39
tashlasak, korxona firmaning sof kapitali, ya’ni korxonaning o‘z ixtiyoridagi xususiy
kapitali kelib chiqadi.
Aktiv – majburiyatlar = xususiy (o‘z) kapitali.
6.3. Asosiy vositalar (fondlar) ko‘rsatkichlari statistikasi
Korxonalarning asosiy vositalari milliy boylikning katta qismini tashkil etadi.
Asosiy vositalar korxona-tashkilotlarda 1 yildan ko‘p ishlatiladi.
Asosiy vositalar
juda turli-tuman, ular statistikada quyidagi 12 guruhga bo‘linadi:
1.
binolar
2.
inshootlar (ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va hakozalar).
3.
o‘zatuvchi qurilmalar (transportyorlar, elektr liniyalar va hakozolar).
4.
mashina va uskunalar (matorlar, dizellar va shu kabilar).
5.
transport vositalari (avtomobil, samolyot va shu kabilar).
6.
uskunalar (elektr parmalagichlar, turli kalitlar va shu kabilar)
7.
ishlab chiqarish jihozlari (ish stollari va shu kabilar)
8.
xo‘jalik anjomlari (shkaflar, seyflar, muzlatgichlar va shu kabilar).
9.
hayvonlar (ishchi va mahsulot) ko‘p yillik daraxtlar (otlar, tuyalar, ona
sigirlar va shu kabilar).
10.
ko‘p yillik daraxtlar (mevali bog‘lar, manzarali daraxtlar va shu kabilar)
11.
Yerning holatini yaxshilash va foydali qazilmalar topish uchun qilingan
harajatlar.
12.
Boshqa asosiy vositalar (adabiyot, san’atning nodir asarlari).
Asosiy vositalar quyidagi baholarda ifodalanadi:
1.
dastlabki (boshlang‘ich) bahosi
2.
qayta tiklash bahosi
3.
qoldiq bahosi
Statistikada asosiy vositalarning holati va foydalanish darajasi o‘rganiladi.
Asosiy
vositalarning holatini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalanadi:
1.
Asosiy vositalarning boshlang‘ich va oxirgi davridagi natural va qiymat
shaklidagi hajmlari.
2.
Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsienti.
Yil davomida yangi qabul qilingan asosiy vositalar summasini 100ga
ko‘paytirib, asosiy vositalar o‘rtacha qiymatiga bo‘lamiz.
Yil davomida asosiy vositlarning eskirgan summasini 100 ga ko‘paytirib,
asosiy vositalar o‘rtacha qiymatiga bo‘lib, asosiy vositalarning eskirish koeffitsientini
topamiz.
Asosiy vositalarning qoldiqlar summasini 100 ga ko‘paytirib, asosiy
vositalarning o‘rtacha qiymatiga bo‘lib asosiy vositalar
yaroqlilik koeffitsienti
topiladi.
Asosiy vositalar eskiradi. Ularning yillik eskirish summasi va normasi
hisoblanadi:
A =
Т
L
М
К
r
V
P
−
+
+
)
(
yillik eskirish summasi.
40
Bu yerda P(V) – asosiy vositalar dastlabki (qayta tiklash) qiymati;
Kr – kapital ta’mirlashga sarflanadigan harajat;
M – modernizatsiya,
L – likvidatsiyada olinadigan daromad
T – asosiy vosita xizmat muddati.
N
A
=
)
(
100
v
p
а
+
Asosiy vositalarning eskirish normasi.
Asosiy vositalarni foydalanish darajasini asosiy vositalarning qaytimi va asosiy
vositalarning rentabilligi ifodalaydi:
AVQ =
А
V
S
М
asosiy vositalarning qaytimi
Bu yerda AVQ – asosiy vositalar qaytimi,
SM – sotilgan mahsulot hajmi,
AV – asosiy vositalar o‘rtacha qiymati.
AVR =
А
V
SF
asosiy vositalarning rentabilligi.
Bu yerda: SF = sof foyda
Korxona va firmalarda eng o‘zgaruvchan mablag‘lar bo‘lib,
aylanma
Do'stlaringiz bilan baham: