Microsoft Word итисодий статистика-лотин doc


Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/114
Sana23.12.2022
Hajmi0,83 Mb.
#895321
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti statistika kafedrasi «

 
Foydalanish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar 
1.
O‘zbekiston Respublikasi qonuni: Davlat statistikasi to‘g‘risida» 2002 yil 
12 dekabrda qabul qilingan. 
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

133 (1994 yil 14 iyun) 
qarori. «O‘zbekiston hisob va statistika tizimini jahon andozlariga 
o‘tkazish to‘g‘risida davlat dasturi». 
3.
Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining 
asosiy tamoyillari. T.: O‘zbekiston, 1995. 
4.
Abdullayev Yo. Makroiqtisodiy statistika: 100 savol va javob. T: Mehnat, 
1998. 
5.
Abdullayev Yo. Statistika nazariyasi. Darslik. T.: «O‘qituvchi», 2002. 
6.
Ivanov Yu.N.idr. Ekonomicheskaya statistika. M.: INFRA – M, 2002. 
7.
Nabiyev X. va boshqalar. Makro-mikroiqtisodiy statistika. M.: O‘zb. 
Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2004. 
8.
Soatov N.M Statistika. Darslik. T.: A Sino nomli tibbiyot nashriyoti, 2003 
9.
Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. Statistika. Samarqand, SamKI, 2002. 
10.
Xudayberdiyev U., Statistika. Samarqand, SamISI, 2005. 
11.
Xudayberdiyev U.X. Makro-mikroiqtisodiy statistika. Ma’ruzalar matni. 
Samarqand, SamISI, 2005. 


51 
Mavzu. VIII. KORXONALARDA AYLANMA 
 MABLAG‘LAR STATISTIKASI 
 
Rej a: 
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma mablag‘lar statistikasi. 
ahamiyati 
2. Korxona aylanma mablag‘lari holatining statistikasi. 
3. Korxonaning aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligining
statistikasi 
4. Aylanma mablag‘larning foydalanish samaradorligining statistikasi. 
 
 
1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma mablag‘lar
statistikasi ahamiyati 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarish tizimi, xo‘jalik 
yuritish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Turli mulk shakliga asoslangan korxonalar 
erkin raqobat sharoitida faoliyatlarini moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun 
tahlil qilishlari lozim. Chunki rejali iqtisodiyotda boshqarishni asosiy masala 
rejani bajarishga qaratiladi, bozorli iqtisodiyotda esa raqobatda yengib chiqish 
uchun hamma e’tibor, foydani ko‘paytirishga yo‘naltiriladi. 
Korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashda mavjud aylanma 
mablag‘lardan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega. Buning uchun ularni 
doimo tahlil qilib turish lozim. Korxona aylanma mablag‘larini statistik 
o‘rganganda ularning hajmini hisobot davrida qanday o‘zgarganligini, korxona 
aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini, ulardan samarali foydalanish 
darajalarini aniqlash lozim. 
Aylanma mablag‘larni tahlil qilish uchun asosiy manba, korxona balansi 
aktiv qismining II “Joriy aktivlar” bo‘limi hisoblanadi. Bu bo‘limda hisobot yili 
boshiga va oxiriga quyidagi aylanma mablag‘lar qoldig‘i ko‘rsatiladi: 
ishlab chiqarish zahiralari, chorva mollar, tugallanmagan ishlab 
chiqarish, tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari, hisob-kitobdagi 
debitorlardagi mablag‘lar.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan tashqari, buxgalteriya hisoboti 
boshqa 
shakllari, 
statistik 
hisobot, 
auditor 
tekshiruvi 
ma’lumotlari, 
inventarizatsiya va boshqa ma’lumotlardan ham foydalanish zarur. 
Korxona aylanma mablag‘larini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, 
unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilib, xulosa va takliflar qilish lozim. 
Bu 
takliflar 
amalda 
qo‘llansa 
korxonalar 
moliyaviy 
ahvoli 
mustahkamlanib, raqobatga bardoshli bo‘ladi. 
Umuman aylanma mablag‘larni o‘rganganda qilishda, ularning holati, 
aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni, hamda aylanma mablag‘lardan 
samarali foydalanganlikni o‘rganish lozim. 


52 
Aylanma mablag‘lar holatini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi: 
- aylanma mablag‘larning ma’lum sanaga umumiy summasi; 
- aylanma mablag‘larning umumiy mablag‘lardagi hissasi; 
- aylanma mablag‘lar tarkibida pul mablag‘lari hissasi; 
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi zahiralar va harajatlar hissasi; 
- aylanma mablag‘lar tarkibida debitorlik qarzlar hissasi. 
Korxona aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini: 
- aylanma mablag‘lar belgilangan me’yorlarining haqiqiy miqdori
bilan ta’minlanganlik koeffitsienti; 
- korxona asosiy vositalariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar; 
- korxona xodimlariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar kabi 
ko‘rsatkichlar ifodalaydi.. 
Korxona 
aylanma 
mablag‘larining 
foydalanish 
samaradorligini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik tezligi (kunlarda); 
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsienti yoki har bir so‘m 
aylanma mablag‘lar korxona faoliyati davomida necha marta aylanganligi; 
- aylanma mablag‘lar rentabelligi; 
- aylanma mablag‘lar daromadliligi; 
- debitor qarzlarning aylanuvchanlik koeffitsienti; 
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi o‘z mabalag‘lar hissasi. 
Korxona aylanma mablag‘lar tahlilida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar 
tizimi quyidagi sxemada berilgan. 

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish