Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


BIOLOGIK MEMBRANALAR VA HUJAYRA QOBIG’I



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

BIOLOGIK MEMBRANALAR VA HUJAYRA QOBIG’I 
 
BIOLOGIK MEMBRANALAR 
Bu membranalar murakkab va o`ta spetsifik tuzilmalar bo`lib, hujayraning hayotiy 
jarayonini belgilab turadi. Membranalar hujayraga moddalarning kirishi va chiqishini, 
membranalar bilan bog`liq bo`lgan bioximik jarayonlarni va membranalarda joylashgan 
fermentlar orqali hujayrada moddalar almashinuvi (metabolizm)ni boshqarib turadi. 
Membranalar chegaralash funksiyasini bajaradi. Turli modda molekulalari (masalan, oqsillar) 
spetsifik xususiyatlarga faqatgina ma’lum tartibda joylashishi va o`zaro munosabati natijasida 
ega bo`ladi. Moddalarning bunday munosabati biologik membranalarda kuzatiladi. 
Ma’lumki, hozirgi vaqtda hujayraviy tuzilishning ikki turi ajratiladi: prokariot va 
eukariotlar. Prokariot hujayralar yadro qobig`i bo`lmagan va DNK sitoplazmada erkin yotuvchi 
hujayralardir. Prokariot hujayralarga ba’zi bakteriyalar va suv o`tlari kiradi. Asosiy ko`pchilik 
tirik organizm hujayralari eukariot hujayralar bo`lib, ularda yadro shakllangandir, bu 
hujayralarda murakkab tuzilgan yadro qobigp xro mosomalarni sitoplazmadan ajratib turadi. 


18 
Eukariot hujayralar membrana tuzilmalariga boy bo`lib, bu membranalar turli funktsiyalarni 
bajaradi. Hujayraning tashqi qavatni hosil qiluvchi plazmatik membrana hujayrani tashqi muhit 
bilan aloqasini belgilaydi. Hujayra ichidagi membranalar (sitomembranalar) ATF sintezlovchi 
mitoxondriyani, ma’lum moddalarni parchalovchi lizosomalarni, oqsil, yog`, karbonsuv va 
hujayra uchun kerakli ximiyaviy moddalarni sintezlovchi endoplazmatik to`rni, plastinkasimon 
kompleksni, yadro qobig`ini va boshqa tuzilmalarni hosil qiladi. 
Biologik membranalar hujayra qobig`i, hujayraning membranali organellalarini va yadro 
qobig`ini hosil qilib, qalinligi 6-10 nm bo`lgan lipoproteid tuzilmadir. Biologik 
membranalarning taxminan 40% lipiddan, 60% oqsillardan tashkil topgan. Lipidlar turlicha 
bo`lib, ularning ichida fosfolipidlar (glitserofosfatlar), sfingomiyelin alohida o`rin tutadi. 
Lipid molekulalari ikki qavat bir-biriga parallel joylashib, ularning gidrofil (polyar) 
qismlari tashqariga, gidrofob (nopolyar) qismlari esa bir-biriga qarab yotadi. 
Biologik membranalarda oqsillar lipid molekulalari orasida joylashgan. Obrazli qilib 
aytganda «oqsil molekulalari lipid ko`llarida suzib yuradi» (5-rasm). 
Biologik membranalar oqsil, lipiddan tashqari, uglevod, noorganik ionlar va suv tutadi. 
Membrana tarkibiga kiruvchi oqsillar struktur retseptor va globulyar oqsillardir. Globulyar 
oqsillar fermentlarni hosil qilib, moddalarning membrana orqali transportida muhim ahamiyatga 
ega. 
Biologik membranalarning metabolik funksiyasi ularda joylashgan fermentlar bilan 
bog`liq. Biologik membranalar o`ziga xos baryerlardir, chunki ular hujayrani tashqi muhitdan, 
hujayra organellalarini sitoplazmatik matriksdan ajratib turadi. Ular ma’lum qattiqlikka ega 
bo`lsa ham, shu bilan birga elastikdir. 
Biologik membranalar orqali hujayra organellalarining metabolizm bilan bog`liq bo`lgan 
moddalari o`tadi. Agar bu moddalar kontsentratsiyasi past bo`lgan tomonga yo`nalsa va bu 
transport energiyaning ishtirokisiz bo`lsa, bunday transport passiv transport (diffuziya) deyiladi. 
Moddalarning bunday transporti shu moddaning ximiyaviy gradiyentiga bog`liq. 
Diffuziya yo`li bilan transport maxsus o`tkazuvchan moddalar bilan ham bog`liq bo`lishi 
mumkin. Bu moddalar oqsil tabiatiga ega bo`lib, membrana orqali o`tuvchi moddaga (substratga) 
nisbatan spetsifikdir. Bu moddalar substrat bilan komplekslar hosil qilib, moddalarni tezrok, 
membrana orqali o`tishini ta’minlaydi. 
Aktiv transport oqsil tabiatiga ega bo`lgan yetkazuvchi moddalar bilan bog`liq bo`lib, 
unda albatta energiya sarf bo`ladi. Aktiv transportda molekula kontsentratsiya gradiyentiga 
qarshi harakat qiladi. Aktiv transport membranalar bilan o`ralgan turli strukturalarda malum 
moddalarning yetarli miqdorda to`planishini ta’minlaydi. Aktiv transport hujayra 
membranalarida hosil bo`luvchi elektrik potentsiallar asosida yotadi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish