834
urushi natijasida Tit Flaviy Vespasianni imperator deb
e’lon qildi.
Vespasian fuqorolar urushida qo’shinning qo’llab-
quvvatlashi bilan g’olib chiqib,
Flaviylar sulolasiga
asos soldi. Flaviy va uning birinchi merosxo’rlari
davrida Rim davlati ma’lum darajada
mustahkamlandi. Davlat xazinasi to’ldirildi. Flaviylar
provinsiya zodagonlaridan senat tarkibini to’ldirdilar
va senat bilan murosa qilgan holda ichki va tashqi
siyosatni olib bordilar.
Faqat Vespasianning kichik o’g’li
Domisian
davrida siyosiy terrorning yangi to’lqini boshlandi.
Domisian cheklanmagan hokimiyatga intilib, senatni
o’zini xudo va hukmdor deb e’lon qilishga majbur
qildi va o’zi raqib deb hisoblagan senator va boshqa
boy fuqarolarni qatag’onlarni uyushtirdi. Shu sababli
u eramizning 19-yili fitnachilar tomonidan o’ldirildi.
Domitsian o’ldirilganidan so’ng 100 davomida
imperatorlar senat bilan kelishgan holda davlatni
boshqardilar. Imperatorlar
provinsiyalar ravnaqi
uchun qator tadbirlarni amalga oshirdilar, g’olibona
tashqi urushlar olib bordilar, imperiya chegaralarini
tashqi dushmanlardan himoya qildilar. Shuningdek
ular rimning qadimgi urf-odatlari va an’analariga
hurmat bilan qaradilar. Fan va san’atga homiylik
qildilar. Ayniqsa Italiyadan tashqarida tug’ilgan
birinchi Rim askar imperatori Mark Ulpiy Trayan va
imperator-faylasuf Mark-Avreliy Antonin davlat
835
hokimiyatini va jamiyatni
barqaror rivojlanishi uchun
o’zlarining namunali ichki va tashqi siyosatlari bilan
shuhrat qozondilar.
Eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasining
tashqi siyosati mudofaa xarakteriga ega bo’ldi.
Keyinchalik imperiya hududlari bir qadar kengaydi.
Britaniya oroli Rim imperiyasi provinsiyasiga aylandi.
Afrika va Bolqonda yangi provinsiyalar paydo bo’ldi,
ammo bepoyon hududlarda
barqarorlikni saqlab turish
provinsiyalarda tez-tez ko’tarilgan qo’zg’olonlar faol
istilochilik siyosatini olib borishga xalaqit berdi.
Galliya va Yahudiyada kuchli qo’zg’olonlar, quyi
dunyodagi daklar, shimoldagi german qabilalari,
sharqda esa Parfiyaning kuchayishi Rim davlatining
chegaralari mudofaasini kuchaytirishni talab qildi.
Imperatorlar Trayan, Adrian va Mark Avreliy
davrida yaxlit mudofaa liniyalari shakllandi. Adrian
davrida Rim fuqaroligiga ega bo’lmagan provinsiya
aholisi ham legionlarga harbiy
xizmatga qabul qilina
boshlandi.
Eramizning I–II asrlarida printsepslar
hokimiyatining moddiy asoslari kuchaydi.
Provinsiyalarning ko’pchiligini daromadlari imperator
xazinasi (fisk)ga tushdi.
Do'stlaringiz bilan baham: