Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Tayanch hujayralar ( 
epitheliocytus sustentans ) tcilindrsi-mon epiteliy hujayralaridan iborat 
bo’lib, hidlov sohasida ko’p qatorli epitelial plastinka shaklida joylashadi va hid-lov 
hujayralarini bir-biridan ajratadi. Bu hujayralarning tcitoplazmasida bir tekisda joylashgan 
endoplazmatik to’rni, apikal qismida joylashgan mitoxondriyalarni, yadro ustida yot-gan Gol’ji 
kompleksini kuzatish mumkin. Tayanch hujayralar-ning yadrolari sezuvchi hujayralarnikiga 
nisbatan yirikroq bo’ladi. Hujayralarning qobig’i apikal qismida ko’pgina mikro-vorsinkalar 
hosil qiladi. Tayanch hujayralarining tcitoplazma-sida fibrillalar va qo’ng’ir-sarg’imtir pigment 
donachalari kuzatiladi. Bu pigment hidlov sohasining shilliq pardasiga sarg’ish rang berib turadi. 
Tayanch hujayralar orasida bazal membranaga tegib turuvchi va o’z o’simtalari bilan sezuvchi 
hu-jayralarning markaziy o’siqlarini qoplovchi hujayralar uch-raydi. Ular 
bazal hujayralar 
(epitheliocyti basales) deb ata-lib, tonofibrillalar saqlamaydi. Bu hujayralar sezuvchi Hidlov 
hujayralari uchun yangilanish manbai deb hisoblanadi. 
Retceptor yoki hidlov hujayralari 
(cellulae neurosensoriae olfac toriae) haqiqiy nerv elementlari bo’lib, ularning peri-ferik uchlari 
retceptor apparatiga aylangan. Retceptor hujay-ralar tayanch hujayralar orasida joylashib, oval 
shaklli tana-sida yumaloq yadro joylashadi. Hidlov hujayralarining yadro 
124- rasm. Burun bo’shlig’ining hid bilish sohasi (sxema). 
1 - tayanch hujayralar; 2 - xid hujayralari; 3 - hidlov xujayralarining periferik o’sim. talari: 4 - 
hillon ^ujayralarining idlev (Bouman) bezi; 8 - bez chiqaruv nayi (YA.A. Vpnni kov va 
L K. Titovadan). 
joylashgan qismlari hidlov epiteliysining ichki yadroli qator-larini hosil qiladi. Hidlov 
hujayralaridan qisqa, periferik dendritlar va uzun, markaziy akson chiqadi. Hidlov hujayra-
larining soni odamda 6 mln atrofida bo’ladi. Hid sezish kuchli rivojlangan hayvonlarda, masalan, 
itlarda ularning soni 200 mln dan oshiq bo’ladi. Hidlov hujayralari periferik o’simta-larining 
distal qismlari ichki hidlov pardasini teshib", uning yuzasiga chiqadi. Bu erda ular yuzasida 10-
12 harakatchan o’tkir tukchalar tutgan maxsus kengaymalarni yoki hidlov «to’g’nog’ich» larini 
(clava olfactoria) hosil qiladi. 


211 
Periferik o’simtalarning tcitoplazmasi tiniq bo’-lib, sirtdan hujayra membranasi bilan o’ralgan. 
«To’g’nog’ich» 
ichida 
kichik 
donachalar, 
mikronaychalar 
va 
ko’pgina mitoxondriya-lar bo’ladi. 
«To’g’nog’ich»ning tukchalari bazal tanachalardan bosh-lanuvchi uzunasiga joylashgan 9 ta juft 
periferik va 2 ta markaziy ipchalarga ega. Tutam shaklida yotgan bu ipchalar sirt-dan hujayra 
pardasi bilan o’ralgan. «To’g’nog’ich» tcitoplazmasida bir qator ximiyaviy aktiv moddalar 
bo’ladi. Hidli moddalar ta’sirida hidlov hujayralarining periferik o’simtalari qis-qarishi mumkin. 
Markaziy o’simta yoki a k s o n hidlov hujayralarining bazal qismidan boshlanib bazal 
membranaga yo’naladi. TCito-plazmatik membrana bilan o’ralgan markaziy o’simtalarda mito-
xondriyalar yotadi. Markaziy o’simtalar tayanch hujayralar ora-sidan o’tib bazal membranani 
teshgach, ular 20-40 ta tutamlar (fila olfactoria ) hosil qilib hidlov nervi tarkibida hidlov 
so’g’onlariga kiradi. Hidlov epiteliysi bazal membranada joy-lashadi, uning ostida esa 
biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan, qon, limfa tomirlari va nerv oxirlariga boy xususiy qatlam 
yotadi. Bundan tashqari bu erda maxsus (Boumen) i bezlari (glandula olfactoria) joylashadi. Bu 
bezlar oddiy, ba’zan tar-moqlanuvchi naysimon-al’veolyar bezlar bo’lib, ularning chiqa-ruv 
yo’llari alohida yotuvchi naychalar holida hidlov epiteliy-sini teshib o’tadi. 
CHiqaruv yo’llarining bir qator yotgan yassi mioepitelial hujayralari sekretor faoliyatga ega. 
Bezlarning oxirgi bo’lim-lari ikki xil hujayralardan tuzilgan: sirtdan yassi mioepite-lial 
hujayralar joylashib, ichkarida esa merokrin tipdagi sekret ishlovchi hujayralar yotadi. Boumen 
bezlari tuzilishi bo’yicha oqsilli sekret ishlovchi bezlarga oid bo’lsa-da ularning sekretida shilliq 
bo’ladi. Bu bezlarning sekreti hidlov yuzasini ho’llaydi va hidli moddalarni o’zida eritadi. Bu esa 
hid bi-lishda muhim ahamiyatga ega. Bezlar 
krn 
tomirlar bilan yaxshi ta’minlangan. 
Hidlov hujayralarining nerv o’simtalari mag’izsiz nerv to-lalarining alohida tutamlari shaklida 
bo’lib, miya qattiq pardasining davomi bilan o’raladi. Bu tolalarning barchasi birlikda hidlov 
nervini tashkil qilib, hidlov so’g’onida tugay-di. Hidlov so’g’onlari odamda sust taraqqiy etgan. 
Ular katta miya markazlari tipida tuzilgan bo’lib elementlari murakkab joylashgan. So’g’on 
po’stlog’ida 5 ta qatlam farq qilinadi: 1) tashqi tolali qatlam; 2) koptokchali qatlam; 3) 
molekulyar qat-lam; 4) mitral qatlami; 5) donador qatlam; 
Hidlov so’g’onlarining asosiy neyroni mitral hujayralar bo’-lib, ular koptokchali qatlamda uzun 
dendritlarining oxirgi tarmoqlari yordamida hidlov koptokchalarini hosil qiladi. So’-g’onning 
tashqi tolali qatlamini hosil qiluvchi tolalar shu erda tugaydi. Mitral hujayralarning qisqa 
dendritlari o’z tarmoq-lari bilan molekulyar qatlamni hosil qiladi. Bu erda, shuning-dek donador 
qavatning uzun neyritga ega bo’lmagan hujayralar tolalarining tarmoqlari joylashadi. Mitral 
hujayralarning 
nerv o’simtalari hidlov traktiga kiradi va so’ngra po’stloqning hidlov bo’lagiga etib, bu erda 
yotgan piramidasimon hujayralar dendritlarining tarmoqlari sohasida impul’sni keyingi ney-
ronga uzatadi. 
Hidlov organi xemoretceptordir. Hidli moddalar-ning molekulalari havo bilan birga burun 
bo’shlig’iga kirib, ichki hidlov pardasi yuzasiga tegadi va bezlar sekretida eriydi. Bunda hidli 
moddalarning molekulalari hidlov to’g’nog’ichlari va ularning tukchalariga nisbatan qitiqlovchi 
modda bo’lib xiz-mat qiladi. 


212 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish