45
3. Asosiy vositalar holatini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar statistikasi
Korxonalarda asosiy vositalarning miqdorining yetarli bo‘lishi
va holati
faoliyat natijalariga juda katta ta’sir qiladi. Asosiy vositalar holatini aniqlaganda
ularning korxonaning umumiy mablag‘lardagi hissasi,
asosiy vositalar tarkibi,
yangilanish va eskirish ko‘rsatkichlarini hisoblash lozim.
Korxona asosiy vositalarning umumiy mablag‘laridagi hissasi (AV.u) asosiy
vositalar dastlabki qiymatini balansning jami summasiga
nisbatan foizlarda
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar korxonalarning xalq xo‘jaligi tarmoqlariga bog‘liq.
Asosiy vositalarning umumiy mablag‘lardagi ulushi (Av.u) quyidagicha
ifodalanadi:
Av x 100
Av.u = -----------------
B
Korxonalar asosiy vositalari ikki guruhga bo‘linadi.
Asosiy vositalarning
mashina, asbob - uskunalar kabi turlari ishlab chiqarishda faol qatnashadi. Shuning
uchun bunday asosiy vositalarni faol asosiy vositalar deyiladi.
Asosiy vositalar faol
qismining umumiy (Avf) asosiy vositalardagi hissasini asosiy vositalar faol qismini
(Avf) asosiy vositalar umumiy summasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti asosiy vositalar eskirish summasini
(Av.Es) barcha asosiy vositalar dastlabki qiymatiga
nisbatan topiladi va bu
ko‘rsatkich korxonaning asosiy vositalari qanchalik eskirganligini ifodalaydi.
Asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti (Av.Yar) asosiy vositalar qoldiq
qiymatining ularning dastlabki qiymatiga nisbatan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar
bizning misolimizda:
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi bu ko‘rsatkich,
asosiy vositalar eskirish
koeffitsienti ko‘rsatkichiga teskaridir.
Asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti ushbu korxona asosiy vositalarining
qanchasi yangilanganligini bildiradi. Bu ko‘rsatkich yil davomida qabul qilingan
asosiy vositalar summasining asosiy vositalarning yil oxiridagi umumiy summasining
nisbati bilan aniqlanadi.
AV. ishga tushirilgan
AV yang. = -------------------------------:
AV yil oxiridagi
800
Asosiy vositalarning hisobdan chiqarilish koeffitsienti
vositalarning bir yil
davomida hisobdan chiqarilgan summasining asosiy vositalar yil boshidagi qiymatiga
nisbatan hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich korxonada hisobot davrida asosiy vositalarning
qancha qismi hisobdan chiqarilganligini bildiradi.
Bu ko‘rsatkichlarning birqancha tahlil qilinayotgan ob’ektda bir necha yillar
bo‘yicha
aniqlansa, korxonada asosiy vositalar holatini ifodalash va xulosalar
chiqarish mumkin. Bunday ko‘rsatkichlarni asosiy
vositalarning ayrim turlari
bo‘yicha ham chiqarish mumkin. Bu bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri-ikkinchisini
to‘ldiradi va asosiy vositalar holatini to‘liq tahlil qilishga imkoniyat yaratadi.