19-Amaliy mashg’ulot MAVZU: O’ZBEKISTONNING EKOLOGIK BARQAROR RIVOJLANISHI Reja:
1.Ekologik barqaror rivojlanish tamoillari.
2. ekologik ta’limdan ekologik barqaror rivojlanish ta’limiga o’tish omillari.
3. O’zbekistonning hozirgi ekologik siyosati.
Ishning maqsadi: O’zbekistonning barqaror rivojlanish omillari va uning ekologik ta’limdan ekologik barqaror rivojlanish ta’limiga o’tish haqida talabalarga ma’lumotlar berish.
Kerakli material va jihozlar: Ma’ruza matni, jadvallar, rasmlar, kalkulyator
Nazariy material: “Tabiat – bu ajdodlardan qolgan meros emas, balki avlodlardan qarzga olingan boylikdir”-deyiladi barqaror rivojlanish kontseptsiyasida.
Barqaror rivojlanish g’oyasining maqsadi – kelajak avlod ehtiyojlarini inobatga olgan holda hozirgi zamon kishilik jamiyatini uzviy bog’langan ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini bir me’yorda ta’minlashdir.
“Ekologik iz” (EI) – bu qayta tiklanadigan zahiralarning kishilar tomonidan mamlakat, mintaqa yoki dunyo miqyosida iste’mol qilinishi me’yori. EI - iste’mol qilinadigan barcha o’simlik, go’sht, dengiz mahsulotlari, yog’och va tola ishlab chiqarish, energiya olish va infrastrukturani maydon bilan ta’minlash uchun zarur bo’lgan foydalanishga yaroqli umumiy quruqlik hamda dengiz maydonini o’z ichiga oladi.
ISHNI BAJARISH TARTIBI: 1. Quyida berilgan savollarga javob bering, o’z oilangiz turmush tarziga mos ravishda 1,2,3 javoblarni belgilang.