Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Elastik tipdagi arteriyalar



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Elastik tipdagi arteriyalar
(arteria elastotypica). Elastik tipdagi arteriyalarga bevosita 
yurakdan boshlanuvchi yirik tomirlar, ya’ni aorta va o`pka arteriyalari kiradi (125-rasm). Bu 
tipdagi arteriyalarda qon katta bosim (120–130 mm. simob ustuni) va tezlik (0,5–1,3 m/s) bilan 
oqadi. Elastik tolalar va pardalarning ko`pligi tufayli bu arteriyalar devori yurak sistolasi vaqtida 


213 
cho’ziladi. Natijada tomir bo’shlig’i kengayib, qon zarbi susayadi. Diastola paytida esa tomir 
devori yana ilgarigi holatga qaytadi. Elastik arteriyalar tuzilishini aorta devorining tuzilishi 
misolida ko’rib chiqamiz. 
125- rasm. Elastik tipdagi arteriya. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 0b.20. ok. 10. 
1 – ichki parda; a – endoteliy; b – endoteliy osti qatlami; 2 – o’rta parda; d – darchali elastik 
membranalar; e – silliq mushak hujayralar; 3 – tashqi parda. 
Ichki parda (tunica intima) tomir bo’shlig’iga qaragan bo’lib, o’z navbatida u ham uch 
qavatdan tuzilgan: endoteliy, endoteliy osti qavati va elastik tolalar chigali. 
Bu t o m i r l a r e n d o t e l i y s i (endothelium) bazal membranada joylashgan yirik, 
yassi hujayralar bo’lib, ular tomir bo’ylab yotadi. Odam aortasining endoteliy hujayralarining 
bo’yi ba’zan 500 mkm ga, eni esa 150 mkm ga yetadi. Bu hujayralar ko’pincha bir yadroli 
bo’lib, elektron mikroskopda o’rganilganda ularning sitoplazmasida turli shakl va kattalikdagi 
anchagina (200 dan 700 gacha) mitoxondriyalar ko’rinadi. Endoplazmatik to’r sust rivojlangan 
bo’lib, membranasida oz miqdorda ribosomalar tutadi. 
E n d o t e l i y osti q a v a t i (stratum subendotheliale) ancha qalin bo’lib, aorta devo-
rining 15–20 foizini tashkil qiladi. U siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qimadan 
tuzilgan va ko’p miqdorda ixtisoslashmagan yulduzsimon huayralar tutadi. Bu qavat 
Langgans 
qavati 
deb ham nomlanib, bu yerda bo’ylama yo`nalgan ayrim silliq mushak hujayralari ham 
uchraydi. Ichki pardaning hujayralararo asosiy moddasi glikozaminoglikanlarga va 
fosfolipidlarga boy bo’lib, tomir devorining oziqlanishida muhim rol o’ynaydi. 
O’rta va keksa yoshdagi kishilarda asosiy moddada xolesterin va yog’ kislotalar uchraydi. 
Endoteliy osti qavatidan chuqurroqda nozik elastik tolalarning qalin to’ri (plexus fibroelasticus) 
joylashgan bo’lib, unda ichki aylana va tashqi bo’ylama qatlamlarni ajratish mumkin. 
Aortaning ichki pardasi yurakdan chiqish joyida uchta yarim oysimon klapanlar hosil 
qiladi. Ichki pardaning elastik tolalar turi keskin chegarasiz o’rta pardaga o`tadi. 
O’r t a p a r d a (tunica media) juda ko’p darchali elastik membranalar (m. elastica 


214 
fenestrata) dan tashkil topgan. Bu membranalar elastik tolalar bilan o’zaro bog’lanib, boshqa 
pardalarning elastik elementlari bilan birgalikda yagona elastik karkas hosil qiladi. Darchali 
elastik membranalarning soni 40–50 taga yetadi. Ular orasida oz miqdorda fibroblastlar 
uchraydi. Membranalar orasida ularga nisbatan qiyshiq yo’nalgan silliq mushak hujayralari joy-
lashadi. O’rta qavatning bunday tuzilishi aorta devorining elastikligini ta’minlaydi, sistola 
davrida u kengayib, qon zarbini yumshatadi va diastola vaqtida tomir devorining tonusini saqlab 
turishga yordam beradi.
T a s h q i p a r d a. (tunica externa) siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi 
to’qimadan iborat bo’lib, unda asosan uzunasiga yo`nalgan ko’p miqdordagi elastik va kollagen 
tolalar joylashadi. Tashqi pardada tomirlarning nervlari (nervi vasorum) va tomirchalari (vasa 
vasorum) joylashib, bular o’rta qavatga ham o’tadi. Tashqi parda tomir devorining cho’zilib yoki 
yorilib ketishidan saqlaydi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish