Mustaqil ish mavzulari
Sitseron va uning davri
Sulla diktaturasi va uning mohiyati
Rim respublikasi tushkunligining ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy sabablari
Er. avv. 60-yillarda Rimdagi siyosiy vaziyat
821
Reyting savollari
1.Er.avv. 137-132-
yillarda
Evnoy
boshchiligidagi qullar
qo’zg’oloni
qaerda
bo’lib o’tdi?
A) Etruriyada
B) Tirren dengizi
bo’yida
S) Sitsiliyada
D) Rimda
E) Kampaniyada
2. Rimda “Er egaligi
to’g’risida”gi qonunning
qabul qilish talabi bilan
kim chiqqan?
A) Tiberiy Grakx
B) Yuliy Sezar
S) Oktavian Avgust
D) Gay Grakx
E)A va B
3.
Spartak
boshchiligidagi qullar
qo’zg’oloni
qachon
bo’ldi?
A)
er.avv.74-71
yillarda
B) eramizning 70-
yillarda
S) eramizning 69-
yillarda
D) eramizning 400
yilida
E) er.avv.137 yillarda
4.Er.avv. 50-yillarda
O’rtayer
dengizida
dengiz qaroqchiligini
tugatgan shaxs kim?
A) Yuliy Sezar
B) Oktavian Avgust
S) Antoniy
D) Pompey
E) Krass
5. Er.avv. 104 yilda
Rimda qanday voqea
sodir bo’ldi?
A) qullar ozod etildi
B) qullar qo’zg’oloni
bo’ldi
S) Rimga asos solindi
D) Kampaniyada
Pompeyning xujumi
boshlandi
822
E) Pompey dictator
deb e’lon qilindi
6.
Spartak
qo’zg’olonini
kim
bostirdi?
A) Krass
B) Yuliy Sezar
S) Gney Pompey
D) Antoniy
E) Oktavian
7. I Triumvirat (3
erkak ittifoqi)ni kimlar
tuzdi?
A) Pompey, Antoniy,
Sezar
B) Sezar, Oktavian,
Krass
S) Pompey, Krass,
Sezar
D) Krass, Oktavian,
Pompey
E)
Antoniy,
Kleopatra, Sezar
8. Sezar qachon
konsul etib saylandi?
A) er.avv. 74-yilda
B) er.avv. 63 yilda
S) er.avv. 59 yilda
D) er.avv. 71 yilda
E) er.avv. 70 yilda
9.
Sezar
xokimiyatining asosiy
tayanchi…
A) qo’shin edi.
B) provinsiyalarning
noiblari edi.
S) diktatorlar edi
D) A va B
E) B va S
10.Yuliy
Sezar
qachon o’ldiriladi?
A) er.avv.65 yilda
B) er.avv.170 yilda
S) er.avv.44 yilda
D) er.avv. 69-yilda
E) er.avv. 70-yilda
11.Yuliy
Sezar
o’limidan so’ng uning
vorisi?
A) Gney Pompey
B) Oktaviyan Avgust
S) Antoniy
D) Krass
E) B va S
823
12. Oktavian va
Antoniy kimlarga
qarshi chiqdi?
A) Krassga qarshi
B) respublikachilarga
qarshi
S)
monarxiya
tarafdorlariga qarshi
D) Pompeyga qarshi
E) A va S
13. Antoniy Rim
davlatining qaysi
qismini idora qilgan?
A) shimoliy
B) sharqiy
S) janubiy-g’arbiy
D) g’arbiy
E) janubiy
14. Antoniy va
Oktavian o’rtasidagi
xal qiluvchi jang
qaerda bo’lgan?
A) Tirren daryosi
bo’yida
B) Kampaniyada
S) Rimda
D) Aksiy burni
yonida
E) Galliyada
15. “Rim sotqin
shahar kimki uni
sotib olishni istasa
albatta unga erishadi”
degan so’zlar kimga
tegishli?
A) Yuliy Sezarga
B)
Numidiya
podshosi Yugurtaga
S) Misr malikasi
Kleopatraga
D) Krassga
E) Pompeyga
16.”Pekuliy” nima?
A) qullarni sotish
huquqi
B) qullarga chek
erlar berish
S) qullardan erlarni
tortib olish
D) qullarni ozod
qilish
E) A va B
17. Xrisogon kim
bo’lgan?
A) Sullaning ozod
qo’yilgan quli
824
B) Rim konsuli
S) Rim senatori
D) Sezarning raqibi
E)diktator
18. “Rim sotqin
shahar, kimki uni
sotib olishni istasa
unga
albatta
erishadi”-bu so’zlar
muallifi kim?
A) Yugurta
B) Gay Mariy
S) Sitseron
D) Polibey
E) Romul
19. Rimda qachondan
boshlab qullar ozod
qilina boshlandi?
A) er. avv. I asrning I
yarmidan
B) er. avv. II asrning
II yarmidan
S) er. avv. IV asrning
I yarmidan
D) er. avv. IV asrning
II yarmidan
E) er. avv. V asrning I
yarmidan
20. 80-yilda Pont
podshosi
kim
bo’lgan?
A) Mitridat V
B) Yugurta
S) Gay Mariy
D) Sitseron
E) Polibey
21. Mitridat qanday
kishi?
A) 22 tilni bilgan, har
tomonlama
ma’lumotli, ma’rifatli
kishi
B) manfaatdor kishi
S) fitnachi
D) xiyonatkor kishi
E) o’g’ri
22. Er. avv. 83-yilda
Sulla o’z qo’shini
bilan qayerga yurish
qildi?
A) Yunonistonga
B) Istambulga
S) Eronga
D) Bobilga
825
E) Sirakuzaga
23. Er. avv. 32-yilda
rimliklar
qaysi
davlatga qarshi urush
e’lon qildi?
A) Misr
B) Afrika
S) Bobil
D) Eron
E) Yunoniston
24. Er. avv. 44-yilda
konsul kim edi?
A) Mark Antoniy
B) Sezar
S) Gay Mariy
D) Yugurta
E) Mitridat
25. Er. avv. 43-
yilning
aprelida
rimliklar bilan Latina
yonidagi jangda kim
yengildi?
A) Antoniy
B) Sezar
S) Tarent
D) Mitridat
E) Gay Mariy
26. Er. avv. 30-yilda
Oktavian qayerga
yurish qildi?
A) Rimga
B) Suriyaga
S) Misrga
D) Bobilga
E) Afinaga
27. Er. avv. 60-
yillarda Bosfor
podshosi Mitridat
qo’shinlarini yengib,
Armanistonni vassal
davlatga aylantirgan
Rim sarkardasi kim?
A) Pompey
B) Sezar
S) Gay Mariy
D) Katilina
E) to’g’ri javob yo’q
28. Galliyada 300 ta
qabilani
bo’ysundirgan, 800
shaharni qamal qilib
olgan, 1 mln. kishini
asir olgan rimlik
sarkarda kim?
A) Yuliy Sezar
826
B) Gney Pompey
S) Gay Mariy
D) Konstantin
E) Adrian
29. Parfiyaga qarshi
yurishga tayyorgarlik
davrida fitna qurboni
bo’lgan
rimlik
sarkardani ayting?
A) Yuliy Sezar
B) Gney Pompey
S) Trayan
D) Arkadiy
E) Tatsit
30.
Oktavian
nechanchi
yilda
Misrga qarshi urush
e’lon qildi?
A) er. avv. 32-yilda
B) er. avv. 31-yilda
S) er. avv. 30-yilda
D) er. avv. 29-yilda
E) er. avv. 34-yilda
31. Er. avv. 55-yilda
Rimda konsul qilib
saylangan siyosiy
arboblarni ko’rsating?
A) Krass va Pompey
B) Sulla va Sezar
S) Oktavian va
Antoniy
D) Sezar va Pompey
E) to’g’ri javob yo’q
32. Er. avv. 80-60-
yillarda Rimning
asosiy raqiblaridan
biri 22 tilni bilgan,
har
tomonlama
ma’lumotli bo’lgan
Pont
podshosini
ko’rsating?
A) Mitridat VI
B) Vologes
S) Yugurta
D) Mitridat I
E) to’g’ri javob yo’q
827
Ilk imperiya davri
Avgust prinsipati
Aktsiy qo’ltig’idagi g’alaba natijasida 33 yoshli
Oktavian (er. avv 30-yildan. eramizning 14-yiligacha)
ulkan davlatning yagona hukmdoriga aylandi. U
diktatura va umrbod senzorlikdan voz kechdi, hech
kim uni podsholikka intilmoqda deb o’ylamasligi
uchun Romul nomini va dominus (janob) unvonini
inkor qildi. Oktavian er. avv. 30-yildan plebey tribuni
hokimiyatiga ega edi, er. avv. 29-yilda senatdan
qo’shin qo’mondoni, va ichki va tashqi siyosat
sohalarida oliy hokimiyatda egalikni bildiradigan
umrbod imperator unvonini oldi. Er. avv. 28-yilda
senatda navbatdagi tozalashni o’tkazib Oktavian
senatning printsepsi (“birinchi”-latin tilidan
828
to’g’ridan-to’g’ri tarjimasi) unvonini oldi. Respublika
rimida printseps unvoni senatorlar ro’yxatidagi eng
keksa va eng hurmatli fuqaroni senatdagi o’rnini
bildirar edi. Bu unvon Oktavianga o’z fikrini birinchi
bo’lib bildirishga va senatning qaroriga ta’sir qilishga
imkon yaratdi. Senat unga Avgust (“Xudolar
ulug’lagan”) unvonini berib, uning hokimiyatini
muqaddas ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari
Oktavian Avgust oliy harbiy hokimiyatga egaligi,
umrbod konsul, xalq tribuni bo’lganligi uchun “veto”
(ta’qiq) huquqidan foydalanish imkoniyatiga ega
bo’ldi.
Oktavian hokimiyatining moddiy asosini unga
shaxsan qaram bo’lgan provintsiyalardan keladigan
daromadlar va senat xazinasi bilan yonma – yon ta’sis
etilgan printseps xazinasi-fisk tashkil qildi. Uning
davrida respublika muassasalari senat, konsullar,
kvestorlar lavozimi saqlab qolinib, barcha mansabdor
shaxslar ma’lum bir muddatga saylanar edi. Avgust
senatdan barcha ozod qo’yilgan qullarni chiqarib
unga Italiya munitsipiylari va koloniyalarining
zodagonlarini kiritdi. O’zining hokimiyati uchun
xavfli bo’lgan yirik yer egalari va boylarni ijtimoiy
ahvolini turli tadbirlar bilan mustahkamladi va ularni
o’ziga moyil qildi. Oktavian Avgustni yana bir tabaqa
suvoriylar qo’llab quvvatladi. Bu tabaqaga printseps
muhim imtiyozlarni berdi. Suvoriylar uchun 400000
sestertsiy mulk senzi belgilanib, eski respublika
829
an’analari bilan bog’lanmagan bu qatlamga boylik
orttirgan mulkdorlar kiritildi. Ba’zi bir yuqori
mansablar suvoriylarga berildi.
Oktavian shaharning quyi qatlamlarini ham o’z
tomoniga og’dirib olish uchun ularga tekin non
tarqatib, tomoshalar uyushtirdi. O’sha davrda Rimda
yashagan million aholidan kamida 200000 kishi
davlatdan bepul non olar edi.
Avgust hokimiyatining asosiy tayanchi qo’shin edi.
Legionerlarga oylik muntazam to’lab turildi. Qo’shin
professional bo’lib Rim fuqarosi harbiy xizmatga
kirgan vaqtda-shaxsan printsepsga sodiqlik to’g’risida
qasamiyod qilar edi. Harbiy xizmat 25 yil qilib
belgilandi. Provinsiyalardagi fuqarolar yordamchi
qo’shinlar tarkibida xizmat qilar edi. Lashkarboshilik
qobiliyati bo’lmagan va urushlar olib borishni
yoqtirmagan imperator imperiyaning hududlarini
kengaytirishni emas, balki mavjud bo’lgan hududlar
chegaralarini mustahkamlashni afzal ko’rdi.
Faqat Er. avv. I asr oxirida Oktavianning vorislari
davrida Alp tog’lari hududi va Dunay havzasida
keng hududlar bosib olindi. Bosib olingan bu
hududlarda Pannoniya va Meziya provinsiyalari
tashkil etildi.
Imperiyaning shimoldagi chegaralari Reyn va
Dunay daryolari bo’ldi. Rimliklarni Reyn va Elba
daryolari havzasida o’rnashib german provinsiyasini
tashkil qilishga urinishlari to’la mag’lubiyat bilan
830
tugadi. Xerusk qabilari yo’lboshchisi Arminiy
boshchiligida Tevtonburg o’rmonida Rimning uch
legioni tor-mor qilindi.
Oktavian sharqda urush harakatlarini olib
bormadi. Parfiya bilan diplomatik aloqalar o’rnatildi.
Er. avv. 20-yilda parfiyaliklar bilan tinchlik
shartnomasi tuzilib, rim qo’shinlarini er. avv. 53-, 40-
va 36-yillardagi mag’lubiyatlari natijasida bosib
olingan asirlar, bayroqlar rimliklarga hamda garovga
olingan zodagon rimliklar qaytarib berildi. Ikki davlat
o’rtasidagi chegara Frot daryosi bo’yicha belgilandi.
Oktavian Kichik Osiyo va Suriyaning sharqida Rimga
qaram, vassal davlatlarni saqlab qoldi.
Qo’zg’olonchi Galliya er. avv. 27-yilda to’la
bo’ysundirilib, 4 provinsiya: Narbon Galliyasi,
Lugdun Galliyasi, Belgika va Akvitaniyaga rasman
bo’lindi. Pireney yarim orolining shimoliy-g’arbida
jangovar astur va kantabr qabilalari bilan er. avv. 28-
19-yillarda og’ir urush olib borilib, bu urush er. avv.
19-yilda g’alaba bilan tugallandi. Shundan so’ng
Pireney yarim oroli uch provinsiya: Tarrakon
Ispaniyasi, Luzitaniya va Betika tashkil qilindi.
Rimliklar er. avv. 25-15-yillarda salass, ret va vindelik
qabilalarini bo’ysundirib, Retsiya provinsiyasini
tashkil qildilar. Rimda urush vaqtida ochib
qo’yiladigan Yanus ibodatxonasi eshiklari Oktavianni
o’zi bosh kohin sifatida tinchlik davri boshlanganini
831
bildirib, tantanali yopdi. Yo’llardagi va dengizdagi
qaroqchilik tugatildi.
Avgust o’ziga shaxsan bo’ysunadigan, uni hayoti
uchun ma’sul bo’lgan shaxsiy qo’riqchi pretorian
qismi (gvardiya)ni tuzdi. Avgust davrida Rimda ilk
bor o’t o’chirish qismlari tuzildi.
Oktavian murosalar olib borishga juda usta bo’lib
senat bilan hokimiyatni bo’lishdi. Provinsiyalar
imperator va senat o’rtasida taqsimlandi. Misr
imperatorning shaxsiy mulki hisoblanar edi. Boy va
strategik jihatdan muhim bo’lgan provinsiyalar
imperatorning bevosita nazorati ostida bo’lib, legatlar
tomonidan boshqarilar edi. Senat ixtiyoridagi
provinsiyalarga ham amalda imperator hokimiyati
nazorati ostida edi.
Davlat boshqaruv apparatini tartibga solish bilan
birga Oktavian rim jamiyati va oilasini
mustahkamlaydigan bir qancha qonunlarni qabul qildi.
Qonunlar foxishabozlikni, erga xiyonatni,
isrofgarchilikni qattiq jazoladi. Qadimgi rim urf-odat,
an’analarini qayta tiklashga tomon yo’l tutildi, oila
mustahkamlanib, ko’p bolalik oila rag’batlantirildi.
Senator va suvoriylarga ozod qo’yilgan qullar bilan
nikoh taqiqlandi. Qullarni ozodlikka chiqarish
cheklandi. Vasiyat bo’yicha ozod qilinadigan qullar
soni kamaytirildi. Boshqa bir qonunga xo’jayin qul
tomonidan shu vaqtda uyda bo’lgan barcha qullar
o’lim jazosiga hukm qilinar edi.
832
Avgust qadimgi rim diniy an’analarini qayta
tiklashga harakat qildi. Buzilgan ibodatxonalar qayta
tiklandi. Shu bilan birga sharqdan kelgan yangi xudo
va ma’budalar ta’qib ostiga olindi. Rimda magiya va
astrologiya ta’qiqlandi.
Oktavian kasalmand kishi bo’lsada 44 yil
hukmronlik qildi, 76 yoshida eramizning 14-yilida
vafot qildi. Uning hokimiyatini birinchi xotini
Liviyaning birinchi nikohidan bo’lgan o’g’li Tiberiy
Klavdiy Neron (14-37-yillar) egalladi. Yangi
printsepsning hokimiyatga kelishi hech kimning
e’tiroziga sabab bo’lmadi, chunki boshqaruvni yangi
shakli amalda o’z samarasini ko’rsatdi. Bundan
tashqari unga ko’nikma hosil bo’lgan edi.
Tiberiy shijoatli lashkarboshi va qobiliyatli
boshqaruvchi edi. Boshqa Tiberiy Oktavianning
siyosiy yo’li va qoidalarini davom ettirib senat bilan
to’la kelishuv asosida davlatni boshqardi. Tiberiy
komisiyalardan saylov va sud funksiyalarini olib
senatga berdi. U iqtisodiy jihatdan tejamkorlik
siyosatini olib bordi (o’zidan keyin xazinada 2 mlrd.
700 mln. sestersiy qoldirdi). Provinsiyalar
boshqaruvini yaxshilashga urindi va jamiyat ma’naviy
hayotini sog’lomlashtirishga harakat qildi. Eskicha
turmush tarzidan voz kechishni istamagan hukmdor
tabaqa barcha islohotlarga norozilik bildirib, passiv
qarshilik ko’rsatdi. Tiberiyga qarshi fitna uyushtirildi.
Imperator 26-yilda Rimdan Kapri oroliga ko’chib
833
o’tdi va 10 yil shu yerda yashadi. 77 yoshli kasal
imperator 37-yil mart oyida pretor prefekti Makron
buyrug’i bilan bo’g’ib o’ldirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |