O’zbkiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Sulla diktaturasini o’rnatilishi. Spartak



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/244
Sana11.01.2023
Hajmi1,87 Mb.
#898754
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   244
Bog'liq
Qadimgi dunyo2

Sulla diktaturasini o’rnatilishi. Spartak 
boshchiligidagi qullar qo’zg’oloni 
Rim respublikasi er. avv. 80-yil boshlarida
Italiyada ittifoqchilik urushlari tugaganidan keyin 
moliyaviy tushkunlik, hunar va savdo degradatsiyasi 
va ichki siyosiy beqarorlik holatida edi. Shu bilan bir 
vaqtda Pont podshosi Mitridat VI ni kichik Osiyo va 
Bolqon yarimorolini bosib olishi Rimni sharqda urush 


805 
boshlashiga chaqiriq bo’ldi. Mitridat mashhur shaxs 
bo’lib, baland bo’yli juda katta jismoniy kuchga ega 
bo’lgan, 22 tilni bilgan har tomonlama ma’lumotli 
kishi edi. U Bosfor, Kolxida, Kichik Armanistonni 
bosib olib, rimliklarni Kichik Osiyo mulklariga 
bostirib kirdi. Mahalliy aholi uni xaloskor sifatida 
kutib oldi. Kichik Osiyoning barcha shaharlarida 
uning topshirig’i bilan bir kunda 30 ming rimlik 
o’ldirildi. Mitriditga qarshi urushda qo’shinga 
qo’mondonlik qilish uchun birdaniga ikki sarkarda 
optimatlar yetakchisi er. avv. 80-yilda konsul bo’lgan 
50 yoshli Lutsiy Korneliy Sulla va populyarlarning 
o’tmishdagi ittifoqchisi olti marta konsul bo’lgan 
shuhratparast 68 yoshli keksa Gay Mariy da’vogar 
bo’ldilar.
Rim qo’shiniga qo’mondonlik qilish senat 
tomonidan Sullaga topshirildi, Rimda xalq yig’ini 
Sullani chetlatib, sharqqa yurishga Mariyni 
qo’mondon qilib tayinladi. Shu vaqtda janubiy 
Italiyada turgan g’ayratli Sulla o’z qo’shinlariga juda 
katta va’dalar berib, Rimga yurish qildi. Rim o’zining 
ko’p asrlik tarixi davomida birinchi bor rimlik 
qo’shinlar tomonidan jang bilan egallandi. Mariy 
Afrikaga yashirinishga majbur bo’ldi.
Sulla o’z qo’shini bilan Yunonistonga yurish qilib, 
Mitridat qo’shinlarini tor-mor qildi. Shu vaqtda 
Rimda to’ntarish sodir bo’lib, hokimiyatni yettinchi 
marta konsul qilib saylangan Gay Mariy va 4 marta 


806 
konsul bo’lgan tsinna egalladilar Tez orada Mariy 
bezgak kasalligidan vafot etdi. Sulla er. avv. 83-yilda 
o’z qo’shini bilan janubiy Italiyaga kelib tushdi. 
Fuqarolar urushining yangi davri boshlandi. Bu urush 
Sullaning g’alabasi bilan tugadi, u yana jang bilan 
Rimga kirib, o’z diktaturasini o’rnatdi. Sulla o’zining 
raqiblarini bartaraf qilish uchun proskripsiya deb 
nomlangan tadbirni amalga oshirdi. Sulla tomonidan 
tuzilgan kishilarni alohida ro’yxati shunday deb atalar 
edi. Kim bu ro’yxatga tushgan bo’lsa qonundan 
tashqari e’lon qilinib, har qanday kishi uni o’ldirishi 
hatto bu uchun mukofot olishi mumkin edi. Shu yo’l 
bilan 100 senator va 2500 suvoriy o’ldirildi va ularni 
mulki musodara qilindi. Sulla xalq tribunlari 
hokimiyatini cheklaydigan qator qonunlar qabul qildi,
bepul non tarqatishni bekor qildi, qarz foizlarini 
chekladi hamda er. avv. 241-yilda bekor qilingan 
senturiy komisiyalarini qayta tikladi. Senat tarkibiga 
Sulla o’z tarafdorlaridan bo’lgan 300 yangi a’zoni 
kiritdi. Diktator plebey tribunlari va komisiyalarining 
qonunchilik hokimiyatini bekor qilib, bu vakolatni 
senatga berdi. Lekin tez orada er. avv. 79-yilda 
ko’plar uchun kutilmagan holda Sulla diktatorlik 
vakolatini o’zidan soqit qilib, hokimiyatdan 
chetlashdi. Sobiq dictator baliqchilik bilan 
shug’ullanib, “Memuarlar” yozdi. Er. avv. 78-yilda u 
60 yoshida miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot 
etdi. Sulla konstitutsiyasi yana 8 yil yashadi.


807 
Sertoriy qo’zg’oloni senatning Gney Pompey 
boshchiligidagi qo’shinlari bilan bostirildi. 
Shu vaqtda Italiyani Spartak rahbarligidagi misli 
ko’rilmagan qullar qo’zg’oloni qalqitib yubordi (er. 
avv. 74-71-yillar). Spartak kelib chiqishi Frakiyadan 
bo’lib Rim yordamchi qo’shinlarida xizmat qilgan va 
dezerterligi uchun qullikka sotiladi. U Kapuya 
shahrida fuqaro Lentul Batiatning gladiatorlar 
maktabida gladiator edi. Boshda Spartak 
qo’zg’oloniga ahamiyat berilmadi. Sarkardalik 
qobiliyatiga ega bo’lgan shijoatli Spartak tez orada 
o’z qo’l ostida qullardan tuzilgan 120 ming kishilik 
qo’shin to’pladi. Bir necha bor rimliklar ustidan 
g’alaba qildi, ayniqsa shimoliy Italiyadagi Mutina 
shahri yonida Spartak yaxshi qurollangan ikki konsul 
boshchilik qilgan Rim qo’shinlarini tor-mor qildi. Bu 
hol Rimni vahimaga tushirib qo’ydi.
Senat er. avv. 72-yilda Spartakka qarshi qo’shinga 
boshchilik qilishni favqulodda vakolatlar bilan eng 
boy quldor Mark Krassga topshirdi. Spartak tezlik 
bilan Rimni chetlab o’tib Italiyaning janubiga yurish 
qildi. Farazlarga ko’ra Spartak Sitsiliyaga o’tishga 
harakat qiladi. Spartakni Sitsiliyaga o’tishida kemalar 
bilan ta’minlashga va’da bergan dengiz qaroqchilari 
Piratlar uni aldadilar. Qullar qo’shini Bruttiya 
viloyatiga qamalib qoldilar, Krass bu yerda 52,5 
km.lik uzunlikdagi okop qazishga buyruq berdi. 
Spartak qo’shinlari rimliklarning bu to’siqlarini


808 
buzib o’tib, Burundiziga qarab harakat qildilar. Tez 
orada Spartak qo’shinlaridan bir necha qismlar ajralib 
ketdilar. Bu Spartakning kuchini zaiflashtirdi. Krass
qullar qo’shinini taqib ostiga olib, ularni orqasidan 
izma-iz yurdi. Apuliya viloyatida Krass va Spartak 
qo’shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang bo’ldi. Jang 
boshlanishida Spartakka otini minishga hozirladilar, 
lekin u qilichini sug’urib otni o’ldirdi. Spartak g’alaba 
qilgan taqdirda eng yaxshi otlarga ega bo’lishi 
mumkinligi, yengilgan taqdirda hech qanday ot kerak 
emasligini aytdi. Jang juda shafqatsiz bo’lib, rimliklar 
g’alaba qildilar. Spartak va minglab qullar bu jangda 
qahramonona halok bo’ldilar. Uch yil davom etgan 
qullar qo’zg’oloni bostirildi, 6 ming qul Kapuyadan 
Rimga boradigan yo’lda hochga mixlandi.

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish