Rimda siyosiy kurashning keskinlashuvi
Er. avv. I asrda Italiyada ittifoqchilar urushi bo’lib
o’tdi. Rimning Italiyalik ittifoqchilari rimliklar bilan
birga harbiy xizmatning barcha majburiyatlarini o’tab
bundan hech qanday yengillik foyda olmadilar.
Italiya aholisining turli toifalari Rim fuqaroligiga ega
bo’lishga harakat qildilar. Dehqonlar yerga egalik
qilish kafolatlariga muhtoj edilar. Yersiz dehqonlar va
qo’shinda harbiy xizmat muddatini o’tagan veteranlar
yer ulushi olish, shahar plepesi esa turli xayr-ehson,
oziq-ovqat mahulotlarini tekin olish ilinjida edilar.
Rim davlati respublikaning I asrlarida
ittifoqchilarning ancha qismiga Rimga ko’chib o’tib,
792
uni fuqarolari bo’lish huquqini berdi. Vaqt o’tishi
bilan bunday imkoniyatlar cheklandi. Rimni
o’rtayerdengizi davlatiga aylanishi bilan Italiya
federatsiyasi kamroq rol o’ynadi. Rimda Italiya
aholisiga past nazar bilan qarash an’anasi kuchaydi.
Italiyadagi vaziyat juda keskin edi, yetarlicha
siyosiy tajribaga ega bo’lgan nobillarning ba’zi bir
vakillari norozilikni faqat o’z vaqtida o’tkarilgan
islohotlar norozilikni oldini olish mumkin edi. Bu
islohotlarni o’tkazish tashabbusi bilan er. avv. 91-
yilda tribun qilib saylangan optimat Kichik Liviy
Duruz chiqdi. U Rim fuqarolari va italiyaliklarni
keng qatlamlariga suyangan holda senat obro’ini
mustahkamlash, shu bilan bir vaqtda kuchayib
ketayotgan suvoriylarni zaiflashtirish maqsadini
ko’zladi. U quyidagi qonun loyihalarini taklif qildi: 1.
Barcha italiyaliklarga fuqarolik huquqini berish; 2.
Kampaniya va Sitsiliyadagi hali taqsimlanmagan
jamoa yerlariga Rim fuqarolari koloniyalarini tashkil
qilish; 3. Senatorlarning sud komissiyasiga provinsiya
noiblari su’istemollari to’g’risidagi ishlarni berish,
shu bilan birga senatni 300 suvoriy bilan to’ldirish; 4.
Eng kambag’al fuqarolarga arzon non sotishni
ko’paytirish. Birinchi punkt eng ko’p qarshilikka
uchradi. Ittifoqchilar to’g’risidagi masala muhokama
qilinadigan xalq kengashidan bir kun oldin Liviy Druz
o’ldirildi.
793
Liviy Druzni o’ldirilganligi, uni qonun loyihasi rad
etilganligi haqidagi xabar Rimga qarshi ittifoqchilarni
urushini keltirib chiqardi (er. avv. 91-88-yilllar). Rim
bu urushga bor kuchini to’pladi, eng yaxshi
lashkarboshilar Gay Mariy, Lutsiy Korneliy Sulla,
Litsiniy Krass va hatto ozod qo’yilgan qullar ham
safarbar qilindi. Urush davomida rimliklar yon
berishga majbur bo’lib, Rim fuqaroligini barcha
Italiyaliklarga va Rimga sodiq qolgan etrusk va
umbrlarga berish to’g’risidagi qonun qabul qilindi,
keyin esa ikki oy davomida qurolini topshiradigan
qozg’olonchi ittifoqchilarga ham fuqarolik va’da
qilindi. Faqat shundan keyingina qo’zg’olonchilar
o’rtasida ajralish boshlandi. Urushni oxirigacha
davom ettirmoqchi bo’lgan mars va boshqa
qabilalarning shahar va qishloqlari kultepaga
aylantirildi. Urush quyidagi asosiy natijalar bilan
tugadi:
-Rim rasmiy jihatdan ham jamoa davlat sifatida
yashashni to’xtatdi;
-Ittifoqchi jamoalar mahalliy o’z-o’zini
boshqaruvini saqlab qolgan yagona davlat tarkibiga
kirgan shahar-munisipiylarga aylandi;
-Munisipiylar ichki qurilishda Rim tartiblarini
o’zlashtira oldilar. O’z-o’zini boshqaruvning bosh
organi xalq yig’ini saylagan sobiq magistrantlar, 100
dekurionlardan saylangan senat (kuriya) edi. Senat
794
a’zolari odatda boy shaharliklar, o’rta yer egalari-
quldorlar edi;
-Italiyani Rim fuqaroligi bilan yagona davlatga
birlashuvidan birinchi navbatda boy italiyaliklar foyda
ko’rdilar, jumladan dekurionlar toifasi shu vaqtdan
boshlab hukmron sinfning iqtisodiy va siyosiy
jihatdan kuchli guruhi sifatida o’rin egallay boshladi;
-Italiya iqtisodiyotida quldorlik munosabatlari
jamoalar aro doiradan chiqib yanada ntensive
rivojlana boshladi;
-Asosan yersizlikdan azob chekkan Italiya
dehqonlari veteranlar sifatida provinsiya yerlarini
egallash imkoniga ega bo’ldilar. Provinsiyalarda
italiyalik savdogarlar, sudxo’rlar, ijarachilar hamda
hunarmandlar keng faoliyat ko’rsata boshladilar. Eng
kambag’al italiyaliklar, legionerlar va davlat
yordamini oladigan Rim yo’qsillari safini to’ldirdilar;
Rim fuqarolari sonini 400 mingdan 200 mln.gacha
o’sishi ijtimoiy-toifaviy ziddiyatlarni tugatmadi, balki
yanada kuchaytirdi.
Ittifoqchilar urushida rimliklarning g’alabasi juda
qimmatga tushdi. Italiya shahar va qishloqlari vayron
qilindi, juda ko’p qurbonliklar berildi. Iqtisodiy
tushkunlik boshlanib, pul qadrsizlandi. Iqtisodiyotdagi
tushkunlik rim jamiyatida ijtimoiy ziddiyatlarni
keskinlashuvi bilan birgs bordi. Tashqi siyosatda bu
vaqtda jiddiy muammolar tug’ildi. Rim respublikasini
og’ir vaziyatidan foydalangan Pont podshosi Mitridat
795
VI Yevpator rimning Osiyodagi provinsiyalariga
bostirib kirdi. Er. avv. 88-yilda Rim chuqur ichki
yo’qotishlar va qonli tashqi urushlar bag’riga kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |