo rimliklar er. avv. 105-yilda janubiy Galliyada
kimvrlardan eng dahshatli mag’lubiyatga uchradilar.
Jang maydonida kann halokatidan ham ko’proq 80
mingga yaqin legionerlar qoldi. Kimvrlar o’z
g’alabalaridan keyin himoyasiz Italiyaga emas
Ispaniyaga yurish qildilar.
Rim senati konsul Gay Mariy tashabbusi bilan
harbiy-siyosiy islohotlar o’tkazdi. Islohotlar natijasida
yangi yaxshi ta’lim berilgan qo’shin tuzildi. Ko’p
sonloi tevton qabilalari er. avv. 102-yil Sekstiy Akva
yonidagi jangda rimliklardan yengildi. Er. avv. 101-
yilda shimoliy Italiyadagi Vertsella yonidagi jangda
790
kimvrlar ham yengildi. Janglarda 150-200 ming
germanlar halok bo’ldilar. Yana shunchasi Italiya va
O’rtayerdengizi qul bozorlarida sotib yuborildi.
Gay Mariyning bunday yutuqlarini asosiy sababi
uning harbiy islohotlari edi. Ilgari Rim Qo’shini
zaruriyat bilan chaqirilgan fuqarolarning ko’ngilli
qismlaridan iborat bo’lib, urush harakatlari
tugaganidan keyin ular o’z tinch ishlariga qaytar
edilar. Qo’shinda xizmat qilish ma’lum miqdorda
mulkka ega bo’lgan, o’zini qurol-yarog’ bilan
taminlay oladigan fuqarolarning faxriy
majburiyatlaridan biri edi. Bunday tarkibda tuzilgan
qo’shin Rim shahar davlati sharoitida o’zini oqlar edi.
Endilikda Rim O’rtayerdengizining turli qismlarida
to’xtovsiz urushlar olib borayotgan bir paytda harbiy
majburiyat nafaqat faxriy aksincha og’ir ayniqsa
ko’ngillilarning asosini tashkil etadigan dehqonlar
uchun xonavayron qiladigan majburiyat bo’ldi. Gay
Mariy senatdan qo’shinga mulkiy ahvoliga
qaramasdan barcha fuqarolarni qo’shinga yollashga
ruxsat oldi. Eng kambag’al shaharlik va yersiz
dehqonlar davlatdan qurol-yarog’, harbiy xizmati
uchun maosh, xizmat muddati tugaganidan keyin yer
ulushi olar edilar. Italiklar va boshqa ittifoqchilar
harbiy xizmatga ko’plab ntensiv boshlandilar.
Natijada dehqonlardan tuzilgan ko’ngillilar qo’shini
professional qo’shinga aylana boshlandi. Bu qo’shin
o’z ehtiyoj manfaatlari bilan aholini boshqa
791
tabaqalaridan ajralib turar edilar, hamda o’z
qo’mondonlariga so’zsiz va sadoqat bilan bo’ysunar
edilar, chunki bu sarkardalardan har bir legionerning
taqdiri va farovon hayoti bog’liq edi. Gay Mariy
qo’shinni tuzilishi, qurollanishi, jangni tashkil qilish,
jangchilarni harbiy mashqlartini tashkil qilish,
qismlarni tuzilishiga taalluqli bo’lgan qator
islohotlarni amalgam oshirdi. Armiyani qayta
qurishning ijobiy natijalari tevtonlar ustidan (er. avv.
102-yil) qilingan g’alabalarda yaqqol ko’rindi. Bu
ijobiy o’zgarishlar Gay Mariyni Rimdagi eng obro’-
e’tiborli kishiga aylantirdi. Natijada Gay Mariy
uzluksiz 5 yil davimida mavjud qonunlarga zid
ravishda konsul qilib saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |