Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


XIII BOB YURAK VA TOMIRLAR SISTEMASI (SYSTEMA CARDIO -



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

XIII BOB
YURAK VA TOMIRLAR SISTEMASI (SYSTEMA CARDIO - 
ANGIOLOGAE) 
Bu sistemaga qon va limfa tomirlari hamda yurak kiradi. Yurak va tomirlar sistemasi 
organizmni qon bilan ta’minlaydi, qon orqali a’zo va to’qimalarga har xil oziqa moddalar, 
kislorod va biologik aktiv moddalarni yetkazib beradi, shu bilan birga, organizmda modda 
almashinish natijasida hosil bo’lgan keraksiz mahsulotlarni va gazlarni olib chiqishda xizmat 
qiladi. Bu sistemaga kiruvchi a’zolar tuzilishini o`rganish, odatda, qon tomirlardan boshlanadi.
 
QON TOMIRLAR 
Qon tomirlar har xil diametrdagi naychalar sistemasi bo’lib, ular qonni barcha a’zo va 
to`qimalarga yetkazib beradi, qonning a’zolarga oqishini boshqaradi, qon va to’qimalar orasida 
modda va gaz almashinuvini ta’minlaydi. Qon tomirlarga arteriyalar, arteriolalar, qon 
kapillyarlari (gemokapillyarlar), venulalar, venalar va arteriolo–venulyar anastomozlar kiradi. 
Arteriyalarda odatda kislorodga boy qon bo’lib (o`pka arteriyasi bundan mustasno), u yurakdan 
a’zolarga qarab oqadi. Venalar orqali qon yurakka oqib keladi. O’pka venasidan tashqari hamma 
venalardagi qonda kislorod kam bo’ladi. Gemokapillyarlar arteriya va vena tomirlari o’rtasida 
joylashadi. Ba’zan ular ikkita bir xil tomirlar (ikkita arterial yoki ikkita venoz tomirlar) o’rtasida 
bo’lishi ham mumkin. Bunday joylashishni kapillyarlarning «ajoyib to’ri» deb ataladi (masalan, 
buyrak koptokchalari, jigar va boshqalarda shunday). 
Qon tomirlar taraqqiyoti.
Dastlabki qon tomirlar embriogenezning 2–3 haftalarida 
sariqlik qopchasi devorining mezenximasida va xorion devoridagi qon orolchalari tarkibida 
paydo bo’ladi. Avvalo, sariqlik qopchasi devorining hujayralari to’planib, qon orolchalarini hosil 
qiladi. Orolchalarning chetidagi mezenxima hujayralari yassilashib, bo`lajak qon tomirlarning 
endoteliysini hosil qilsa, markazdagi hujayralar yumaloqlashib, differensiallashadi va qon 
hujayralariga aylanadi. Tomirni o’rab turgan mezenxima hujayralaridan peritsitlar, silliq mushak 
hujayralari, fibroblastlar hosil bo’ladi. Yangi-yangi qon orolchalarining to’xtovsiz paydo bo’lib 
borishi va ularning o’zaro qo`shilishi natijasida naychalar shaklidagi kapillyarlar hosil bo’ladi. 
Bular esa o’zi singari boshqa naychalar bilan tutashib, kapillyarlar to`rini hosil qiladi. 
Pushtning tanasida qon tomirlar to’qima suyuqligi bilan to`lgan, ammo qon hujayralarini 
tutmagan, noto’g’ri shakldagi yoriqlar tarzida paydo bo’ladi. Ularning atrofidagi mezenxima 
hujayralari yassilashib, qolgan mezenxima to`qimasidan ajraladi va qon tomir devorining 
hujayralarini hosil qiladi. Keyinchalik, pusht tanasidagi tomirlar sariqlik qopchasi tomirlari bilan 
tutashgandan so’ng yurak urishi boshlanib, qon aylanishi yuzaga keladi. Bunda dastlab qon 
sariqlik qopchasi tomirlaridan pusht tomirlariga o’tadi. Qon aylanishi boshlanishi bilan tomirlar 
devori to’qimasining gemodinamik sharoitga (qon bosimi va tezligiga) mutanosib ravishda 
o’zgarishi yuzaga chiqadi. 
ARTERIYALAR 
Devorining tuzilishiga qarab arteriyalar uch xil bo’ladi: elastik, mushak va mushak-
elastik tipidagi arteriyalar. Barcha arteriyalarning devori umuman bir xilda tuzilgan bo’lib, ular-
da uch qavat tafovut qilinadi: 
1. Ichki parda – tunica intima. 
2. O`rta parda – tunica media. 
3. Tashqi parda – tunica externa seu adventitia. 
Arteriyalar devorini bunday qavatlarga ajratish va ayrim pardalar o`rtasidagi chegara 
shartlidir. Turli pardalarning tuzilishi va qalinligi tananing turli joylaridagi tomirlarda har xil 
bo`lib, ko`proq gemodinamik omillar (qon bosimi va tezligi) ga bog`liq. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish