9
Abu Ali ibn Sino
Bularning hammasi o`sha davrda Gassal, Kyolliker, Leydig
va boshqalar tomonidan
yaratilgan bir qator gistologiya darsliklarida o`z ifodasini topdi. Kyolliker va Leydig o`z
qo`llanmalarida to`qimalarning 4 xilini, ya’ni epiteliy, biriktiruvchi, mushak va nerv
to`qimalarini tafovut qilganlar.
XIX asr oxirlarida mustaqil fan sifatida sitologiya shakllana boshladi. Hujayra bo`linishi
tasvirlangan ilmiy ishlar ana shu davrga tegishlidir. I. D. Chistyakov (1874) kariokinez
bo`linishining ayrim tomonlarini tekshirdi, lekin ularni bir umumiy jarayonga tegishli ekanligini
aniqlay olmadi.
Kariokinez bo`linish jarayonning asosiy bosqichlarini birinchi marta E. Strasburger
o`zining «Hujayralar hosil bo`lishi va hujayralar bo`linishi to`g`risida» degan asarida (1875)
to`la tasvirlab berdi. U shuni aniqladiki, hujayralar bo`linish vaqtida yadro yo`qolmaydi, balki
o`zgaradi va natijada ikkita «qiz» yadro hosil bo`ladi. Lekin E. Strasburger ishlarida ham mitoz
fazalarining aniq ketma-ketligi berilmagan.
Hayvon organizmlarida somatik hujayra yadrolarining bo`linish
protsessi kiyevlik
gistolog P. I. Peremejko tomonidan (1878) triton terisining epiteliysi misolida tasvir etilgan. U
ham bo`linish jarayonida fazalarning ketma-ketligini aniqlay olmadi.
Shuni aytib o`tish kerakki, «kariokinez» termini fanga 1879 yilda V. SHleyxer tomonidan
kiritildi. Kariokinez bo`linish fazalarining ketma-ketligini 1879 yilda V. Flemming tasvirlab
berdi. Hujayralar bo`linishining yanada to`laroq ta’rifi XIX asrning yirik olimlaridan Oskar
Gertvig (1849- 1922) tomonidan berilgan. U kariokinez bo`linish paytida, hujayra yadrosi
moddasining tuzilishida o`ziga xos o`zgarishlar bo`lib o`tishini ko`rsatadi. Gertvig va
Strasburger yadroning irsiy belgilarini avloddan-avlodga o`tishidagi rolini aniq ta’riflay oldilar.
Hujayralarning o`z navbatida juda ko`p mayda komponentlardan tuzilganligi to`g`risidagi fikrni
O. Gertvig olg`a surdi.
Sitologiyaning fan sifatida rivojlanishida hujayra nazariyasining yaratilishi hal qiluvchi
qadam bo`ldi. F. Engels «Hujayra nazariyasi»ni XIX asrning buyuk kashfiyotlaridan biri deb
atagan edi. Hujayra nazariyasini yaratishda Guk, Gryu, Malpigi
va Levenguk tomonidan
o`simliklar hujayralari tuzilishining ochilishi asos bo`ldi.
«Hujayra» terminini birinchi marta fanga Guk kiritgan. Mikroskopning takomillashuvi
hujayra nazariyasini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. Hayvon to`qimalarini o`rganish
esa hujayra nazariyasining shakllanishida katta rol o`ynadi. Bunda buyuk chex olimi YA.
Purkinye (1787-1869) va uning shogirdlarining xizmatlari katta bo`ldi. Uning shogirdlari orasida
har xil hayvon to`qimalarini o`rgangan G. Valentinni (1810-1883) alohida ko`rsatib o`tish kerak.
YA. Purkinening o`zi mikroskopik anatomiya va mikroskop texnikasining asoschisi hisoblanadi.
Ammo Purkinye va uning shogirdlari T. Shvann tomonidan dadillik bilan olg`a surilgan va
10
tadqiq qilingan o`simlik va hayvon hujayralarining elementar strukturasi orasidagi o`xshashlikni
ishlab chiqishga jur’at eta olmadilar.
Matias Shleyden (1804-1881) tomonidan yaratilgan hujayralarning paydo bo`lish
nazariyasi ham hujayra nazariyasini yaratishda katta rol o`ynaydi. Bu nazariya keyinchalik
sitogenezis nazariyasi deb ataldi. Shleydenning ta’rificha, yangi hujayralar faqat mavjud
hujayralar asosida paydo bo`ladi.
Hujayra nazariyasini Teodor SHvann (1810-1882) yaratishga muyassar bo`ldi («Hujayra
nazariyasi» ga q.)
XIX asrning ikkinchi yarmida hujayra nazariyasining yaratilishi, mikroskop
texnikasining takomillashishi,
biologiya, ximiya va boshqa fanlardagi yirik kashfiyotlar
gistologiya fanining gurkirab rivojlanishiga olib keldi. Chunonchi, XIX asr o`rtalarida Peterburg
meditsina akademiyasida, Moskva, Qozon, Kiyev, Xarkov va boshqa shahar universitetlarida
mustaqil gistologiya kafedralari vujudga keldi. Bularning tashkilotchilari va rahbarlari A. I.
Babuxin, F. V. Ovsyannikov, F. N. Zavarikin, K. A. Arnshteyn, P. I. Peremejko, N. A.
Xrjonshchevskiy bo`ldilar.
Rossiyada biologiya fanining, shu jumladan, gistologiya fanining
rivojlanishiga rus sotsial demokratlari: A. I. Gersen, N. A. Dobrolyubov, N. G. Chernishevskiy,
V. G. Belinskiy, D. I. Pisarevlarning dunyoqarashlari katta ta’sir ko`rsatdi.
Pirovardida, I.P. Pavlov va I.M. Sechenovlarning ta’limotlari gistologik va asosan
neyrogistologik tadqiqotlarni rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Bu davrga kelib Rossiyada
o`zining original yo`nalishi bilan farq qiladigan bir qancha katta gistologiya maktablari vujudga
keldi. Bular orasida Moskvada A. I. B a b u x i n (1827-1891) tashkil etgan gistologiya
maktabining materialistik dunyoqarashlari yaqqol ko`zga tashlanib turadi. Bu maktabning ilmiy
yo`nalishlari asosida nerv va mushak to`qimasining gistofiziologiyasi yotadi.
I. I. Mechnikov
Shuni aytib o`tish lozimki, asab sistemasini o`rganish bilan juda ko`p gistologiya
laboratoriyalari shug`ullangan. Chunonchi, K.A. Arnshteyn (1840-1919)
tashkil etgan Qozon
maktabi neyrogistologiyaga katta hissa qo`shgan. Shu maktabdan chiqqan A.S.Dogelning
neyrogistologiya sohasidagi ishlari katta ahamiyatga ega.
P. I. Peremejko (1883- 1893) boshchiligidagi Kiyev gistologiya maktabi embriologiya
masalalarini, xususan, embrion varaqlarining rivojlanishini o`rgandi. Bundan tashqari, bir qator
organlar (qalqonsimon bez, jigar va boshqalar) ning mikroskopik tuzilishini o`rganishda bu
maktabning tadqiqotlari katta o`rin tutadi.
XIX asr o`rtalarida gistologiyaning gurkirab o`sishi bilan bir qatorda embriologiyada
ham yirik tadqiqotlar olib borildi. Rossiyada birinchi bo`lib organizmning embrional
rivojlanishini peterburglik akademik Kaspar Fridrix Volf (1733-1794) o`rgandi. U o`zining
11
tadqiqotlarida preformistik nazariyaga qarshi chiqdi va bir yo`la hujayra strukturasini o`rgandi.
K.F. V o l f ishlarini undan keyin rus akademiklari X.G. Pander (1794-1865) va K.M. Berlar
(1792-1876) muvaffaqiyatli ravishda davom ettirdilar. Ular yaratgan judz muhim biologik
qonuniyat-bu embrion varaqlarining paydo bo`lishidir. Odam va sut emizuvchilarning tuxum
hujayralari K. M. B e r tomonidan tasvirlangan.
Yirik rus olimlari I. I. Mechnikov (1845-1916) va A. O. Kovalevskiy (1840-1901) ham
embriologiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shdilar. Ular Ch. D a r v i n ta’limoti bilan
qurollanib, gistologiya va embriologiyada evolyutsion yo`nalishga asos soldilar.
A. A. Zavarzin (1886-1945), I.I. Mechnikov va A.O. K o v a l ye v s k i y an’analarini
davom ettirib, gistologiya fanida yangi yo`nalish - evolyutsion gistologiya yo`nalishini
ochib
berdi. U har xil hayvonlardagi bir-biriga o`xshash funksiyani bajaruvchi to`qimalar bir-biri bilan
o`xshash tuzilishga ega degan xulosaga keldi. A. A. Zavarzin yaratgan to`qimalar
klayesifikatsiyasi asosida funktsional prinsip yotadi. Muhitning bir-biriga monand faktorlar
ta’siri, bir tomondan, har xil hayvonlarning kelib chiqishiga sababchi bo`lsa, ikkinchi tomondan,
ular to`qima tuzilishining bir xilligini ta’min etadi. A. A. Zavarzin filogenetik jihatdan bir-
biridan juda uzoqda turuvchi hayvonlar tuzilishlarining o`xshashlik hodisasini
Do'stlaringiz bilan baham: