1-topshiriq. Quyidagi gaplar tarkibidan unli tovushlar tushib qolgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
1. Eshiqdan kirishim bilan "dada"lab bag‘rimga tashlanishi qanday
zavqli!(bag‘rimga – bag‘ir)
2. Bo‘g‘ziga pichoq tortilganday xirillayotgan Elchin dastlab qay holga tushganini anglamay ham qoldi.
3. Mo‘ylovini aytmaysizmi, og‘zi qayerdaligini bilib bo‘lmaydi. 4.Hojimurod qalt-qalt titrar, qo‘ynidagi bedanalar pitirlardi.
5. U qattiq kerishib o‘rnidan turganida, ko‘zi korong‘ilashdi..
6. Tush payti dam olay desam, shu ham, mana, burnimdan buloq bo‘lib chiqyapti-ku!
2-topshiriq. Quyidagi gaplar tarkibidan talaffuzda ham, yozuvda ham undosh tovush almashgan so‘zlarni topib, izohlab yozing.
Namuna: eshik+ i = eshigi
1. - Qanday ajoyib qishlog‘imiz bor! - dedi. (O.Yoqubov) 2. Mezbon chiqqach, Manzura yumshoqqina kursiga omonatgina o‘tirdi.(T.Malik) 3. Ekkan sabzi-piyozimizni necha bor shudgor qilib ketgan tumshug‘ing kurg‘urlar. (S.Anorboev) 4. Qani endi men ham o‘richchani sharillatib o‘qiydigan bo‘lsam. (S.Ahm.) 5. Qoravoyning o‘zi arava minmay, nega siz mindingiz?(S.Ahm.) 6. "Iloyo, umring go‘rda chirisin, yetimcha - yetim kulcha... Sen tambalga bergan tomog‘im harom bo‘lsin, darbadar!" (J.Abd.)
3-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga “i” yoki “u” tovushini qo‘yib ko‘chiring.
Chirmov…q, qud….q, quv…r, quvg‘…n, qur…m, qur…q, uy…m, uv…llamoq, tush…n, noshuk…r, buy…m.
4-topshiriq. (og‘zaki bajaramiz). Bu so‘zlarning ma’nolarini o‘ylab ko‘ring.
Bob-bop, bol-pol, besh-pesh, barcha-parcha, dala-tala, dil-til, dur-tur, eg-ek, mard-mart.
FОNЕTIKА 1
1. Qaysi qatordagi so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushadi?
A) ba’zan, qanday B) bo‘lma (fe’l), hozir (ravish) C) kinoda, katta D) mardlarcha, oydek
2. Astronomiyami? so‘zida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi?
A) birinchi bo‘g‘inga B) ikkinchi bo‘g‘inga C) uchinchi bo‘g‘inga D) to‘rtinchi bo‘g‘inga
3. Qishda so‘ziga mantiqiy urg‘u tushgan gapni toping.
A) Qishda biz Chimyonga dam olish uchun boramiz. B) Biz qishda Chimyonga dam olish uchun boramiz.
C) Biz Chimyonga dam olish uchun qishda boramiz. D) Chimyonga biz qishda dam olish uchun boramiz.
4. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda "ng" tovushi qo‘llangan?
A) tongga, nonga, keng B) o‘ngga, donga, o‘tinga C) maymunga, yurganga, borganga
D) tongga, mingga, zangga
5. Sirg‘aluvchi tovushlar ko‘rsatilgan qatorni aniqlang.
A) sh, j, q B) v, z, sh C) s, ch, j D) m, n, h
6. Berilgan so‘zlarning qaysi biri tarkibida ochiq bo‘g‘in mavjud?
A) san’atkorlik B) albomning C) otlantirmoq D) tasdiqlamoq
7. Qaysi qatorda til oldi undoshi berilgan?
A) k B) g C) v D) z
8. Qaysi qatordagi so‘zlarda "ch" tovushining jarangli jufti bor?
A) jurnal, ajdar B) prujina, jemper C) jo‘ja, jahon D) choy, chavgon
9. "‘" belgisi orqali undoshning unlidan ajratib aytilishi qaysi so‘zlarda uchraydi?
A) ma’no, sa’va B) she’r, ma’no C) san’at, fe’l D) mas’ul, jur’at
10. Qaysi qatorda portlovchi undosh tovushlar berilgan?
A) x, n, sh B) j, sh, f C) p, b, m D) y, r, l
So‘z tarkibida qaysi harflardan oldin kelgan n harfi m holida o‘qiladi, lekin n yoziladi?
A) b va p B) d va t C) b va m D) v va f
11. Qaysi harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi?
A) ng B) sh C) ch D) bunday harflar birikmasi mavjud emas
12. ko‘ngil, singlisi, kongress so‘zlarining birinchi bo‘g‘ini qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) har uchala so‘zning birinchi bo‘g‘ini ochiq bo‘g‘in B) har uchala so‘zning birinchi bo‘g‘ini yopiq bo‘g‘in
C) ko‘ngil so‘zida ochiq, singlisi, kongress so‘zlarida yopiq bo‘g‘in D) ko‘ngil, singlisi so‘zlarida ochiq, kongress so‘zida yopiq bo‘g‘in
13. Berilgan so‘zlarning qaysi birida birinchi bo‘g‘in ochiq bo‘g‘in hisoblanadi? 1)dengiz; 2) shtanga; 3) singlim; 4) ko‘ngil
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 4 D) 1, 3, 4
14. Quyida berilgan gapda nechta ochiq bo‘g‘in borligini aniqlang. Go‘zallik tuyg‘usini singdirmay turib, barkamol insonni voyaga yetkazish mumkin emas.
A) 12 ta B) 11 ta C) 10 ta D) 9 ta
15. Qaysi so‘zning yopiq bo‘g‘ini unli va jarangli undoshdan iborat?
A) qadriyat B) yoqimli C) iztirob D) fazilat
Do'stlaringiz bilan baham: |