Suv va noorganik tuzlar.
Hujayraning hayot kechirishi uchun suv va unda erigan tuzlar
va boshtsalarning bo`lishi shart. Suv va tuzlar sitoplazmaning fizik-ximiyaviy xususiiyatlarini,
ya’ni osmotik bosimni va ionli muhitning muqarrarligi va boshqalarni belgilaydi. Suv molekulasi
dipol tuzilishga ega bo`lib, boshqa molekulalar bilan tezda birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar
hosil qilgan muhitda esa, sitoplazma va yadroda bo`ladigan hamma murakkab ximiyaviy
reaksiyalar kechadi.
Hujayrada suvning miqdori kishi ulg`ayishi bilan kamayadi. Bu esa modda
almashinuvining o`zgarishiga sabab bo`ladi. Yadro va sitoplazmada bo`lgan moddalarning ko`p
qismi suvda eriydi. Suv oksidlanish va gidroliz kabi muhim jarayonlarda ishtirok etadi.
Hujayraning fizik-ximiyaviy xossalari.
Hujayra kolloid sistema bo`lib, suv va unda
muallaq suzib yuruvchi 1 dan 150 nm kattalikdagi moddalardan (dispers faza) tashkil topgan.
Kolloid moddalar doimiy harakat qilib turadi. Ular bir xildagi elektrik zaryad tutganligi
uchun cho`kmaga tushmaydi. Ammo fiksatorlar ta’sirida ular o`zaro yopishib cho`kma hosil
qiladi. Bu jarayon koagulyatsiya deyilib, ko`pincha orqaga qaytmaydi.
Gidrofil kolloidlarda kolloid modda atrofida suv qavat 'bo`lib, uni erituvchi moddaning
solvat qobig`i deb nomlanadi (tayoqchasimon jismlar uch qismlari atrofida solvat qobiq yo`q).
Elektrik zaryad yo`qolganda mayda kolloid (zol) qismlar o`zaro birlashib to`rsimon tuzilmani
hosil qiladi. Zol holatidan gel holatiga o`tishni jelatina moddasining qotishi misolida ko`rishimiz
mumkin. Tirik hujayrada kolloid sistema doimo zoldan gelga va geldan zolga o`tib turadi. Sun’iy
yo`l bilan bu holatni hujayraga turln xilda ta’sir qilish davomida (mexanik, ximik) kuzatish
mumkin. Agar amyoba orqali elektr toki o`tkazilganda uning sitoplazmasi yopishqoqlashsa,
Broun, harakati keskin sekinlashadi. Elektr toki o`tkazish to`xtatilganda esa sitoplazma yana o`z
holiga qaytadi. Shunday qilib, hujayra murakkab ximiyaviy tuzilishga, fizik-ximiyaviy
xususiyatlarga ega. Hujayra tarkibidagi moddalar doimiy harakatda bo`lib, bu harakat uning
modda almashinuvi bilan belgilanadi.
SITOPLAZMA
Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik parda (hujayra qobig`i) bilan ajralib turadi.
Yadrodan tashqari hujayra ichidagi tuzilmalarning hammasi s
itoplazma
deb nomlanadi.
Eukariotik hujayralar sitoplazmasining tuzilishi va tarkibi turlicha bo`lib, gialoplazma, hujayra
organellalari va kiritmalardan tuzilgan.
Sitoplazmaning gialoplazma, organellalar va kiritmalar kabi tarkibiy qismlarga bo`linishi
shartli bo`lib, ularning hammasi bir-biri bilan bog`liq kelishib ishlaydigan tuzilmalar
yig`indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |