Ikkinchi triumvirat. Respublikani qulashi
Sezarni o’ldirib fitnachilar o’zlarini yo’qotib
qo’ydilar. Brut va Kassiy shahardan qochishga majbur
bo’ldilar. Rimning amaldagi xo’jayini, Sezarning eng
yaqin do’stlaridan biri er. avv. 44-yildagi konsul
Mark Antoniy bo’ldi. Antoniy Sezarning merosxo’ri
sifatida marhumning uyidan uning arxivi, 100 mln.
sestersiy miqdoridagi pul mablag’ini o’zlashtirib oldi.
Sezarning dafn qilish marosimi dabdabali qilib
o’tkazildi.
Dafn qilish marosimi arafasida diktatorning
vasiyatida o’zini bosh merosxo’ri qilib, asrandi o’g’li,
jiyani, 18 yoshli Gay Oktavian Furinni belgilagani
ma’lum bo’ldi. Boshda Antoniy Gay Yuliy Sezar
Oktavianga mensimasdan qaradi. Oktavian senat
bilan vaqtinchalik ittifoq tuzdi. Respublika tarafdori
bo’lgan mashhur notiq va konsul Sitseron yangi tiran
816
Mark Antoniyga qarshi Oktavianni qo’llab-
quvvatladi.
Fuqarolar urushining oxirgi bosqichi boshlandi.
Senatning topshirig’i bilan Oktavian Mark Antoniyga
qarshi urush boshladi. Er. avv. 43-yil aprelida Mutina
yonidagi jangda Antoniy yengildi. Legionerlar
Oktavianga imperator unvonini berdilar, Antoniy esa
respublika dushmani deb e’lon qilindi. Antoniy
yengilgach senat g’alabani bayram qildi. Sitseron
boshchiligidagi senat oligarxiyasi Oktavianni o’z
mutlaq hokimiyatini o’rnatishiga yo’l bermaslikka
urindilar. Oktavianni konsul bo’lishiga qarshi
chiqdilar va unga qo’shinga qo’mondonlikni
topshirishga buyruq berdilar. Oktavian esa
qo’mondonlikni topshirmadi, Antoniyni taqib qilmadi.
Aksincha, Mark Antoniy va Sezar tarafdorlaridan
bo’lgan Lepid bilan o’zaro shartnoma tuzdi. Ularning
ittifoqi II triumvirat nomi bilan ma’lum. Bu ittifoq I
triumviratdan farq qilgan holda xalq yig’inida rasmiy
tasdiqlandi. Triumvirlar kelishuviga asosan Oktavian
er. avv. 41-yil 19-avgustida konsul etib saylandi.
Italiyada ular o’zlariga qarshi bo’lgan respublika
tarafdorlarini taqib ostiga oldilar, e’lon qilingan
proskripsiya natijasida minglab odamlar birinchi
navbatda taniqli respublikachi Sitseron halok bo’ldi.
Shu vaqtda respublika tarafdorlari bo’lgan Brut va
Kassiy Bolqon yarim orolida katta harbiy kuch
to’pladilar. Er. avv. 42-yilda Makedoniyadagi Filipp
817
shahri yaqinida triumvirlar qo’shinlari bilan senat
respublikasi tarafdorlari qo’shinlari o’rtasida jang
bo’lib respublikachilar yengildilar.
Respublikachilar tor-mor etilgach triumvirlar
o’rtasida provinsiyalar yangidan taqsimlandi: Antoniy
Sharq, Galliya va Afrikani, Oktavian-g’arbni (uni
mulklari markaziy Italiya bo’ldi) egalladi, Lepidga esa
hech narsa qolmadi. Mark Antoniy Misrga jo’nab
ketdi va u yerda malika Kleopatraga uylanib
Makedoniyada yashadi, mutlaq hukmdor sifatida
Sharqdagi Rimning yer mulklariga egalik qildi. U
Kleopatraning o’g’illariga qator provinsiyalarni hadya
qildi. Oktavian esa Rimga qaytib Antoniyga qarshi
zimdan kuch to’play boshladi. Tez orada
triumvirlardan biri Lepid Sitsiliyada hokimiyatni
qo’lga olishga urindi, lekin uning qo’shinlari Oktavian
tomoniga o’tdi. natijada Lepidning siyosiy faoliyati
tugallandi. Lepid oliy pontific lavozimiga egta
bo’lgani uchun Oktavian uni hayotini saqlab qoldi.
Shundan so’ng Lepid Rimda hech qanday siyosatga
aralashmay er. avv. 12-yiligacha yashab 77 yoshida
vafot etdi. Italiya va uning atrofidagi hududlarida o’z
hokimiyatini mustahkamlagan Oktavian Antoniyga
qarshi katta qo’shin to’pladi.
Er. avv. 32-yilda rimliklar Misrga qarshi urush
e’lon qildilar. Antoniy tarafdorlaridan tozalangan
senat uni “respublika dushmani” deb e’lon qildi.
Oktavian 250 jangovar kemaga, 80 ming
818
legionerlardan iborat quruqlikdagi qo’shinga, Antoniy
esa 100 ming piyoda askarga, 12 ming otliq va 500
kemaga ega edi. Er. avv. 31-yil 2-sentyabrda Epir
qirg’og’idagi Aksiy burni yonida dengiz jangi bo’lib,
bu jangda Antoniy floti yengildi. Er. avv. 30-yilda
Oktavian Suriya va Misrga yurish qildi va hech
qanday qarshiliksiz Iskandariya shahrini egalladi.
Jangda yengilib, hokimiyatdan ajralgan Antoniy
o’zini qilichga tashlab o’ldirdi. Kleopatra esa o’lim
to’shagiga yotgan eriga o’zini o’ldirib uni orqasidan
borishini va’da qildi. Ammo buning o’rniga u
Oktavian bilan muzokaraga kirishib o’ziga foydali
bo’lgan shartlar bilan taslim bo’lishga umid qildi.
Faqat g’olib Oktavian uni oltin zanjir bilan kishanlab
o’z zafar triunfida Rimga olib borish niyati borligini
bilib qolib, o’zini o’zi o’ldirdi. Oktavianning buyrug’i
bilan Sezar va Kleopatraning o’g’li Sezarion hamda
Antoniyning Ful-viyadan bo’lgan katta o’g’li Antull
o’ldirildi. Antoniyning qolgan 9 bolasi uning sobiq
xotini Oktavia (Oktavianning singlisi) tomonidan
tarbiyalashga olindi. Ptolemeylar sulolasi hukmronlik
qilgan Misr Rim provinsiyasiga aylantirildi. Shu bilan
Rimda fuqarolar urushining fojiali davri tugadi.
Sezarning asrandi o’g’li Oktavian Rim o’rtayerdengizi
davlatining yakka-yu yagona xo’jayini sifatida 43 yil
hukmronlik qildi (er. avv. 30-yildan–eramizning 14-
yiligacha).
819
Do'stlaringiz bilan baham: |