6
magnit maydonida elektron nurlarini fokuslash mumkinligidan foydalaniladi (2-rasm).
Zamonaviy elektron mikroskoplarning hal qilish qobiliyati 0,2 dan 1 nm gachadir. Bu
mikroskoplarda ko`rish uchun qalinligi 20-40 nm bo`lgan ultrayupqa kesmalar ishlatiladi.
Kesmalar maxsus ultramikrotomlarda tayyorlanadi. Elektron mikroskop hujayra ichidagi
tuzilmalarning nozik tuzilishini o`rganishga imkon beradi.
Hajmiy (rastrlovchi) elektron mikroskopning yaratilishi organlarning elektron
mikroskopda o`rganishning yangi bosqichidir. U bilan ob’ektning hajmiy tuzilishini o`rganish
mumkin. Elektron mikroskop ob’ektni 100 000 marta kattalashtirib beradi va uning hal qilish
qobiliyati 3-4 nm dir.
Mikroskopda tadqiqot qilish usullariniing qisqacha ta’rifidan ko`rinib
turibdiki, hozirgi
davrda hujayralarning nozik tuzilishini ham tirik, ham fiksatsiya qilingan ob’ektlarda o`rganish
imkoniyati mavjud ekan.
Mikroskop ostida turli usullar bilan ob’ektning morfologik tuzilishini o`rganilsa ham,
ammo bu usullarning o`zigina hujayralarning hayot kechirish jarayonining o`ziga xos
tomonlarini schib bera olmaydi. Morfologik tadqikotlar fiziologik va bioximik ma’lumotlar bilan
to`ldirilishi kerak. Bu kamchiliklarni ma’lum darajada to`qimalarni ximiyaviy analiz qilish usuli
- gistoximiya to`ldiradi.
2-rasm. Elektron mikroskop EMV-100 BR.
Gistoximiya va sitoximiya
xujayra tuzilmalarining ximiyaviy tarkibini va ularning
taqsimlanishini o`rganishga imkon beradi. Bu esa o`rganilayotgan tuzilmalarning funksional
holati va modda almashinuvi to`g`risida to`g`ri ma’lumot olishimizga yordam beradi. Zamonaviy
gistoximiya usullari
tuzilmalardagi aminokislotalar, oqsil, nuklein kislotalar, turli tipdagi
uglevodlar, lipidlarni aniqlashga, fermentlarning aktivligini belgilashga yordam beradi. Bu
moddalarni aniqlash reaktiv bilan to`qima va hujayra tarkibiga kiruvchi substrat orasidagi o`ziga
xos reaksiyaga bog`liq.
Gistoximiya va sitoximiya faqat sifat analizi bilan chegaralanmay, balki miqdoriy analiz
o`tkazishga imkon yaratadi. Miqdoriy analiz esa turli funksional holatdagi hujayraning
sitoximiyaviy tuzilishini o`rganishga va turli tuzilmalarning metabolik jarayondagi ahamiyatini
aniqlashga yordam beradi. Hujayradagi moddalarning yorug`lik
nuri spektrlarini turlicha
yutishga asoslanib ularning miqdorini o`rganish usuli sitospektrofotometriyadir.
Gistologiyada
immunogistoximiya
usuli ham keng qo`llanilmoqda. Bu usul asosida
7
to`qimalarda va hujayralarda mavjud turli xil ximiyaviy xususiyatlarga ega bo`lgan moddalarni
(gormonlar, retseptor va hokazo) nishonlangan antitelolar yordamida aniqlash yotadi.
Antitelolarni nishonlash maqsadida turli fermentlar (peroksidaza, ishqoriy fosfataza), ferritin
yoki kolloid oltin ishlatilishi mumkin.
Hujayraning turli tarkibiy qismlarini (yadro, mitoxondriya, mikrosoma) ajratish uchun
differentsial sentrifugalash usuli qo`llaniladi. Ajratish uchun supersentrifuga (minutiga 20 000-
40 000 marta aylanuvchi) va ultratsentrifuga (100 000-150 000 marta aylanuvchi) ishlatiladi.
Gistoximiya va sitoximiyaning zamonaviy usullaridan
radio-avtografiya
usuli
alohida
o`rin tutadi. U tuzilmalardagi modda almashinuvini to`liqroq o`rganishga imkon yaratadi. Bu
usul asosida radioaktiv moddalarni (fosfor R
32
, uglerod S
14
, oltin-gugurt S
35
, vodorod - N
3
) yoki
ular bilan nishonlangan moddalarning biri kiritilib, ma’lum vaqt oralig`ida ularning miqdorini
to`qima va organlarda aniqlash yotadi. To`qimalardan kesmalar tayyorlab, bu kesmalar
fotoemulsiya bilan qoplanadi. Ma’lum vaqt (15-20 kun) o`tgandan so`ng preparat fotoqog`oz
singari ochiriladi. Bu usul bilan nishonli aminokislotalarning oqsil tarkibiga kirishini,
nuklein
kislotalarning hosil bo`lishini, nishonlangan hujayralarning migratsiyasini o`rganish mumkin.
Mikroxirurgiya usuli
- bu tirik hujayrada maxsus asbob- mikromanipulyator yordamida
nozik operatsiyalar o`tkazish usulidir. Mikroxirurgiya yo`li bilan hujayralardan yadroni ajratish,
yadro qobig`ini yirtish yoki bo`linayotgan hujayra xromosomalarini ajratish mumkin. Bu usul
yordamida hujayra tuzilmalarining fizik xususiyatlarini, hujayra yadrosi va organellalarining
funksional holatlarini o`rganish mumkin. Ko`pgina olimlar bu usul yordamida hujayra yadrosini
bir hujayradan ikkinchisiga o`tkazib yadroning irsiy belgilarini avloddan-avlodga o`tkazishdagi
rolini ochib berdilar.
Tirik hujayrani o`rganish usullariga yana to`qimalarni o`stirish usuli kiradi. To`qima va
hujayralarni organizmdan tashqarida (in vitro) va organizm ichida (in vivo) o`stirish mumkin.
To`qimalar organizmdan tashqarida o`stirilganda maxsus oziq muhitga o`tkazilishi kerak. Bu
muhitda hujayra harakatlanish, bo`linish va differentsirovka qobiliyatini saqlab qoladi. To`qima
bo`lakchalari steril muhitda fiziologik suyuqliq saqlovchi Petri idishiga solib maydalanadi.
So`ngra mayda bo`lakchalar oziq muhitiga o`tkazilib, termostatda 38-39°S da saqlanadi. Har 3-4
kundan so`ng ularni yangi oziq muhitiga o`tkazib turish kerak. Shunday qilish bilan to`qimani
o`n yillab saqlash mumkin.
Bundan tashqari, to`qima tuzilmalarini hayvonning hayoti davrida yoki vital (in
vivo -
hayot) bo`yash mumkin. Bu usul tirik hujayra va to`qimalarning tuzilishini, ba’zi bir moddalar-
ning hujayraga kirish va undan chiqishini kuzatishga imkon beradi. Hayot davrida bo`yash uchun
kolloid bo`yoq moddalar, masalan, litiy, karmin, tripan sinkasini va boshqa zaharli bo`lmagan
moddalarni ishlatish mumkin. Bu moddalar hayvon qoniga, teri osti biriktiruvchi to`qimasiga,
qorin bo`shlig`iga yuboriladi. Ma’lum vaqtdan so`ng hayvon o`ldirilib, to`qima va organlar
mikroskop ostida ko`riladi.
Tirik ob’ektlar tadqiq qilinayotganda tuzilmalarni mikros’yomka qilish, ya’ni mikroskop
ostida suratga olish alohida o`rin tutadi. Hayot davrida tadqiqot qilish usullaridan tashqari
to`qima va organlarni
o`tqazib o`rganish
ham mumkin, ya’ni a’zolarning bir qismi yoki hammasi
boshqa organizmga o`tqaziladi (transplantatsiya qilinadi) va ularning yashab ketishi kuzatiladi.
Bu metodning to`qimani o`stirish usulidan afzalligi to`qima butunligi buzilmagan holatda
kuzatishdir.
Bundan tashqari, gistologiyada oxirgi yillari organ va to`qima hujayralarini yorug`lik va
elektron mikroskop ostida ko`rib ularning tarkibiy qismlarini (sitoplazma, yadro, mitoxondriya,
endoplazmatik to`r, Golji kompleksi va boshqalar), hajmini o`lchash, ya’ni
morfometrik usul
keng qo`llanilmoqda. Tasvirlarni avtomatik o`rganish sistemasi ham gistologiyada keng o`rin
olmoqda. Bu usul o`rganilayotgan gistologik ob’ektlarni hajmiy xususiyatlari to`g`risida ob’ektiv
ma’lumot olishga yordam beradi.
Yuqorida keltirilgan fikr va dalillardan ko`rinib turibdiki, zamonaviy gistologiya ko`p va
turli xil tadqiqot usullari bilan qurollangan. Ular hujayra, to`qima, organlarning tuzilkshini har
tomonlama mukammal o`rganishga yordam beradi. Matematikaning aniq analiz usullari,
8
miqdoriy analiz usuli bu bilimlarimizni to`ldiradi. Elektron mikroskop ostida ko`rish, elektron
sitoximiya va radioavtografiyaning qo`llanishi metabolik jarayonning kechishi to`g`risida to`liq
bilim olishimizga yordam beradi. Umuman olganda bu usullarning barchasi hujayrani,
hujayra
tuzilmalarini, makromolekulalarning tuzilishi to`g`risida aniq bir fikrga kelishimizga,
differensirovka, regeneratsiya va irsiy belgilarning nasldan-naslga o`tishini chuqurroq
o`rganishimizga yordam beradi. Ikkinchi tarafdan, bu usullar molekulyar biologiyaning
rivojlanishida muhim vosita bo`la oladi.
III BOB
Do'stlaringiz bilan baham: