Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA VA



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

GISTOLOGIYA, SITOLOGIYA VA 
EMBRIOLOGIYADA QO`LLANADIGAN TADQIQOT 
USULLARI 
Gistologiyada qo`llanadigan tadqiqot usullari bir necha xil. Ular maxsus qo`llanmalarda 
batafsil keltirilgan. Darslikning mazkur bobida gistologik preparatlarni tayyorlash va ularni 
o`rganish usullari qisqacha bayon etiladi. 
Zamonaviy tadqiqot usullari tirik va fiksatsiya qilingan tuzilmalarni o`rganishga imkon 
beradi. Gistologik preparatlar juda yupqa (5 mikrometrdan 50 mikrometrgacha), tiniq va 
yorug`lik nurini yaxshi o`tkazishi kerak. Gistologik preparat sifatida a’zolarning yupqa kesmalari 
yoki total (butun) preparat (miyaning yumshoq pardasi), surtma (qon yoki suyak ko`migi 
surtmasi) qo`llanilishi mumkin. k
lassik va asosiy tadqiqot usuli a’zo kesmalarining fiksatsiya 
qilingan va bo`yalgan preparatlari hisoblanadi. 
Gistologik preparatlarni tayyorlash 
«Gistologiyadan amaliy qo`llanma»la 
(Toshkent, 1976) batafsil bayon qilingan. 
Gistologik preparatlarni o`rganishning asosiy usuli uni mikroskop ostida ko`rishdir. 
Zamonaviy mikroskoplar hujayra va to`qimalarning nozik tuzilishlarini o`rganishga imkon 
beradi. Preparatlar ko`pincha yorug`lik mikroskopi ostida ko`riladi (1-rasm). Elektron mikroskop 
keng qo`llanilayotgan hozirgi davrda ham yorug`lik mikroskopi o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. 
Optik sistemalarning hal qilish qobiliyatini oshirish va preparatlarni aniq ko`rish uchun 
oddiy mikroskoplar takomillashtirildi va yangi mikroskoplar ixtiro qilindi. 
Hozirgi davrda oddiy yorug`lik mikroskopidan tashqari quyidagi mikroskoplar va ularda 
ko`rish usullari mavjud. 
Korong`i maydonli mikroskopda kurish. 
Bu mikroskop oddiy mikroskop bo`lib, ko`rish 
maydoni markaziga nur tushirmaydigan maxsus qorong`i kondensor bilan ta’minlangan. Ob’ekt 
moliya tushayotgan nur bilan yoritiladi. Bu mikroskop tirik hujayra tuzilmalarini, bo`yalmagan 
tirik hujayralarni, bakteriyalarni kuzatishga imkon beradi. 
Ultrabinafsha nurli mikroskop bilan kurish. 
Bu mikroskop linzalari kvars (oqtosh, 
chaqmoqtosh)dan yasalgan bo`lib, u faqat ultrabinafsha nurlarni o`tkazadi. Bunday mikroskopda 
ko`rish uchun tayyorlangan preparatlar kvarsdan qilingan buyum oynalariga olinadi va kvartsdan 
tayyorlangan yopqich oyna bilan yopiladi.



1-rasm. Mikroskop (MBR-1). 
1-oyog`i; 2-kolonkasi; 3-tubusi: 4-okulyari; 5 - revolrer: 6 - ob’ektivlar; 7 - buyum 
stolchasi; 8-preparat qisqichlari; 9- makrometrik vint; 10-.mikrometrik vint; 11 - kondensor; 12- 
kondensor vinti; 13 -diafragma; 14-oynacha. 
Bu mikroskop biologik tuzilmalarning tuzilishini chuqurroq o`rganishga sharoit yaratadi.
 
Lyuminestsent yoki flyuorestsent mikroskopiya. 
Ob’ektning nurlanishiga lyuminessensiya 
deyiladi. Yorug`lik manbai bo`lib ultrabinafsha nurlar yoki uzunlik to`lqini 0,27-0,4 mkm 
bo`lgan spektrning ko`k qismi hisoblanadi. Bu nurlarning ta’siri vaqtida nurlar energiyasi 
hisobiga preparat nurlanadi - flyuorestsensiya qiladi. Birlamchi va ikkilamchi flyuoressensiya 
farq qilinadi. Birlamchi flyuoressensiya deb, ba’zi bir moddalarning nur ta’sirida nurlanishiga 
aytiladi. Bu moddalarga vitamin A va B
2
, pigmentlar, lipoidlar va boshqalar kiradi. Ikkilamchi 
flyuorestsentsiya preparatlarni maxsus nurlanuvchi moddalar (flyuoroxrom) bilan ishlanganda 
hosil bo`ladi. Bu moddalarga to`q sariq akridin, flyuorestsin, rodamin va boshqalar kiradi. 
Preparatlarni to`q sariq akridin bilan ishlanganda hujayradagi DNK yashil rangda, RNK 
esa qizil rangda nurlanadi. 
Shunday qilib, turli turdagi nurlanishlarni o`rganish tuzilmalarning ximiyaviy tarkibini 
bilishimizga yordam beradi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish